Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/12/2025
Chop etish
Hurmatli ustozlar va aziz talabalar!

Sizlarni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Konstitutsiya – xalqimizning erkinligi, davlatimiz mustaqilligi va farovon kelajagimizning mustahkam poydevoridir. Yangi tahrirdagi Bosh Qomusimizda inson qadri, adolat, demokratik qadriyatlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan muhim normalar o‘z ifodasini topdi. Unda O‘zbekistonning suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligi yanada ravshan belgilab qo‘yildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, ta’limni isloh qilish, avvalo, o‘qituvchining obro‘sini yuksaltirishdan boshlanadi. Konstitutsiyaning 41 va 52-moddalari ham ana shu ezgu amalning mantiqiy davomi sifatida ustozlarning mehnatini jamiyat taraqqiyoti va barkamol avlod tarbiyasidagi hal qiluvchi kuch sifatida e’tirof etadi.

Yangi tahriridagi Konstitutsiyada o‘qituvchi va pedagoglarning nufuzi, huquqiy maqomi mustahkam belgilab qo‘yildi. Unda kasbiy faoliyatga aralashmaslik, ustoz sha’ni va mehnatini qonun bilan himoya qilish qat’iy yoritilgan. Bu – jamiyatimizda o‘qituvchiga bo‘lgan yuksak hurmat va e’tiborning amaldagi ifodasidir.

Azizlar! Ta’lim – jamiyat ravnaqining asosi, ustoz esa uning yuragi. Konstitutsiyada pedagog mehnatining qonuniy himoya topgani – kelajak avlod uchun mustahkam kafolatdir.

Shu ulug‘ ayyom munosabati bilan barchangizni yana bir bor chin dildan tabriklayman. Yurtimiz tinch, farzandlarimizning kelajagi yorug‘ bo‘lsin!

Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor
Yuldashev Maksudjon Abdullayevich


Ulashish:
1 265
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...