Boltayeva R.A. JDPU o’qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktab kimyo kursida metallar korroziyasi mavzusini didaktik o’yin metodlardan foydalanib o’qitish uslublarining nazariy asoslari keltirilgan.
Kalit so’zlar: Metallar korroziyasi, metod, didaktik o’yin, “Keys- stadi”, “Blits-so’rov”, “Aqliy hujum”, “B-B-B” metodi.
Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta’limning dunyo ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va insonparvarlashtirish jarayonlarining rivojlanishi ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar (PT)ga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilarga dars berish davr talabiga aylandi. Ta’limni tashkil etishga innovatsion yondashuvlar ham o‘qituvchilar faoliyatinig asosiy mazmunini tashkil etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1X sessiyasi (1997-yil 29-avgust) da qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da dolzarb vazifalarni ijobiy hal etish lozimligi alohida ta’kidlab ko‘rsatilgan [1,2].
Hozirgi kunda ta’lim standartlarini va yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish, uning ilmiy amaliy mexanizmlarini yaratish eng muhim vazifalardan biriga aylandi. Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omil pedagog o‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim texnologiyalar mohiyatini chuqur bilishlari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limning turli usullaridan zamonaviy texnologiyalardan, kompyuterli, multimediali didaktik o’yin metodlardan foydalanish mumkin. Avvalambor, metod – ta’lim maqsadiga erishish, ta’limga oid masalalarni hal qilish yo’llari, usullari hisoblanib, ta’lim berish jarayoni bevosita o’qitish metodlari bilan uzviy bog’liq. Metodika o’qituvchining faqatgina qanday texnik vosita yoki kitobdan foydalanayotgani emas, balki uning ta’limni qanday tashkil eta olishidir. Shunday qilib, o’qitish metodi ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining o’qitish jarayonidagi o’zaro aloqa shaklidir. Zamonaviy dars berish metodlaridan biri “didaktik o’yin” metodlari bo’lib, bu atama aslida Didaktika yunoncha “didaktikos” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘qitish, o‘rganish ma’nosini bildiradi. Didaktika ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari qonuniyatlari o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi shakli, metod usullari natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hakozo problemalarini) ni o‘rganuvchi fan. Ta’lim jarayonidagi o‘quvchining aktivligi, didaktikaning muhim tamoyillaridan biri bo‘lib kelgan hamda shunday bo‘lib qoladi. O‘quvchining aktivligi, maqsadli yo‘naltirilgan boshqaruvchi pedagogik ta’sirlar hamda pedagogik muhitning tashkil etilishi natijasidir. O‘yin faoliyatiga qiziqish, talabalarning o‘z-o‘zini ifoda etish, ro‘yobga chiqarish kabi ehtiyojlarini qondiruvchi, musobaqalashish elementlari orqali ta’minlanadi. Ushbu metodda o’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilarga yo’l ko’rsatish, yo’nalish berish, eng to’g’ri xulosani aytishdan iborat bo’ladi. Didaktik o’yin metodlar o’quvchilarda doimiy faollikni ta’minlaydi va ular dars dovomida mavzuga oid biror bir muammo bilan o’ziga qiziq bo’lgan o’yin bilan band bo’ladilar. Natijada zerikish holatining oldi olinadi. Bu metoddan foydalanishdan oldin o’qituvchi didaktik o’yin metodlari strategiyalari usullari bilan tanishib, darsning texnologik loyihasini tuzib olishi lozim [3,4]. Quyida shunday texnologiyalardan birini va ular asosida tayyorlangan dars ishlanmasini keltirib o’tamiz.
MAVZU: Metallar korroziyasi
O’quv mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi modeli
O’quv soati: 45 daqiqa. O’quvchilar soni: 25 ta
Mashg’ulot rejasi:
- Metallar korroziyasining umumiy tavsifi.
- Metallar korroziyasini oldini olish.
O’quv mashgulotining maqsadi: Metallar korroziyasining umumiy tavsifi, metallar korroziyasini oldini olish va mavzuga oid masala va topshiriqlar bajarish haqida o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantitrish.
O’qitish metodlari: “Keys-stadi”, “Blits-so’rov”, “Aqliy hujum”, “B-B-B” metodi.
O’qitish vositalari: Proyektor, kompyuter, slaydlar, tarqatma materiallar, magnit doska, video namoyishlar.
Darsning boshlanishi: O’quvchilar bilan salomlashib, sinf ozodaligi va davomati aniqlanadi. O’quvchilar uchta guruhga bo’linib, 5 daqiqa davomida o’qituvchi o’quvchilarni “Keys-stadi” metodi yordamida uyga berilgan vazifani so’raydi. Bunda o’quvchilar oldingi mavzu yuzasidan o’z jamoalari bilan maslahatlashgan holda ma’lumot aytadi. Javoblar o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi. Zarur hollarda o’quvchilarga qo’shimcha “Aqliy hujum” metodi orqali savol beriladi [5].
Tashkiliy qism: O’quvchilarga yangi mavzu yuzasidan oldindan aytib yuborilgan qiziqarli ma’lumotlar tinglanadi. Bunda o’quvchi o’z ustida ishlab darsga qiziqish bilan keladi hamda o’zi topgan ma’lumotlarni aytadi. O’qituvchi bu jarayonda boshqaruvchi shaxs sifatida namoyon bo’ladi. Shundan so’ng o’qituvchi yangi mavzu yuzasidan yangi bilimlarni slaydlar orqali bayon etadi.
Atrof-muhit ta’sirida metallardan tayyorlangan ko‘p buyumlar metallarning oksidlanishi natijasida oksidlar, gidroksidlar, tuzlar kabi kimyoviy birikmalar hosil qilib yemiriladi. Korroziyaning quyidagi turlari kuzatiladi: kimyoviy korroziya, biokimyoviy yoki biokorroziya, elektrokimyoviy korroziya. Korrozion jarayonning borish sharoitiga ko‘ra kor roziyaning quyidagi turlari farqlanadi: atmosferaviy, suyuqlikda yoki elektrolitlarda, tuproqda yoki yer ostida, elektrokorroziya, tirqish korroziya, kuchlanish ostidagi korroziya.
Korroziya — metallarning atrof-muhit bilan ta’sirlashishi natijasida yemirilish jarayoni. Kimyoviy korroziya — metallning tashqi muhitdagi oksidlovchi bilan bevosita ta’sirlashishi natijasida yemirilishi. Elektrokimyoviy korroziya — bir-biri bilan kontaktda bo‘lgan ikki xil metallning elektrolit, suv bilan bevosita ta’sirlashganda nisbatan faolroq yemirilishi [6].
Kimyoviy korroziyaga natriy va kalsiyning havoda oksidlanishi, temirni nam havoda zanglashi, vodorod sulfidli, galogenli, oltingugurt (IV)-oksidli va boshqa gazli muhitda, elektr tokini o‘tkazmaydigan neft, benzin, toluol kabi suyuqliklar ta’sirida metall yemirilishi misol bo‘ladi. Bunda elektronlar metalldan bevosita oksidlovchilarga o‘tadi.
Fe – 2ē → Fe
2+;
2H
2 O + O
2 + 4ē → 4OH
– ;
2Fe
2+ + 2H
2 O + O
2 → 2Fe(OH)
2 ;
4Fe(OH)
2 + 2H
2 O + O
2 → 4Fe(OH)
3 ;
4Fe + 2nH
2 O + 3O
2 = 2Fe
2 O
3 · nH
2 O;
yoki 4Fe + 6H
2 O + 3O
2 = 4Fe(OH)
3 .
Fe(OH)
3 bu modda temir (III)-gidroksid yoki siz ko‘rgan temir buyumlar sirtidagi “zang”. Xalq xo‘jaligida elektrokimyoviy himoya usullari suvli muhitdagi yoki tuproqdagi metall konstruksiyalarni korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi. Metallar va metall konstruksiyalarni korroziyadan himoyalashning quyidagi usullari amalda keng qo‘llaniladi:
Himoya qavatlar qo’llash – metall sirtiga uni korroziyadan saqlash uchun metall bo‘lmagan qoplamalar: lok-bo‘yoq, emallar, smolalar, plastmassalar, oksidlar (oksidlash), tuzlar (fosfatlash) va boshqalar qoplanadi. Fosfatlash — qora va rangli metallar sirtida fosfat qoplamalar olish usulidir. Korrozion muhitga ishlov berish. Metall atrofidagi muhitdan zararli qo‘shimchalar chiqarib tashlanib, erigan kislorod va tuzlar miqdori kamay tirilsa, ular ta’sirida korroziyalanadigan metallarning korroziyalanishini kamaytirish uchun korroziyani sekinlatuvchi ingibitorlar deb ataluvchi moddalar ishlatiladi. Ingibitorlar — maxsus moddalar bo‘lib, korrozion muhitga oz miqdorda (106-—103- mol/l) qo‘shilganda korrozion jarayon tezligini keskin pasaytiradi yoki butunlay to‘xtatadi. Elektrokimyoviy himoya. Elektrokimyoviy himoyaning mohiyati shundaki, unda himoya qilinuvchi inshoot doimiy tok manbasi katodiga ulanadi. Natijada inshootning o‘zi katodga aylanadi. Korroziyadan bunday saqlanish katod himoyasi deyiladi. Bunda anod sifatida metall holidagi lom ishlatiladi va u korroziyaga uchrab, himoyalanuvchi buyumni korroziyalanishdan saqlaydi. Protek tor himoyada himoya qilinadigan metallga undan ko‘ra faolroq metall plastinkalar — protektorlar biriktiriladi. Hosil bo‘lgan galvanik juftda protektor — anod, himoya qilinadigan konstruksiya esa katod vazifasini o‘taydi. Bunda protektor asta-sekin yemiriladi va metall konstruksiyaning korroziyalanishi esa deyarli to‘xtaydi [6].
Shundan so’ng, “B-B-B” metodi qo’llanadi. Bunda o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi jadvalni tashlaydi, o’quvchilar esa bu jadvalni to’ldiradilar. Bundan o’qituvchi o’zi uchun ham ma’lumot oladi va mavzuni ya to’ldiradi.
B – bilamiz |
B-bilishni xohlaymiz |
B- bilib oldim |
|
|
|
Shundan so’ng o’qituvchi o’quvchilarga “Blits-so’rov” metodi yordamida savollar beradi va barcha o’quvchilarni baholaydi [5].
Dars yakunida o’quvchilarga uyga vazifa sifatida mavzuga oid topshiriq, masala va mashqlardan na’munalarni bajarish vazifasi berildi. Bundan tashqari har bir o’quvchi bittadan metallar korroziyasiga na’muna olib kelish, uning tarkibi va unda sodir bo’lgan jimyoviy jarayonning taxminiy reaksiyasi haqida ma’lumot topish topshirig’i beriladi.
Umumta’lim maktablarida “Metallar korroziyasi” mavzusini o’qitishda didaktik o’yin ta’lim metodlaridan bo’lgan “Keys-stadi”, “Blits-so’rov”, “Aqliy hujum”, “B-B-B” metodi va boshqa didaktik o’yin metodlari metodlarga nisbatan ancha samarali natija berishi bilan birgan o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishi, dars mashg’uloti davomida faolligi ham didaktik o’yin metodlar asosida olib borilgan darslarda yuqori samarali bo’ladi. Darslarni bunday tarzda olib borish o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishi, bilim darajalarini oshiradi, ularda kimyoviy kompetensiyalarni shakillantiradi. O’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarish esa o’quvchilarni yangi bilimlarga ega bo’lish, fanga oid bilim va salohiyatlari oshishiga xizmat qiladi. O’qituvchilar har qanday dars mashg’ulotlarini tashkil etishdan oldin darsning umumiy texnologik loyihasini tuzib olishi lozim. Shu kabi lohiyalar asosida o’tilgan dars mashg’ulotlari o’qituvchining darslarning maqsadlariga yuqori natijalar bilan erishishiga yordam bera oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni. Toshkent. “O‘zbekiston” nashriyoti. 1997.
- O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. Toshkent. “O‘zbekiston” nashriyoti. 1997.
- Farbеrman B. Ilg‘or pеdagogik tеxnologiyalar. – Toshkеnt.: Fan, 2000. – 127,b.
- Saydaxmеdov N.S. Yangi pеdagogik tеxnologiyalar. – T.: Moliya, 2003. –172 b.
- N.G’.Rahmatullayev, H.T.Omonov, Sh.M.Mirkomilov Kimyo o’qitish metodikasi Toshkent “Iqtisod-Moliya” – 2013-yil.
- I.R.Asqarov, K.G’opirov, N.X.To’xtaboyev Darslik. Kimyo-9 sinf. Toshkent-2019-yil.
- Vikipediya, ochiq ensiklopediya
8. “Kimyo fanini o’qitishning istiqbollari: kecha, bugun, ertaga” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy