Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/09/2019
Chop etish
Talalabalar bilan tanishuv davom etmoqda…

Xabaringiz bor ikki kundan buyon Jizzax davlat pedagogika institutida talabalik safiga qabul qilingan yigit – qizlar va institut jamoasi bilan tanishuv marosimi o‘tkazilayapti. Jismoniy madaniyat, Boshlang‘ich ta’lim va sport yo‘nalishi hamda Tabiiy fanlar fakultetlari talabalari va professor o‘qituvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zga chiqqanlar institut ostonasiga endigina qadam qo‘ygan yoshlarni talabalik bilan qutlashdi.

Bugun institut hayotiga nazar soladigan bo‘lsak bu erda ilmli, ziyoli o‘z ishining ustalari bo‘lmish professor o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Bir paytlari hatto oddiy yig‘ilish o‘tkazish uchun ham munosib xona topa olmagan jamoaga yanada yaxshi ishlash,talaba yigit qizlarga kerakli bilim va ko‘nikmalarini berish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabaning etarli bilim olishi uchun bari muhayyo. Tadbirda so‘zga chiqqan Axborot texnologiyalar markazi rahbari Ulug‘bek Musurmonov ijtimoiy tarmoqlar va talabalarning virtual olamdagi faolligi ularning institut ijtimoiy hayotida o‘rni haqida ta’kidlab o‘tish bilan bir qatorda institut jamoasi tomonidan tashkil qilingan sayt va telegram kanallarida ham qatnashib o‘z fikr mulohazalari, talab va takliflarini qoldirishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. Bir so‘z bilan aytganda ularni yanada faolroq bo‘lishga chaqirdi.

O‘ziga xos samimiy suhbat va muloqot tarzda o‘tkazilgan bu kabi tadbirlar kelajakda albatta o‘z samarasini berishi shubhasiz. Aytish joizki bu yilgi qabul jarayoni nihoyatda adolatli va shaffof tarzda bo‘lib o‘tdi. Demak bu erga yig‘ilganlar saralarning eng saralaridir. Xulosa shuki, ko‘nglida bir olam orzular bilan talabalik safiga qabul qilingan yigit qizlar yurt rahbari aytganidek bo‘lajak mohir va o‘z kasbining fidoyisi, jonkuyar muallim bo‘la oladi.

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 259
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.