E’lonlar
E’lonlar
|
15/10/2021
Chop etish
“Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber”

Jizzax viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari forumi yuqori saviyada tashkil etildi.

Ushbu forumda Jizzax viloyatidagi 3 ta-Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax politexnika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari ishtirok etishdi. Dastavval talabalar viloyatimizdagi barcha mavjud siyosiy partiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga  nomzod sifatida ko‘rsatilgan nomzodlarning ishonchli vakillari bilan uchrashuvlarda ishtirok etishdi.  Savol javoblar, qiziqarli bahs munozara sifatida o‘tgan uchrashuvda har uchchala  OTM lari talabalari faol ishitrok etishdi

Kezi kelganda shuni ham ta’kidlash joizki, OTM larida  ta’lim olayotgan yoshlarning aksariyati bu yil ilk marta saylovda ishtirok etadi. Boshqacha qilib aytganda, yangi O‘zbekiston fuqarosi sifatida shu aziz yurt kelajagi uchun daxldorlik burchini his etish imkoniga ega bo‘ladi. Saylov kabinasida yolg‘iz qolib, “Men nega keldim bu yerga?”, “Kimga ovoz berishim kerak?”, “Mening ovozim mamlakatim rivoji uchun nima beradi?” degan savollar bilan yuzma-yuz qoladi. Aniqroq aytganda, har bir talabamiz o‘z hayotida birinchi bor vatan kelajagi uchun ovoz beradi, Bu esa tabiiyki, ularni saylov qonunchiligi bilan atroflicha tanishtirish, saylov tizimi to‘g‘risida tushunchalar berish, saylov jarayonlarining mohiyati va saylovda ishtirok etadigan fuqaroning burchi, majburiyatlari to‘g‘risidagi tushuncha, tasavvurlarini puxta shakllantirishni taqozo qiladi.   Jizzax  politexnika institutida  “Saylov mening nigohimda” mavzusidagi  ko‘rik tanlovda har uchchala OTM talablari ana shunday savollarga javoblar olish bilan bir qatorda saylov to‘g‘risida o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashdi.

 

Talabalarining fuqaro sifatidagi siyosiy dunyoqarashini shakllantirish, kengaytirish va boyitish maqsadida  Jizzax davlat pedagogika institutida “Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida viloyat adliya boshqarmasi rahbarlari bilan  tashkil etilgan brifing davomida  yoshlarimizga saylov nima, unda ovoz berishning maqsadi va mohiyati, tartibi va qoidalari, amaldagi saylov qonunchiligidagi o‘zgarish va yangiliklar to‘g‘risida to‘liq va batafsil tushunchalar berib o‘tildi. Yosh saylovchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan siyosiy-intellektual o‘yin va ko‘rik-tanlovlar albatta o‘z samarasini beradi.  Talabalar forumiga  “Men saylovchiman” viktorinasi hamda “Saylov-2021:Kelajaging uchun ovoz ber” gala konserti yakun yasadi.


Ulashish:
1 059
Boshqa rubrikalarda mashhur

Payshanba — Yoshlar kuni: rektor mahalladagi band bo‘lmagan yoshlar bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Maksudjan Yuldashev Jizzax shahrining Zargarlik mahallasidan biriktirilgan band bo‘lmagan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish...
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ta’lim infratuzilmasi bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida universitet fakultetlari, bo‘limlari va tegishli obyektlarida tayyorgarlik holati kompleks...