Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/08/2026
Chop etish
Payshanba — Yoshlar kuni: rektor mahalladagi band bo‘lmagan yoshlar bilan uchrashdi

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Maksudjan Yuldashev Jizzax shahrining Zargarlik mahallasidan biriktirilgan band bo‘lmagan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida yoshlar tomonidan ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va moliyaviy imkoniyatlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi. Jami 10 ta murojaat qabul qilinib, ularning 8 tasi ijobiy hal etildi.

Oliy ta’limni tamomlagan yoshlarni ishga joylashtirish bilan bog‘liq 2 ta murojaat alohida nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, murojaatlarini o‘rganish va muammolarini hal etish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirish belgilandi.


Ulashish:
1 109
Boshqa rubrikalarda mashhur

E’lon
Tangirov Ro‘ziboy Xudayshukurovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risidа
JDPUda ”Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalari va innovatsion metodlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi
Filologiya fakulteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjuman xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy...
JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.