darslar 2021-2022
darslar 2021-2022
|
19/05/2022
Chop etish
“O‘zbekiston va jahon hamjamiyati” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Tarix va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Saidov Javohir tomonidan O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan “O‘zbekiston va jahon hamjamiyati” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. “O‘zbekiston va jahon hamjamiyati” mavzusidagi seminar darsida ta’limning interfaol usullaridan “Bumerang” texnologiyasi, “Aqliy hujum” metodi, hamkorlikda o‘qitishning “Arra” ya’ni “Zig-zag” va “Mozaika” metodlaridan foydalanildi.  Dars mobaynida talabalar  6 – 8 tadan boʻlgan guruhlarga ajratilib, Dars materiallarini  ham alohida blok-modullarga adratishdi. Nag bir blok  o‘zlariga bergan topshiriqni tuzib,ikkitadan mutaxassis tayyorlashdi.

So‘ngra har bir guruh yana ikkiga Ajragan holatda, mutaxassislar o‘zlario‘ʻzlashtirgan bilimlarini tartib bilan tushuntirib berishdi. Shuningdek  ochiq dars mobaynida talabalar turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash jarayonida o‘qigan materiallarini Erkin holda bayon etishdi.Ochiq dars davomida o‘qituvchi mavzuga oid savollar va har xil topshiriqlar berib bordi. Dars jarayonida talabalar faol ishtirok etib, mavzuga turli ta’lim usullari yordamida oson o‘zlashtirdilar. Shuningdek, fan o‘qituvchisi dars jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari, Smart ekran, mavzuga oid taqdimot, vedio va audio matereiallardan samarali tarzda foydalanildi.


Ulashish:
1 296
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.