Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O’qituvchilarning  ma’naviy tarbiyasida  badiiy estetikaning  O’rni

Jizzax davlat pedagogika universiteti o`qituvchisi dots. Rabbimova F.  1 kurs talabasi Iskandarova Sh. Annotatsiya. Mazkur maqolada sog’lom avlodning qanday bo’lishini O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Ma’naviy yuksalish yo’lida” nomli asarida ma’naviy jihatdan to’laqonli va har taraflama rivojlangan shaxs bo’lish lozimligini uqtirib, bo’lajak o’qituvchi ma’sulligi – ularning ma’naviy tarbiyasida badiiy estetikaning qanday omillarga bog’liqligi ko’rsatilgan.                                      Tabiat vositasidagi ma’nabiy tarbiyaning metodologik asosiga, eng avvalo faol anglash negizida badiiy estetik, axloqiy, axloqiy-etik, estetik-ekologik faoliyatli insoniy sifatlar kiritilishi yoritilgan. Kalit so’zlar. Ma’naviyat, ma’naviy meros, muqaddas zamin, qadrdon tabiat, badiiy estetik, axloqiy – etik, estetik-ekologik. Аннотации. В данной статье приведены требование, предъевляемые к будущим преподавателем, воспитанию у них чувства ответственности, роли художественной эстетики в формировании просвещенности в целом достижении целей всесторонне развитой и гармоничной личности. Эти пребование также освещены в произведении Первого Президента Республики Узбекистан “Маънавият юксалиш йулида”. Методологическими основами воспитания просвещенной личности прежде всего является художественно-эстетическое, этика-поведеическое, эстетика-экологическое сознание индивида, как человеческие качества. Abstract. Article is dedicated to training of future teachers of biology for the knowledge by study-Uzbeks of the aesthetics of native nature. It is necessary to note that aesthetic education of students, including the one by means of nature, becomes more active in all education structures. In certain cases the nature is considered national-acsthctic value, as means not for spiritual-aesthetic and moral development of personality of students only, but as enrichment factor of emotional formation of «aesthetically full world view», upbringing rectitude, development of intellectual and creative potential, formation of environmental responsibility of an individual. However, most teachers’ training higher educational institutions use the aesthetic potential of the nature not adequately and not efficiently from pedagogical point of view, irrespective of educational material and without professional perspectives. Aesthetic-biological education of students, future biology teachers to learning aesthetics of native nature by students is of great importance.     Yangi sog’lom avlod, – deb hisoblaydi O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov –  ma’naviy jihatdan to’laqonli va har taraflama rivojlangan shaxs bo’lishi lozim, – bunga ma’naviy meros –bu inson tug’ilgan va ulg’aygan muqaddas zamin, qadrdon tabiat, o’z Vatani, mamlakati, ular ma’naviy – estetik va yuksak axloqiy ta’sir  ko’rsatuvchi, go’zallikning shaydosi, sevimli o’lkasi vatanparvari, o’z davlatining chinakam farzandini tarbiyalashning qudratli omilidir. Ma’naviyatning konseptual tizimida birinchi Prezidenti I.A.Karimov davlat ahamiyatidagi quyidagi  vazifalarni ko’radi: “Davlat, ma’naviy hayot, eng yaxshi milliy sifatlarni tarbiyalash doirasida ham bosh islohatchi hisoblanadi va biz ma’naviy taraqqiyot yo’nalishlarini tegishli qonunlar poydevori ustiga qo’yishimiz zarur”[1]. Tabiat vositasidagi ma’naviy tarbiyaning metodologik asosiga, eng avvalo, faol anglash negizidagi oddiy estetik, axloqiy, axloqiy –etik, estetik –ekologik, faoliyatli insoniy sifatlar kiritiladi. Ma’naviy tarbiyaning tarixiy ildizlari buyuk ajdodlarimizning pedagogik merosi hisoblanadi. “Ta’limning insonparvarlashtirilishi ta’lim oluvchilarda badiiy estetik boy dunyoqarash, yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy tafakkurning shakllantirilishini, bu  kontekstda, shaxsning tarbiyasi va har taraflama rivojlanishining ustuvorligini ta’minlash bilan ta’limiy kasbiy dasturlar mazmunining qayta ko’rib chiqilishini ko’zda tutadi”. Birinchi Prezidentimiz alohida e’tiborni milliy ma’naviyatning kelgusi rivojlanishiga qaratadi va bu oliy o’quv yurtlari, umumiy o’rta ta’lim maktablari va o’rta maxsus o’quv muassasalaridagi turli tadbirlarda, ta’lim sohasidagi ma’naviyatning turli yo’nalishlariga bag’ishlangan tele va radio dasturlar doirasida amalga oshiriladi. Yangi sog’lom avlod tarbiyalanuvchilarida ma’naviyat, shu jumladan, ma’naviy badiiy estetik tarbiyaning barcha qirralarini yuksak professional darajada qamrab olishga, ularda “Estetik boy dunyoqarashni shakllantirish”, shu jumladan, tabiat vositalarda shakllantrishga qodir bo’lgan pedagog kadrlarni tarbiyalash muammosi kun tartibiga tobora jiddiy tarzda qo’yilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida jamiyatni rivojlantirish  strategiyasida –erkinlashtirishga yangi urg’u berilishi munosabati bilan kadrlarni nafaqat insoniylik (1), demokratik (2) va gumanitar (3) asoslarda, balki ta’limning yangi qadriyatlariga (4) asoslangan holda tayyorlashning ijtimoiy mohiyatiga alohida urg’u berilmoqda. 1.Ta’limni insonparvarlashtirish – ta’lim mazmuni va shaxsning shakllantirilishida umummadaniy komponentlarning ustuvor rivojlanishiga yo’naltirilgan choralar tizimidir. Gumanistik konsepsiya – qarashlash tizimini aks ettiruvchi, zamonaviy pedagogikaning nazariy –metodologik asosi, unga muvofiq shaxs eng oliy qadriyatni ifodalaydi, u insonga munosib bo’lgan hayot, baxt, yashash huquqini beradi. Gumanistik pedagogika uchun ta’lim oluvchining huquq va erkinliklari, uning erkin va ijodiy rivojlanishi va o’z – o’zini rivojlantirishi ustuvor hisoblanadi.
  1. Ta’limni demokratlashtirish – ta’lim sohasidagi davlat siyosatining prinsiplaridan biridir. Bu ta’lim muassasalarining o’z rivojlanish strategiyasi, maqsadlari, mazmuni, ishni tashkil qilish va uning metodlarini tanlash mustaqilligi pedagoglarning ijod qilish, pedagogik konsepsiyalar va texnologiyalarni, darsliklar va o’quv qo’llanmalarini tanlash huquqi va hokazolardir.
  2. Ta’limni gumanitarizatsiyalash – ma’naviy jihatdan boy inson shaxsini rivojlantirish maqsadida o’qitishning tabiiy – matematik va gumanitar sikllari orasidagi uyg’unlik muvozanatini o’rnatishdan iborat; avtoritarlik va g’ayriinsoniylikka ro’para (qarshi) turish.
Ta’limni gumanitarizatsiyalash – ta’lim mazmunidagi umumadaniy komponentlarning ustuvor rivojlanishiga va shu tarzda ta’lim oluvchilarning shaxsiy yetukligini shakllantirishga yo’naltirilgan choralar tizimidir. Gumanitar ta’lim –insonning ijtimoiy tabiati hamda badiiy madaniyati va uning tili to’g’risidagi ilmiy bilimlar asoslarini ifoda etuvchi o’quv fanlarining majmuini qamrab olgan umumiy ta’limning tarkibiy qismidir. Gumanitar ta’limning maqsadi insonni axloqiy–etik va badiiy–estetik rivojlantirish hisoblanadi. 4.Ta’limning yangi qadriyatlari – jamoaviy, ijtimoiy va shaxsga yo’naltirilgan “ta’lim mazmuni va tashkiliy tizimiga axloqiy va madaniy maqsadlarning kiritilgaligidir”. Muhimi ijtimoiy ta’limiy qadriyat–shaxs, ta’lim-tarbiya, uning professional va hayot yo’li, ijtimoiy roli va maqomidir. Milliy dasturda ta’limning yangi strategiyasi qadriyatli, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim mezonlarga erishish hamda innovatsion ta’lim olishining yo’nalishlari berilgan. Kadrlarni tayyorlashda bosh yo’nalish shaxsning ma’naviy, ma’naviy–estetik, intellektual–ijodiy, kasbiy-kreativ, faol ijtimoiy sifatlarini shakllantirish, ya’ni, uning muhim qadriyatlarining markaziy tizim hosil qiluvchi komponenti ijtimoiy–shaxsiy fenomen sifatida shaxs –“kadrlarni tayyorlash tizimining bosh sub’yekti va ob’yekti hisoblanadi”. Davlat va jamiyat – kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy qoidalari va yo’nalishlarini amalga oshirish va rivojlantirish kafolatidir. Bunda fan, ta’lim muassasalari, tajribali pedagog kadrlar muhim rol kasb etishlari lozim. Milliy dasturda dolzarb, ustuvor ilmiy – pedagogik muammolar, amaliy yo’nalishlar belgilangan bo’lib, ular orasida nazariy – metodologik, ma’naviy  – estetik va axloqiy, milliy – madaniy, dasturiy – didaktik yo’naltirilishlar ham mavjud. Ilmiy tadqiqot natidalariga harakatdagi dasturlarning modifikatsiyasi, yangilarining yaratilishi (integratsiyalangan), shaxsning ma’naviy – estetik shakllanishi va rivojlanishiga tizimli – pedagogik va metodik yondashuv bo’yicha tavsiyalarning ishlab chiqilishi, original darslik, qo’llanma, didaktik materiallar va boshqa o’quv komplekslari kiritilgan. Tegishli pedagogik va metodik tadqiqot ishlari faollashtirilmoqda. Pedagogika oliy o’quv yurtlarida, ayniqsa, gumanitar, pedagogika va metodika fanlari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilmoqda, dasturlar zamonaviylashtirilmoqda. Bo’lg’usi o’qituvchilarnnig o’quvchilarning atrof-muhit, tabiat, inson, muloqot, jamiyatdagi go’zalli, ma’naviy meros, milliy qadriyatlar ila tanishtirilmoqda, fan nazariyasi, mazmuni va amaliyotini mashg’ulotlarga bo’lgan e’tibor  kuchaytirilmoqda. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” –ma’naviy –milliy g’oyani hayotga, xalq ta’limining barcha jabhalariga, pedagog kadrlarni tayyorlashda amalga oshirishning ishonchli negizidir.   FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:
  1. Karimov. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. Toshkent.:1997
  2. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T., 1997
  3. Karimov. “Ma’naviyat yuksalish yo’lida” Toshkent. 2008y 176-bet.
  [1] “Таълим тўғрисида”ги Қонун ва “Кадрлар тайёрлаш миллий  дастури” Т., 1997