Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/03/2019
Chop etish
«NAVRO’Z — UMUMXALQ BAYRAMI» GA BAG’ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI

Mustaqillik yillarida qadimiy an‘analarimiz, qadriyatlarimiz qatori Navro‘z ham tiklandi. Bugun uni butun dunyoga ko‘z-ko‘z qilib tantana qilmoqdamiz. Mamlakatimizda bo‘lgani kabi, Geografiya o`qitish metodikasi yo`nalishida ham 16 mart kuni Navro‘z bayrami katta tantana bilan nishonlandi.

Geografiya o`qitish metodikasi yo`nalishida Navro‘z shukuhi, O‘lkamizda yana ko‘klam nafasi hukmron. Bahor o‘zi bilan birga insonlar qalbiga iliqlik, ongu shuuriga tiniqlik, vujudiga g‘ayrat-shijoat olib keladi. Bu faslda 8 mart–Xotin qizlar bayrami hamda qadimiy Navro‘z – yasharish va yangilanish ayyomini keng nishonlaymiz. O‘zbek ayollari va qizlarining go‘zalligi, mehr-vafosi va fidoiyligi ko‘klam sifatlariga oshufta bo‘lsa, Navro‘z koinot va tabiat qonunlari, quyoshning hamal burjiga kirishi, kecha va kunduzning tenglashuvi, tabiatda jonlanish boshlanishi bilan bog‘liq. Ushbu bayram tabiat va inson o‘rtasidagi mushtaraklik, uyg‘unlik tantanasi hamdir. Erta tongdan tabiatning jo‘shqinligi, quyoshning insonga xush yoquvchi zarrin nurlar sochishi yo`nalishimizning har bir xodimi, talabasi qalbiga iliqlik bag‘ishlagani aniq. Bahor yomg‘irlaridan keyingi bu iliqlik tabiatning ziyo taratuvchi jamoa uchun bayram tuhfasi bo‘ldi go‘yo. Kafedra mudiri g.f.n. O.L. Muxamedovning tabrik so‘zidan so‘ng bayramning badiiy qismi boshlanib ketdi. Navro‘z bayramining birdamlik va ahillik ramzi ekanligi sifatida barcha guruh talabalarinig bayramona badiiy chiqishlari barchaga o‘zgacha kayfiyat ulashdi. Milliy qadriyatlarimiz gultoji hisoblanmish Navro‘z shukuhi yurtimizda davom etmoqda

Tabiiy fanlar fakulteti xotin-qizlar

boshlang`ich tashkiloti raisi: M.M. Kayumova


Ulashish:
2 710
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...
Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.