Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/06/2021
Chop etish
Memorandum imzolandi: “Ma’suliyatlar belgilab olindi”, -deydi viloyat prokurori Islom Ergashxodjaev

Bugun A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogik institutida Jizzax viloyat prokuraturasi hamda viloyatdagi OTM lar o‘rtasida memorandum imzolandi.

Tadbirga yig‘ilganlar  dastlab institut hovlisida tashkil qilingan talabalarning ijodiy ishlaridan tashkil topgan ko‘rgazma namoyishida ishtirok etishdi. Ezgu maqsad yo‘lida tashkil etilgan memorandum imzolash marosimida  so‘z olganlar oliy ta’lim muassasalari bilan prokuratura organlarining hamkorlik istiqbollari xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Yig‘ilganlar belgilangan chora-tadbirlar bir birma, bandma band tanishish bilan bir qatorda bu borada o‘z takliflarini ham bildrib o‘tishdi. Bildirilgan Fikr mulohazalar va takliflardan  so‘ng  Jizzax davlat pedagogika instituti , Jizzax politexnika instituti , O‘zMU Jizzax filiali  rahbarlari  va viloyat prokutarturasi bilan o‘rtasida  memorandum akti imzolandi.

Memorandum imzolash marosimi  bosh prokuror Islom Ergashxodjaev hamda  OTM  rektorlarining  talaba -yoshlar uchrashuvi bilan davom etdi.  Uchrashuvda har uchchala oliygohdan taklif etilganiqtidorli talabalar o‘z fikr mulohazalarini, g‘oyalarini qiziqarli takliflarini bildirishdi. Samimiy ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuv so‘ngida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.


Ulashish:
882
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.
Giyohvandlikka qarshi kurash — umumxalq vazifasi.
JDPU madaniyat saroyida Ogog‘lik ma’sulliyat barqarorlik asosi mavzusida profilaktik tadbiri tashkil etildi.
Rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’lim tizimi bo‘yicha qo‘shma onlayn dars o‘tkazildi.
JDPU Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti D. Farsaxonova va o‘qituvchi N. Quvonova tomonidan 1-bosqich magistrantlari ishtirokida Turkiyaning Karamanog‘li Mehmetbey universiteti dotsenti Özlem Yılmaz Demirel hamda...