Uncategorized
Uncategorized
|
28/09/2021
Chop etish
Markaziy saylov komissiyasining saylov.uz saytidagi interaktiv xizmatlar

Markaziy saylov komissiyasining saylov.uz saytida «Xizmatlar» bo’limi mavjud bo’lib, unda fuqarolar, saylovchilar uchun bir qator qulayliklar yaratilgan.

Xizmatlar bo’limida «Saylovchilarning elektron ro’yxatida bormisiz? xizmati», «Saylov uchastkalarining interaktiv haritasi», «MSKga elektron murojaat yuborish», «Doimiy yashash joyida yashovchilar ro’yxatini to’g’rilatish», «Saylov uchastkasini almashtirishga ariza yuborish» kabi xizmatlar mavjud.

«Saylovchilarning elektron ro’yxatida bormisiz? xizmati» bandini tanlash (https://saylov.uz/uz/faq/user-polling-station) orqali saylovchi o’z saylov uchastkasini aniqlab olishi mumkin. Bunda saylovchi, fuqaro o’zining pasport seriyasi va raqamini hamda tug’ilgan sanasini kiritish orqali o’zining saylov uchastkasini topishi mumkin.

Shuningdek, «Saylov komissiyalari» sahifasi orqali Uchastka saylov komissiyalari (https://saylov.uz/uz/polling-stations) (raqami, manzili, joylashuv xaritasi) haqida ma’lumotga ega bo’lish mumkin.


Ulashish:
1 144
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Birinchi kurs maktabi» loyihasi doirasida uchrashuvlar davom etmoqda
Navbatdagi uchrashuv Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining 1-bosqich talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
JDPUda «Birinchi kurs maktabi» loyihasi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Unda bo‘lim xodimlari tomonidan Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi 1-bosqich talabalarga korrupsiyaning mazmun-mohiyati, uning asosiy ko‘rinishlari va salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik talablariga rioya...
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati,...