Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/09/2026
Chop etish
JDPUda talaba-yoshlar uchun “Mustaqillik darslari” tashkil etildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida, ijara asosida hamda 4-sonli talabalar turar joyiga joylashgan talaba-yoshlar uchun Qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining hayoti, faoliyati va ilmiy-ma’rifiy merosiga bag‘ishlangan “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.

Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning milliy tarixga qiziqishini oshirish, ularda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va tarixiy xotira tuyg‘ularini mustahkamlash, ajdodlarimizning ozodlik va mustaqillik yo‘lidagi fidokorona sa’y-harakatlarini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

Darslar davomida jadid namoyandalarining xalqni ma’rifatli qilish, milliy ong va tafakkurni yuksaltirish, ta’lim va ma’rifatni rivojlantirish yo‘lidagi faoliyati, shuningdek, qatag‘on yillarida ta’qib va tazyiqqa uchragan yurtdoshlarimizning hayot yo‘li, jasorati va fidoyiligi haqida ma’lumotlar berildi. Mashg‘ulotlarda tarixiy hujjatlar, foto va videomateriallar hamda taqdimotlardan foydalanilib, talabalar bilan savol-javob va ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

 

“Mustaqillik darslari”ning mantiqiy davomi sifatida talaba-yoshlar uchun Qatag‘on qurbonlari muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Talabalar muzeyda saqlanayotgan tarixiy eksponatlar, hujjat va fotosuratlar bilan tanishib, qatag‘on davri tarixi, yurtdoshlarimizning taqdiri va milliy ozodlik yo‘lidagi kurashlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.


Ulashish:
59
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda talaba-yoshlar uchun “Mustaqillik darslari” tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida, ijara asosida hamda 4-sonli talabalar turar joyiga joylashgan talaba-yoshlar uchun Qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining hayoti, faoliyati va ilmiy-ma’rifiy merosiga...
JDPU otalig‘idagi maktabda Bilimlar kuni tantanali nishonlandi
Bugun, 2-sentyabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sharof Rashidov tumani “Qulpisar” mfy hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan...
Sayiljoyi akademik litseyida Bilimlar kuni tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi Sayiljoyi akademik litseyida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi — Bilimlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.