Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/09/2026
Chop etish
«Birinchi kurs maktabi» loyihasi doirasida uchrashuvlar davom etmoqda

Navbatdagi uchrashuv Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining 1-bosqich talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi mutaxassisi Olimjonov Hasan tomonidan talabalarga universitetda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, startap loyihalarni ishlab chiqish va rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarida ishtirok etish, ilmiy va innovatsion loyihalarda qatnashish, turli tanlov va olimpiadalarda o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, universitetda faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, uning talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyati, universitet miqyosida tashkil etiladigan tanlovlar, loyihalar va boshqa tashabbuslar haqida ham ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ularning universitet hayotida faol ishtirok etishi, ilmiy izlanishlar olib borishi, startap va turli tanlovlarda qatnashishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.


Ulashish:
626
Boshqa rubrikalarda mashhur

E’lon
Tangirov Ro‘ziboy Xudayshukurovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risidа
JDPUda ”Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalari va innovatsion metodlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi
Filologiya fakulteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjuman xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy...
JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.