Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/08/2026
Chop etish
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi

Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod etaylik!» shiori ostida tantanali tarzda tashkil etildi.

Tadbir universitetning “Professorlar bog‘i”da tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan boshlandi. Unda O‘zbekistonning eng muhim yutuqlari aks ettirilgan “35 yil — 35 yutuq”, milliy tarix va adabiyot kitoblari jamlangan “35 yil — 35 kitob”, buyuk ajdodlar va zamondoshlar hayoti hamda faoliyatiga bag‘ishlangan “Vatan fidoyilari” fotoko‘rgazmasi hamda innovatsion takliflar, startaplar va g‘oyalar namunalari jamlangan “35 ta innovatsion g‘oya” ko‘rgazmalari namoyish etildi.

Shuningdek, millatlararo do‘stlik, bag‘rikenglik hamda milliy va diniy tolerantlikni ifodalovchi “Bir Vatan — bir oila”, universitet tarixi va yutuqlarini aks ettiruvchi “Mening universitetim — mening Vatanim” hamda talaba-yoshlarning mustaqillik yillaridagi yutuq va muvaffaqiyatlariga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari” ko‘rgazmalari ham tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Universitet rektori boshchiligidagi rahbariyat vakillari ko‘rgazmalarni aylanib, ularda namoyish etilgan eksponatlar bilan tanishdilar. Ayniqsa, universitet sportchilarining xalqaro va respublika miqyosidagi yutuqlari, talaba-yoshlarning innovatsion ishlanmalari, ijodiy namunalari hamda yosh ijodkorlarning musiqiy chiqishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.


Ulashish:
1 191
Boshqa rubrikalarda mashhur

E’lon
Tangirov Ro‘ziboy Xudayshukurovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risidа
JDPUda ”Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalari va innovatsion metodlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi
Filologiya fakulteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjuman xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy...
JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.