Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/09/2026
Chop etish
JDPU otalig‘idagi maktabda Bilimlar kuni tantanali nishonlandi

Bugun, 2-sentyabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sharof Rashidov tumani “Qulpisar” mfy hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda ishtirok etdi. 1280 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur maktabda yangi o‘quv yilida 1-sinfga 90 nafar o‘quvchi qabul qilindi.

Tantanali tadbirda universitet rektori o‘quvchilar, ota-onalar va pedagoglarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan bolajonlarga ezgu tilaklar bildirdi. Shundan so‘ng 1-sinfga qabul qilingan 90 nafar o‘quvchiga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bolajonlarning quvonchi va ko‘tarinki kayfiyati bayramga yanada fayz bag‘ishladi.

Tashrif davomida universitet rektori maktabda «Mustaqillik — eng ulug‘ ne’mat» mavzusida tashkil etilgan darsda ishtirok etib, o‘quvchilar bilan Vatan, mustaqillik va yurt kelajagi haqida muloqot qildi. Shuningdek, Bilimlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan dars jarayonlari bilan tanishib, o‘quvchilar va ustozlarga yangi o‘quv yilida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tiladi.

Ta’kidlash joiz, mazkur maktab Jizzax davlat pedagogika universiteti tomonidan otaliqqa olingan bo‘lib, yozgi ta’til davrida universitet ko‘magida maktabda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida seminar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi hamda maktab Axborot-resurs markazi universitet tomonidan kitob va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlandi.

 


Ulashish:
809
Boshqa rubrikalarda mashhur

🇺🇿🇺🇸 JDPUda AQSH elchixonasi vakili va Fulbright ETA dasturi ishtirokchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida AQSH elchixonasi vakili Regina Yulaeva hamda Fulbright ETA dasturi doirasida universitetga jalb etilgan ingliz tili o‘qituvchisi yordamchisi McClay Joseph Sommers bilan...
JDPU xodimlari uchun Samarqandga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 nafar xodimi ishtirokida 8–9-sentyabr kunlari Samarqand shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
“Kelajak tadbirkori-2026” kasb,bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi boshlandi
Jizzax shahridagi Yoshlar shaharchasida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari...