Rasmiy tashriflar
Rasmiy tashriflar
|
19/04/2019
Chop etish
Kitob – ma’naviyat gulshani

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari Maqsudov Davron Sanjarxojaevich boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyati bo‘ylab ma’rifat ulashib kelmoqda. Joriy yil 19-aprel kuni Jizzax davlat pedagogika instituti Axborot resurs markaziga tashrif buyurib badiiy, ilmiy adabiyotlar to‘plamini kutubxonamiz fondiga hadya qildi. Maqsudov Davron Sanjarxodjaevich axborot resurs markazida institut rektori Abdug‘ani Jumanazarovich Xolbekov bilan birgalikda kitobxon talabalar bilan kitobning qadr qiymati, ma’naviy hayotimizni mahzani ekanligi xususida suhbatlari tashkil qildi. Suhbat jarayonida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning yurtimizda kitobxonlikga e’tibor berayotganligi bejizga emasligi, ilm va ma’rifat johillikka qarshi kurashuvchi omil ekanligi ta’kidlandi.


Ulashish:
1 656
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.