Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/04/2023
Chop etish
JDPUda “Kitobxonlik haftaligi” doirasida adabiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Universitetning madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan adabiy uchrashuvga O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘iston Xalq  yozuvchisi O‘rozboy Abduraxmonov, shoir Abdunabi Hamro, Jizzax viloyat Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Abduraxmonovalar  taklif etildi.

Uchrashuvni Jizzax davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor(v.b.b) F. Akchaev ochib berdi. U o‘z so‘zida   chinakam kitobxonlik bor joydagina, taraqqiyotga erishish mumkinligini, bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish, o‘qish uchun uni tanlay olish ham madaniyat ekanligi ta’kidladi.

“ Kitobga muhabbat, uni  qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Xalqimiz ilm va fan,  adabiyot va san’atga oid nodir qo‘llanmalar, adabiyotlari bilan haqli ravishda faxralanadi.  Dunyoning qaysi bir  mashhur kutubxonasida bo‘lmang xalqimizning ulug‘ allomalari, tafakkur xazinasini yaratgan donishmandlarining qo‘lyozmalarini  kitob holiga keltirib, boqiy umr bag‘ishlagan xattotlar, musavvirlar  mehnatini ko‘rish mumkin. Bugungi uchrashuvni tashkil etishdan maqsad ham talaba yoshlar o‘rtasida kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘otish, buyuk ajdodlarimiz merosini qadrlashdir”-deydi F.Akchaev

Kitob mutolaasi inson dunyoqarashini keng, tafakkurini boy qilish bilan birga, mulohazali, turli yot: g‘oyaviy, mafkuraviy, insonni kamolotiga ta’sir qiluvchi illatlar domiga tushib qolishdan asraydi. Kitobxonlik insonni hayotiy muammolariga yechim topishga, odillik, adolatlilik, bag‘rikenglik, insonparvarlik kabi fazilatlarini yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Uchrashuvda ana shular haqida so‘z bordi. Shuningdek  tadbirga taklif etilgan ijodkorlar o‘zlarining asralaridan parchalar o‘qib berishdi.

Uchrashuv shunchaki tashkil etilmadi. Unda haqiqiy adabiyot ixlosmandlari, she’riyatni qadrlovchi ijodkor talabalar ishtirok etishdi. Bugungi tadbir ular uchun “mahorat darsi”dek bo‘lib o‘tdi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Uchrashuv so‘ngida tadbir ishtirokchilari, ijodkor talabalar mehmonlarga o‘z ijod namunalaridan ham o‘qib berishdi.


Ulashish:
842
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.