Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/04/2026
Chop etish
JDPUda FLTAL yo‘nalishidagi 16-xalqaro ilmiy konferensiya yuqori saviyada o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida FLTAL yo‘nalishiga bag‘ishlangan 16-xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilib, unda mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etdi.

Anjumanni universitet rektori ochib, uning ilmiy-amaliy ahamiyati, xalqaro hamkorlikdagi o‘rni hamda xorijiy spikerlarga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, talabalarning faol bo‘lishi va xorijiy tillarni puxta o‘rganish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Tadbirda British Councilning O‘zbekistondagi direktori Michael Houlgate ishtirok etib, tashkilot faoliyati hamda oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik loyihalari haqida ma’ruza qildi.

Konferensiya doirasida o‘zbek va ingliz tillarida ilmiy taqdimotlar davom etdi. Jumladan, professor Amy S. Thompson tomonidan til o‘rganishda psixologik (affektiv) omillarning o‘rni yoritilib, o‘quvchilarning motivatsiyasi, ishonchi va faol nutq amaliyotining ahamiyati haqida muhim ilmiy xulosalar taqdim etildi.

Tadbir yakunida sport va ilmiy yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishgan universitet talabalari tantanali ravishda taqdirlandi. Xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan talabalar universitet nufuzi va sha’nini yuksaltirishga qo‘shgan hissalari uchun tashakkurnomalar bilan e’tirof etildi.

Konferensiya yakuni universitetning badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi. Milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar xorijiy mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, tashrif doirasida mehmonlar universitet infratuzilmasi, sport maydonlari va o‘quv laboratoriyalari bilan tanishib, ayniqsa In-vitro laboratoriyada olib borilayotgan amaliy ishlarni yuqori baholadilar.


Ulashish:
533
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.