Bugungi hayotimizni internet yoki ijtimoiy tarmoqlarsiz aslo tasavvur etib bo‘lmaydi. Aksariyat odamlarning faoliyati internet, ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallari orqali dunyoda sodir bo‘layotgan kundalik yangiliklardan xabardor bo‘lish, ularni bir-biriga uzatish bilan bog‘liq.
Bir so‘z bilan aytganda Ijtimoiy tarmoqlar har birimizning fikrlarimizni bayon etish yoki o‘zaro muloqot qilishda juda qulay vositadir.
Afsuski, har narsaning ijobiy tarafi bo‘lgandek salbiy tomonlari ham bor. Bugun, xususan talaba yoshlar o‘zlarining qimmatli vaqtlarini behuda sarflab, ijtimoiy tarmoqlardan kun bo‘yi foydalanishadi. Shu tariqa, ular deyarli barcha axborotga ega bo‘lishadi va o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib, u yoki bu masalaga munosabat bildirishadi. Biroq bildirilgan munosabatlarning barchasini saviyali, ya’ni ma’naviyatli kishilarning fikri, deb bo‘lmaydi, Ayniqsa, bugungi kunda yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan kimsalar ham to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini o‘ylab o‘tirmasdan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan har qanday ma’lumot yuzasidan yoxud ba’zi masalalarga bilim va salohiyati yetadimi, yo‘qmi o‘z fikrini bildirishadi. Eng achinarlisi, ijtimoiy tarmoqlar orqali havola etilayotgan asossiz va saviyasiz ma’lumotlarning sanab adog‘iga ham yetib bo‘lmaydi.
Ba’zi hollarda asoslanmagan bir yoqlama yondoshilgan ma’lumot va postlar ham ijtimoiy tarmoqlarda turli kanal adminlari va blogerlar tomonidan berib boriladi. Asoslanmagan ma’lumotlar orqali mualliflar (xususan Feysbuk tarmog‘ida va telegram kanallarda joylashtirilgan postlarning tagida turli xil kommentariyalar (foydalunvchilarning bilib bilmay oldindan xulosa qilib) tashkilot sha’nini bulg‘ash va buni boshqalarni ham ishontirishga urinishadi. Mana shunday asossiz, Axborot xujumiga qarshi kurashda bilimli, xolislik va ijtimoiy tarmoqlarda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan xodimlarning fikr va mulohazalariga ehtiyoj seziladi. Ularning xolsilik bilan yondashuvi o‘quvchilarga va tarmoq foydalanuvchilarga ta’sir qila olishi mumkin. Jizzax davlat pedagogika universitetida Yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo’limi, universitet axborot xizmati hamkorligida tashkil etilgan o‘quv kursalriga barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar taklif etildi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda ishlash” mavzusida o‘quv kurslarining ilk mashg‘ulotida tinlovchilarga Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash, feyk xabar va fakt-cheking mavzulari o‘tildi. Ta’kidlash joiz bir oy davomida bo‘lib o‘tadigan o‘quv mashg‘ulotlarida tinglovchilarga axborot xurujiga qarshi kurash, OAV bilan samarli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jamoatchilik bilan ishlash kabi dolzarb mavzularda darslar o‘tiladi. Soha media-trenerlari tomnidan tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlar so‘ngida tinglovchilarga sertifikatlar berish ko‘zda tutilgan.