Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/11/2022
Chop etish
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashaylik…

JDPU madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi. Biz yangilanish, tafakkur va fikr erkinligi, erkin ijod qilish, o‘z qobiliyat va iqtidorimizni ro‘yobga chiqarishga har qachongidan-da ko‘proq imkoniyat yaratilgan bir davrda yashayapmiz. Afsuski, bunday erkinlikni hamma ham to‘g‘ri qabul qilavermaydi, o‘z faoliyatini ezgu ishlarga safarbar etavermaydi. Tabiiyki, bu jarayonda insoniyatning azaliy dushmani bo‘lgan nafs ofati bashariyat yo‘liga har qachongidan-da ko‘proq g‘ov bo‘ladi.  Ana shunday murakkab bir sharoitda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” quroli sifatida xizmat qiluvchi, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma’naviy meros o‘ziga xos najot qal’asi, himoya qo‘rg‘oni vazifasini o‘taydi.

Ilmsiz aslo taraqqiyotga erishilmaydi, jaholat esa hech qachon insonni  saodatmand etmaydi. Bugungi davraga yig‘ilganlar ana shu  fikrni olg‘a surishdi.  Dunyo miqyosida ko‘plab shafqatsizliklar sodir etilayotgan, din niqobi ostida buzg‘unchiliklar avj olayotgan bir davrda yashayapmiz. Ayonki, dunyodagi barcha yovuzlik, qon to‘kishlar, buzg‘unchiliklar nafsiga asir bo‘lganlarning jirkanch ishidir. Suhbat avvalida talaba yoshlar uchun qo‘yib berilgan videolavhada ham ana shu jirkanchlikning qurbonlari haqida so‘z bordi. Lavhada aks etgan sahnalar har bir tomoshabin qalbini chuqur larzaga solgani shubhasiz. Tadbirda shuningdek dinni niqob qilib yoshlarni aldov yo‘li bilan oxiri yo‘q tubsiz jarga qulatguchi bunday kimsalarning to‘riga tushmaslik, hushyor bo‘lish, oltinga teng vaqtni behudaga o‘tkazmaslik uchun ham ilmga mehr qo‘yish lozimligi ta’kidlandi.

Har qanday kasallikning oldini olish uchun avvalo kishi organizmida unga qarshi kurashuvchi immunitet hosil qilinishi zarur. Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba yoshlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbir ham yoshlarda ona Vatanimizga bo‘lgan muhabbat, ota-bobolarimiz kabi o‘z tariximizga, dinimizga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, ular ongida va qalbida mafkuraviy, ma’naviy immunitetni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.  Unda so‘zga chiqqan mahaliy hokimiyat, diniy idoarlar hamda huquq tartibot idoralari vakillari Komil insonni, sog‘lom avlodni tarbiyalash uchun g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik, bo‘shliq o‘rnini vayronkor va buzg‘uncha yot g‘oyalar egallashini oldini olish uchun esa faqat o‘qish, ilm o‘rganish joizligini asosli tarzda tushuntirdilar.


Ulashish:
1 680
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev boshchiligida o‘tkazildi.
JDPU talabalari Turkiyada qishki maktab dasturida faol ishtirok etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari va mutaxassislari xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida Turkiya davlatining nufuzli Necmettin Erbakan Universitida tashkil etilgan “Silk Road and Beyond – 2026”...
JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...