Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHNING KONSEPTUAL ASOSLARI

Xo‘jaev A.M.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Tayanch so‘zlar: iqtidorli o‘quvchilar, iqtidor, qobiliyat, qiziquvchanlik, xarakat, intilish. Klyuchevыe slova: odarennыe uchaщiesya, talant, sposobnosti, lyuboznatelnost, povedenie, stremlenie. Key words: gifted students, talent, ability, curiosity, behavior, aspiration. Iqtidorli o‘quvchilar bu umumiy va maxsus qobiliyatlarni o‘zida mujassam etgan bolalardir. Ular boshqa bolalardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadilar:
  • qiziquvchanligi;
  • doimo turli savollarga javob izlashlari;
  • nutqi, tafakkuri, xotirasining tez rivojlanishi;
  • erta yoshdanoq musiqa, rasm chizish, kitob o‘qish, matematikaga qiziqishi;
  • yuqori darajadagi bilish faolligi va o‘quv faoliyati;
  • masalalarning yechimini topishda maqsadga intiluvchanlik va originallik;
  • tafakkurning
Pedagogik-psixologik nuqtai nazardan umumiy va maxsus qobiliyat yosh davrla- rini inobatga olgan holda muhim jihatlarga bog‘liq. Ilk yosh davrlari – maktabgacha va kichik maktab yoshida iqtidor umumiy hamda universal qobiliyat sifatida qaralishi va rivojlanishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan bu “umumiy qobiliyat” o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib ma’lum bir yo‘nalishni belgilaydi. Ayni vaqtda bu iqtidor bola tomonidan qay darajada namoyon bo‘layotganligiga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. Aniq namoyon bo‘lgan, ya’ni psixolog, pedagog, ota-onalar tomonidan e’tirof etilgan qobiliyat “dolzarb”, atrofdagilar payqamaydigan qobiliyat “potensial” qobiliyat deyiladi. Ko‘pgina mashhur olimlar, bastakorlar, rassom va yozuvchilar (masalan, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek, V. A. Mosart, F. Galton, I. Mechnikov, K. Gauss, N. Vinner, G. Leybnis, V. Gyugo va h.k.) erta yoshdayoq o‘zlarining qobiliyatlarini namoyon qilganlar. Va, aksincha, ko‘p hollarda bolalikda hech qanday iqtidorga ega bo‘lmagan bolalar yetuklik davrida muvaffaqiyatlarga erishishlari mumkin. Bu aqliy potensialga ko‘pincha atrofdagilar e’tibor bermasliklari mumkin. Tabiiyki, har bir holatda iqtidorni payqamaslikning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Potensial qobiliyat, haqiqatdan ham, ma’lum bir vaqtgacha namoyon bo‘lmasligi mumkin. Balki ota-onalar, pedagoglar va kattalar tomonidan bola qalbining nozik harakatlaridagi o‘zgarishlarga yetarlicha ahamiyat berilmagandir, intuitiv holda buni payqamagandirlar yoki bilimlari yetmagandir. Yoki, aksincha, bu narsalarni tushunmaganliklari sababli boladagi buyuk potensial imkoniyatlarni sezmaganlar va, hattoki, bu ijodkorlikni, intellektual tashabbusni negativ xususiyat sifatida qabul qilganlar. Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik hislatlar majmuasining tuzi lishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi tufayli har qaysi turdagi faoliyat uchun o‘ziga xos tarzda qo‘yilishi turgan gap. Buning uchun ayrim misollarni tahlil qilib o‘tamiz:
  • matematik qobiliyat: matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ishamallarni kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, to‘g‘ri va teskari fikr yuritishdan o‘tishlik, masala yechishda fikr yuritishning epchilligi kabilar;
  • adabiy qobiliyat: nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonliligi, “til-zehni”, behisob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga intiluvchanlik va Ajratib ko‘rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko‘rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro bir-biriga o‘xshamagan talablari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy va shunga o‘xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo‘lib, kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin [141; 32-b].
Pedagogik-psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha birorta ham qobiliyatning yo‘qligi yoki yetarli taraqqiy etmaganligi iste’dod sifatlarining murakkab turiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal taraqqiyoti yo‘li bilan muvaffaqiyatli ravishda o‘rni bosib boriladi. Har qanday layoqat qobiliyat darajasiga ko‘tarilishi uchun eng murakkab yo‘lni bosib o‘tishi kerak bo‘ladi. Qobiliyatlar ilk davrlardanoq rivojlana boshlab, bir necha bosqichda amalga oshadi. Qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishi, birinchidan, ma’lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sharoitga qarab tegishli tabiiy zehn, nishonalarni aniqlash yo‘li bilan, ikkinchidan, mutaxassis (muzikant, artist, rassom va hokazo) rahbarligida tizimli faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo‘li bilan, uchinchidan, umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo‘li bilan borishi kerakki, bu operatsiyalar umumiy va maxsus axborotni yengil hamda samarali o‘zlashtirishni, tanlagan faoliyat bo‘yicha ko‘nikma, malakalarni hosil qilishni ta’minlasin. To‘rtinchidan, o‘quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni jadallashtirishni ta’minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo‘li bilan. Beshinchidan, shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo‘li bilan borish kerakki, bu alomatlar dastavval mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, puxtalik, qat’iyatlilik, sinchkovlik va tanqidiylikdan iborat. Bularsiz shaxsning potensial imkoniyatlari va qobiliyati faoliyatda maksimal ravishda rivojlana olmaydi. Oltinchidan, maktab o‘quvchilariga nisbatan individual munosabatda bo‘lishni umumiy talablar bilan to‘g‘ri qo‘shib olib borishdir. Qobiliyatning muayyan izchillikda namoyon bo‘lishi va rivojlanishini hayot tajribasi ko‘rsatib turibdi. Qobiliyat turli rivojlanish darajasiga ega bo‘lishi mumkin. Ilmiy abstraksiyalash qobiliyatning ikki: reproduktiv va ijodiy aks ettirish darajalarini. farqlash imkonini beradi. O‘z qobiliyatini rivojlantirishning birinchi darajasidagi kishi bilimlarni juda mohirlik bilan o‘zlashtiradi. Faoliyatni o‘rganib oladi va uni biror namuna orqali amalga oshiradi. Ikkinchi darajada turgan kishi esa yangilik yaratishga qodirdir. Bu darajalarni tekshirishga metafizik munosabatda bo‘lish yaramaydi albatta, birinchidan har qanday reproduktiv aks ettirish faoliyati va ijodiy faoliyat elementlarini ijodiy aks ettirish faoliyati esa reproduktiv faoliyat elementlarini o‘z ichiga qamrab oladi, busiz ularni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, yuqorida aytilgan darajalar ham qandaydir o‘zgarmas va qotib qolgan narsalar emas. Kishi bilimlarni o‘zlashtirib, ko‘nikma hosil qilish jarayonida faoliyat bir darajadan ikkinchi darajaga o‘tib turadi. Qobiliyatning tabiiy manbai ham mavjud bo‘lib , u tabiiy zehn deb yuritiladi. Boshqa xususiyatlarni qadrliroq deb hisoblaganlar, ya’ni, hammaga shaxsiy tajribadan ma’lumki, tirishqoqlik, itoatkorlik, saranjom-sarishtalik kabi xislatlarni fikrlar originalligi, dadillik, harakatlardagi va mulohaza yuritishdagi mustaqillikdan ustun qo‘yadigan ota-onalar, o‘qituvchilar, rahbarlar uchraydi. Amerikalik olimlar tomonidan 400ga yaqin taniqli odamlarning tarjimai holi o‘rganib chiqilganda ulardan 60 foizi maktab ta’limi davrida jiddiy muammolarga duch kelganliklari aniqlangan. Aktual va potensial qobiliyatlar tushunchasining mavjudligi rivojlanishni oldindan prognoz qilish muammosini muhim, deb hisoblaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qishga halaqit qiladigan iqtidorli bolalarning asosiy xususiyatlaridan biri ular uchun berilgan oddiy vazifalarni bajarmasligi va o‘qishga qiziqish yo‘qligidir. Bunday bolalar o‘zlari bemalol o‘zlashtiradigan mashg‘ulotlarni kimdir boshqarishini xohlamaydilar, hatto boshqarilsa xafa ham bo‘ladilar. Iqtidorli bolalarni o‘qitishni birgina yo‘li iqtidorli sinflar yoki maktablarni tashkil qilinishidadir. Shundagina iqtidorli bolalar maktabni tezroq tamomlab, tezroq o‘zlari xohlagan oliygohlariga kirishlari mumkin. Bu ularga oldilariga qo‘ygan maqsadlariga tezroq erishishlariga sabab bo‘ladi. Iqtidorli bolalar o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlarga erishishi, vatan kelajagi va ravnaqi uchun salmoqli hissa bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, iqtidorli bolalar tarbiyasi kattalarning tarbiya muammolariga e’tiboriga emas, balki bunday bolalarga berayotgan e’tiboriga bog‘liqdir. “Iste’dod” va “qobiliyat” o‘ziga xos tushunchalarga ega, ulardagi inson hususiyatlari har qanday amaliy faoliyat taqdim etayotgan talablar nuqtai nazaridan ko‘riladi. Shuning uchun iste’dod haqida ham umuman gapirish mumkin. Iste’dod shaxsning nimagadir, qandaydir faoliyatiga nisbatangina qo‘llaniladi. Aynan “iqtidorlilik” tushunchasining ichida zaruriy shart sifatida muayyan amaliy faoliyatdan iborat bo‘lgan o‘zaro bog‘liqlik ushbu tushunchaning tarixiy xarakterini belgilab beradi. “Iste’dod” tushunchasi biologik xususiyat deb qaralganda o‘z mazmunini yo‘qotadi. Iste’dod – bu u yoki bu faoliyat turlariga kiritilishi va shubhasiz har bir muayyan faoliyatning “muvafaqqiyatli” bajarilishiga jiddiy ravishda bog‘liqligidir. Shunday qilib, “iste’dod” tushunchasi aniq, rivojlanayotgan ijtimoiy mehnat amaliyoti uslubi bilan o‘zaro bog‘lanmasa, hech qanday ahamiyatga ega emas. Psixologik-pedagogik ma’lumotlarni umumlashtirgan holda ikki xil xususiyatli fikrni alohida ta’kidlab o‘tish iste’dod tuzilishini yengilroq tushunish imkoniyatini yaratadi:
  • iste’dod–bu shaxs psixik xislatlarining shunday murakkab birikmasidirki, uni: a) alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan,
  1. b) xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali; v) hatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida o‘lchab bo‘lmaydi;
  • shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yetarli darajada taraqqiy etmaganligi iste’dodning murakkab tarkibiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning o‘rnini bosib yuborishi (kompensatsiya qilishi) mumkin.
  Adabiyotlar:
  1. Kulemzina V. Detskaya odarennost kak predmet pedagogicheskogo analiza: Avtoref. dis. dokt. ped. nauk. – Tomsk, 2005. – 48 s.
  2. Nikitina Ye. Psixologo-pedagogicheskie usloviya razvitiya Ya-konsepsii odarennыx starsheklassnikov: Avtoref. dis. kand. psixol. nauk. – Kursk, 2008. – 24 s.
  3. Odarennыy rebenok/ Pod O.M.Dyachenko. – M., 1997. – 137 s.
  REZYuME Maqolada iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning konseptual asoslari xaqida so‘z boradi. Maqola mazmunini ochib berish maqsadida maxalliy va xorijiy manbalardan samarali foydalanildi. REZYuME V state rasskazыvaetsya o konseptualnыx osnovax rabotы s talantlivыmi studentami. Dlya raskrыtiya soderjaniya stati bыli effektivno ispolzovanы mestnыe i zarubejnыe istochniki. SUMMARY The article talks about the conceptual framework for working with talented students. In order to reveal the content of the article, local and foreign sources were effectively used.