Informatika va texnologiya ta’limi fakulteti Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 205-guruh talabalari guruh rahbari Raxmonkulov Feruz boshchiligida Yurtboshimizning 5 ta tashabbusi ijrosini ta`minlash maqsadida Sharof Rashidov nomidagi axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar. Kutubxonaning barcha bo’limlari faoliyati jumladan, o’quv zallari, kitob fondi, kutubxonaning elektron tizimi, kutubxona internet tizimi to’g’risida kutubxona xodimasi Karimova Muqaddas tomonidan tanishtirildi. Tanishtirish jarayonida talabalarda kutubxonaning shinam va yorug’ o’quv zallari, kutubxonaning yangi tashkil qilinayotgan elektron tizimi faoliyati alohida taasurotqoldirdi. Mazkur tashrifdan so’ng ayrim talabalarning kitobxonlikka bo’lgan qiziqishi ortdi desak mubolag’a bolmaydi. Guruhning kutubxonaga tashrifidan so’ng kun tartibida belgilangan yana bir vazifa Hamid Olimjon va Sharof Rashidov muzeylariga tashrif buyurdilar.
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
- Barcha
- Ekofaol talabalar
- Karera markazi
- Kelajakka qadam
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- Mahalla va universitet
- Ustozlar suhbatin qo‘msar bu ko‘ngil
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
22/10/2019
Chop etish
Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 205-guruh talabalarining bir kuni
Boshqa rubrikalarda mashhur
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.
So'nggi yangiliklar
12/09/2026
12/09/2026



