Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/11/2022
Chop etish
Huqubuzarliklar va jinoyatlarga qarshi kurashishning o‘ziga xos xususiyatlari: Milliy va xorijiy tajriba.

 O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining Jizzax mintaqaviy o‘quv Markazi hamda JDPU Tarix fakulteti “Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi, Samraxam universiteti, Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirning mavzusi ana shunday nomlanib,  viloyatimizning Zomin tumanida ilmiy-amaliy jihatdan yuksak darajada tashkil etilganligi bilan alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, huqubuzarliklar va jinoyatlarga qarshi kurashish borasida miliiy gvardiya xizmati xodimlarining o‘rni va roli biqiyosdir. Bugungi shiddat bilan yangilanayotgan O‘zbekistonda xuqubuzarliklar va jinoyatlarni jilovlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning tinchligi va xotirjamligini ta’minlash borasida salmoqli ishlar, sohaga yangi innovatsion yondashuv va texnologiyalarni qo‘llash, huquqni qo‘llash amaliyotida demokratik tartib qoidalarni joriy etish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, bugungi kunda yaratilgan shart sharoitlar, inson manfaatlar har narsadan ustun bo‘lgan jamiyatda xuquqbuzarliklar va turli xildagi jinoyatlar soni keskin oshib bormoqda. Ayniqsa voyaga yetmagan shaxslar bilib bilmasdan turli xildagi huquqbuzarliklarni sodir etib, jinoyat ko‘chasiga kirib qolmoqda. Achinarlisi shundan iboratki, sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etgan shaxslarning aksariyati o‘z xatti xarakatlarining oqibatlarini to‘liq anglab yetmagan, hayot ostonalarida o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan yoki oilaviy kelishmovchilik va nizolar sababli mustaqil dunyoqarashi shakllanmagan yoshlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda deb ta’kilaydi Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi direktori, podpolkovnik Anvar Ismoilov.

Huquqbuzarliklar va jinoyatlarga qarshi kurash  Xindiston tajribasi va amaliyoti mavzusida chiqish qilgan Samraxam universiteti dekani Tanver Baig  Hindiston diyorida sodir etilayotga huquqbuzarliklar turlari, jinoyatni keltirib chiqaruvchi shart sharoitlar, xuquqbuzarlarga nisbatan qo‘llanilayotgan jazo choralari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidan farqli ravishda huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etgan shaxslarga shtatlar kesimida har xil jazo tayinlanishi masalariga, shtatlar kesimida xuquqbuzarliklar va jinoyatlar dinamimikasini o‘z ichiga olgan taqdimot asosida ma’lumot berib o‘tdi.  Tanver Baig o‘z ma’ruzasida Hindistonda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar soni oshib borayotganligi va bunga qarshi tezqor ravishda innovatsion chora tadbirlar ishlab chiqishda  Hindiston ichki ishlar vazirligini tajribasi to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga axborot va tushuntirishlar berib o‘tdi.

O‘zaro amaliy muloqot va savol javoblarga boy bo‘lgan ilmiy-amaliy seminar yakunida ishtirokchilarga Markaz tomoniidan esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar taqdim etildi. Iliy amaliy seminarda ko‘tarilgan masalalar, taklif va tavsiyalar yuzasidan tadbir ishtirokchilar yangi formatda har yili shu kabi tadbirlarni tashkil etishga kelishib olishdi.   Unutmang: Huquqbuzarlik va jinoyatlarga qarshi kurash-mamlakat tinchligining kafolatidir.


Ulashish:
867
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.