Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/08/2022
Chop etish
“Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” tanlovida g‘oliblar aniqlandi.

Bir necha kundan buyon oliygohda o‘tkazilayotgan “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligi ham o‘z nihoyasiga yetdi.

– Haftalik doirasida tanlov, ko‘rgazma, o‘quv seminarlari, motivatsion psixologik treninglar, davra suhbatlari tashkil qilindi, – deydi Jizzax davlat pedagogika universiteti iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi rahbari Dilrabo Fozilova,  tadbirlarda ishtirokchilar olimalar, turli sohalarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan ixtirochi xotin-qizlar bilan yaqindan tanishib, o‘zaro tajriba almashishdi. Bugun haftaligimizning so‘nggi kunida taqdirlash marosimini ham o‘tkazdik. G‘oliblar 10 ta nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi. Quvonarlisi Jizzax davlat pedagogika universitetidan ham 3 nafar xotin-qizlarimiz nominatsiyalar sohibi bo‘lishdi.

 

6 kun davom etgan haftalik doirasida “Eng yaxshi ixtiro va foydali model”, “ Eng yaxshi sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i va ratsionalizatorlik taklifi”, “ Aktni rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi loyiha”, “Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi innovatsion loyiha”, “ Yangi pedagogik  texnologiyalar bo‘yicha eng yaxshi loyiha”, “ Iqtidorli qizning eng yaxshi loyihasi”, “ Eng yaxshi biznes loyiha”, “Omadli start”, “ Hunarmand xotin-qizlarning eng yaxshi innovatsion g‘oyasi”,  mavzulari bo‘yicha nominatsiya egalariga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Ulashish:
1 099
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.