Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
15/02/2019
Chop etish
“Buyuk bobolarimizni xotirlab” nomli «Zakovat» intelektual o’yini bo’lib o’tdi

Chet tillar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Fayzulla Usanov hamda fakultetning bir qancha iqtidorli talabalari bilan birgalikda 14.02.2019 JDPI I-sonli talabalar turar joyida Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 536 yilligiga bag’ishlab “Buyuk bobolarimizni xotirlab” nomli «Zakovat» intelektual o’yini bo’lib o’tdi. O’yin davomida barcha qavatlardan talabalar faol qatnashishdi. «Zakovat» intelektual o’yinida 1-o’rin Bilimdon, 2-o’rin Yoshlar ittifoqi, 3-o’rin O’zbekiston yoshlari jamoalari egallashdi. Musobaqada Chet tillar, Fizika matematika, O’zbek tili va adabiyoti, Tarix fakulteti talabalari ham faol qatnashishdi.

Musobaqa g’oliblariga diplom faxriy yorliq hamda chet tillar fakulteti YoBIBDO’ Fayzulla Usanov tamonidan faol qatnashgan talabalarga O’zbek va jahon adabiyoti kitoblari sovg’a qilindi.


Ulashish:
882
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining respublika final bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Amir Temur vorislari”...
JDPU va Belarus davlat pedagogika universiteti hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda uni yangi bosqichga...
“Future-Ready Curriculum: A Global Transformative Approach” loyihasi doirasida kelajak ta’limi mazmuni muhokama qilindi
Malayziyada malaka oshirib qaytgan Namoz Karimov malakani oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.