Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/03/2022
Chop etish
Baranovichda Navro‘z bayrami nishonlandi…

21 mart kuni Baranovichi Davlat universitetida (Belarus Respublikasi) yangilanish va yasharish bayrami o‘tkazildi. Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston talabalari uchun  o‘tkazilgan Navro‘z bayrami Baranovich davlat universitetida nishonlash a’nanaga aylandi desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika institutining «2 + 2» qo‘shma o‘quv dasturi doirasida o‘qishni Baranovich davlat universitetida  davom ettirayotgan talabalari  navro‘z bayramini bor bo‘y basti, milliyligini, turli ko‘rinishlardanamoyon etishdi. Belorussiya va Xitoydan kelgan talabalar ham bayramda  o‘zlarining musiqiy tabriklarini taqdim etishdi.

Bayram tadbiriga  faxriy mehmonlar  ham tashrif buyurishdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Belarus  Respublikasidagi elchixonasi birinchi kotibi Azimjon  Abdullaev, elchixona konsuli Xojiakbar Vahobov, universitet rektori Aleksandr Unsovich barcha chet ellik talabalar va mehmonlarni bayram bilan tabriklab, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi  samarali hamkorlik aloqalari haqida iliq fikrlarni  bildirishdi.

Tadbirda shuningdek O‘zbek milliy taomlari taomlari ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, unda talaba yoshlarimiz o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan milliy o‘zbek taomlarii yig‘ilganlarga namoyish etdilar.


Ulashish:
925
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Paxtakor tumanida doimiy istiqomat qiluvchi bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Default image
Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurgan 172 nafar maktab o‘quvchilari oliygohning o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.