- Axmad Yassaviy. Ibroxim Haqq – T.: Gafur Gulom nashriyoti, 2001 yil.
- Al-Buxoriy. Hadis, Al-jome` as-sahih. -: “Qomuslar” bosh tahririyati, 1991-1992 yillar , 1- 4-kitoblar.
- Komilov. Tasavvuf. -T.: «Yozuvchi», 1996 y
- Komilov. «Komil inson haqida 4 risola». -T.: «Ma’naviyat»,1997 y.
- Kubro Shayx Najmiddin. Jamoling menga bas: Ruboiylar /Forsiydan Matnazar Abdulxakim tarj.-T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994.-64 b.
- Pardayeva, K., Tangirov, A., & Muxammadiyeva, S. (2020). The Use Of The Humanistic Ideas Of Khoja Ahmad Yassavi I+-9n The Teaching Of Pedagogical Sciences. Архив Научных Публикаций JSPI.
- Muxammadiyeva, S., & Farsaxonova, D. (2020). PEDAGOGY OF EASTERN THINKERS THE ISSUE OF ETHICAL EDUCATION IN THEIR VIEWS. Архив Научных Публикаций JSPI.
Ahmad Yassaviy asarida pand-nasihatlar mazmuni.
Sayyora Muxammadiyeva,
Umumiy pedagogika kafedrasi
katta o’qituvchisi
Annotatsiya. Mazkur maqolada tarbiyaning tarixiy ildizlari, yurtimizda inson ma’naviy-axloqiy tarbiyasi muammosi bo’yicha olib borilgan izlanishlarda ilgari surilgan g’oyalar, xususan Xo`ja Ahmad Yassaviyning insonparvarlik g’oyalarining bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati to’g’risida fikr yuritiladi.
Аннотация. В этой статье рассматриваются исторические корни образования, идеи, выдвинутые в исследованиях по проблеме духовно-нравственного воспитания в нашей стране, в частности, важность гуманитарных идей Ходжи Ахмада Яссави в воспитании молодежи сегодня.
Annotation. This article discusses the historical roots of education, the ideas put forward in research on the problems of spiritual and moral education in our country, in particular, the importance of the humanitarian ideas of Hodja Ahmad Yassavi in the education of young people today.
Kalit so’zlar: pedagogika, ta’lim, tarbiya, axloq, insonparvarlik, halollik, nafs tarbiyasi, ma’naviy meros.
Xoja Ahmad Yassaviyning «Ma’rifat bu avvalo fano bo‘lmoq» deb ko’rsatilgan birinchi maqomida «fano» tushunchasi o‘zidan va butun borliqdan kechib ilohiyatga sig‘inish ma’nosini anglatadi. Har bir insonning nafsu hirslardan tozalangan musaffo yuragida ilm olishga ehtiros, ijod qilishga ishtiyoq uyg‘onadi. Shu sababdan Yassaviy insonning ma’rifat manzilida Xudo mohiyatini tla anglab ilmu axloqda komillikka etishini, binobarin, u oriflik darajasiga ham ktarilishini ta’kidlaydi. Bu bilan inson hayoti davomida murakkab kamolot ylini taydi va zidan yaxshi va yomon nom qoldiradi.
So’fiylikning ikkinchi maqomi «darveshlikni qabul qilmoq» deb ko‘rsatiladi. Yassaviy darveshlik maqomini 40ta ekanligini ko‘rsatib, agar ularni bilib amal qilsa, darveshlik pok turur va agar bilmasa, o‘rganmasa, darveshlik maqomi unga harom va johil turur, deydi. Bu 40 ta maqomdan 10 tasi shariatda, 10 tasi tariqatda, 10 tasi ma’rifatda turur va keyingi 10 tasi haqiqatda turur, deb har biriga nisbatan o‘zining munosabatini ifodalaydi va ularni bajarish uchun 10 ta ulug‘ yo‘lni ko‘rsatadi.
Ushbu maqomda «darveshlikni qabul qilish» deganda dunyo noz- ne’matlari, uning lazzatlaridan kechish lozimligi tushuniladi. Chunki bulardan xolos blmagan kishi nopok, nodon, zulmkor, molparast, mansabparast kabi illatlariga ega blib, zini baxtsizlik va g‘urbatga ixtiyor etishi, Ya’ni molparastlar mol-dunyo uchun bir-birlariga Shafqat qilmasdan, nodonlik bilan johillik krsatishlari ham mumkin. Xuddi shu nuqtai nazardan quvchi va talabalarda mazkur maqomni singdirish ularda ijobiy insoniy fazilatlarni tarbiyalashda ql keladi. Ya’ni, mazkur maqomdan quvchilarda qimmatbaho zebu ziynatlarni taqishga, rang-barang jiloli matolardan kiyim-kechaklar kiyishga va pul, mol-dunyoga nisbatan mehr uyg‘otmaslik kabi salbiy sifatlarni bartaraf etishda foydalanish mumkin.
Uchinchi maqomda «har ishga tahammul qilmoq», Ya’ni bu smzdagi «tahammul qilmoq» tushunchasi «bardosh bermoq», «sabr-toqat bilan kutmoq» ma’nolarini anglatadi. Bunda quvchi va talabalarga har qanday ishga, qiyinchiliklarga bardosh berish lozimligini rgatish hamda sabr-toqat qilingan ishning natijasi esa ijobiy yakunlanishini uqtirib borish lozim. Bu bilan quvchilar optimistik ruhda tarbiyalanib, ularda bardoShlilik, sabr-toqatlilik kabi xususiyatlar shakllantiriladi.
To‘rtinchi maqom «haloli tayyib talab qilmoq» deb nomlangan blib, bunda kishi halol deb hisoblangan narsalardan tanavvul qilishi, zini gunoh ishlardan tiyib halol turmush kechirishi, o‘zgalar mol-dunyosiga kz tikmasligi, dunyoga ishq uyg‘otmasligi, halol bilan haromni ajrata olishi, halollik, poklik va adolat kabi xususiyatlarni ziga singdirishi lozim.
Beshinchi maqom «ma’rifat qilmoq» deb yuritilib, bunda insonning komillikka erishuvi tg‘risida fikr bildiriladi. Xoja Ahmad Yassaviy Muhammad payg‘ambarimizning «Ilm egallang, ilm sahroda do‘st, hayot yo‘llarida yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda – rahbar, qayg‘uli onlarda – madadkor, odamlar orasida – zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda – quroldir» degan hadisiga amal qilgan. Ya’ni bu bilan inson bilimga intilishi, o‘qish va o’rganish orqali ushbu o‘tkinchi dunyoning yolg‘onchi huzurlaridan voz kecha olishligi hamda uni yomon yllarga undovchi nafs qopqonidan zini xolos qila olishga zida kuch-quvvat, iroda tplay olishligi ta’kidlanadi.
Oltinchi maqom «shariat va tariqatni barpoy tutmoq» deb belgilanadi. Ya’ni bunda inson musulmonchilikning barcha qonun-qoidalarini rganib rioya qilishi, undagi barcha farz qilingan amallarni bajarishi, zini gunohlardan saqlashi, man qilingan ishlardan tiyishi, g‘araz va yomonliklardan tozalashi, ziga berilgan ne’matlar uchun shukronalar qilib yashashi va yolg‘iz Ollohgagina sig‘inishi lozimligi uqtiriladi.
Ettinchi maqom «dunyoni tark qilmoq» deb kmrsatilib, bunda bu yolg‘onchi dunyo lazzatlaridan voz kechish, kamtarona hayot kechirish g‘oyalari ilgari suriladi. Shuningdek, insonni baxtsizlikka eltuvchi nafsni engishga, ta’magirlik va g‘arazgylik kabi illatlardan yiroq blishga undaydi. Kamtarona hayot inson ruhini xotirjam qilib, uni tetiklashtiradi.
Sakkizinchi maqom «oxiratni ixtiyor qilmoq» deb nomlangan blib, unda bu tkinchi dunyodagi barcha narsalar yolg‘onchi noz-ne’matlar ekanligi, oxiratdagi dunyo esa abadiy ekanligi tushuntiriladi. Ya’ni bu dunyoda har birimizga in’om etiladigan mol-dunyo, uy-joy, maShina, martaba, mansab va hatto farzand ham bizga quvonch bag‘ishlab, qalbimizni aldab imondan chiqaruvchi vositalardir. Shu sababdan Yassaviy ta’limotida kishining oxirat haqida kp ylashi, qayg‘urishi, Ya’ni oxiratni ixtiyor etishi uni abadiy baxt-saodatga eltadi, deb e’tirof etiladi. Bizning ham quvchi yoshlarimiz va talabalarimiz qalbida oxirat haqida ylashga rgatishimiz esa ularni kishilarga, Ya’ni ota-onalariga, ustozlariga, opa-singilu aka- ukalariga nisbatan mehr-oqibatli va imon-e’tiqodli qilib tarbiyalashga undaydi.
To‘qqizinchi maqomda «vujud maqomini bilmoq» deb krsatiladi. Unda kishi vujudini, tanasini boshqara olishi, uni turli xil ofatlardan saqlashi mumkinligi uqtiriladi. Darhaqiqat, bu ota-bobolarimiz hayot tajribalarida isbotlangan fikr. Kishiga vaqtida uxlash, uning miya faoliyatini yaxshilashi, nafsga ortiqcha ruju qymasdan, kam eb-ichishi, unda ichki kasalliklarning oldini olishi, kamtarona-oddiy kiyinish esa uni turli tana kasalliklari asoratidan saqlashi, tilovat va ibodat qilish esa uni ham jismoniy ham gigienik tarbiyalashi mumkin.
O‘ninchi maqomda «haqiqat asrorini bilmoq turar» deb belgilangan blib, bunda yuqorida aytib tilgan maqomlarning barchasini tla egallagan kishi etuk, komil Shaxs blib shakllanishi bilan birga. uning ruhi ham poklanishi bildiriladi. Xuddi shu holatdagina inson Haqqa etishligi, Olloh bilan bevosita muloqot qilish sharafiga muyassar bshishligi uqtiriladi. Tarixiy manbalarda kmrsatilishicha, mazkur maqomlarga tSha va mukammal amal qilgan ajdodlarimiz orasida kmplab valiylar, anbiyo- avliyolar etishib chiqqan.
So‘fiylik maqomidagi ushbu tamoyillar tarbiya sohasida bugungi kunda ham mz qimmatini ymqotmagan. Ayniqsa, bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimida Xoja Ahmad Yassaviyning «Rasoil», «Faqrnoma», «Devoni hikmat» asarlaridagi diniy va dunyoviy bilimlarga oid hikmatlardan foydalanish mquvchi va talabalarni aqliy va axloqiy tarbiyalaSh bilan bir qatorda, ularni kuchli e’tiqod egasi qilib shakllantirish imkonini beradi. Imon-e’tiqodli kishi esa barcha yomon sifatlardan xoli ekani, Ya’ni u pok, halol, tmg‘rismz, mzga moliga, omonatiga xiyonat qilmasligi, qanoatli, sabr- toqatli, saxovatli, diyonatli va sadoqatlili bmlishi bilan boshqalardan ajralib turadi. shu sababdan ham bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimida mquvchi-yoshlar va talabalarning e’tiqod tarbiyasi bilan shug‘ullanishimiz foydadan xoli bmlmaydi.
Endi esa biz e’tiqod tarbiyasi bilan bog‘liq bmlgan va tarixiy manbalardan olingan Yassaviy tariqatiga tegishli ma’lumotlarni keltiramiz.
Tarixchilarning guvohlik berishicha, madrasa va maktablarda Qur’oni karim va Sunna, payg‘ambar hadislaridan keyin Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlaridan o‘quv qmllanma sifatida yoshlarni tarbiyalashda keng foydalanilgan.
Xoja Ahmad Yassaviy shogirdlariga faqat ruhoniy ustoz, pir bo‘libgina qolmay, har bir kishiga munosib, halol va adolatli, ish buyurgan holda yashash yo‘llarini o‘rgatadi. Xususan, insonlarni bilim olishga chaqirib, boshqa millat vakillariga ozor bermang, deya ta’kidlaydi:
Sunnat ermish kofir bo‘lsa, berma ozor,
Ko‘ngli qattiq dilozordan xudo bezor.
Ushbu hikmatda bugungi kun uchun nihoyatda ahamiyatli bmlgan millatlararo bag‘rikenglik, xushmuomalalik, shirinsmzlilik targ‘ib qilingan. Yosh Ahmad bolaligidanoq o‘zining bilimdonligi bilan tengdoshlari orasida aql-zakovati bilan namuna bo‘lib kelgan. Uning bilimdonligi, aql-zakovati haqida bir qancha rivoyatlar mavjud. Xoja Ahmad Yassaviy hayotnomasida unga 7 yoshlik chog‘ida turkiy xalqlar avliyolaridan Arslonbobning nazari tushgani aytiladi. Bu haqda u o‘zining » Devoni hikmat» kitobida ham bayon etadi:
Etti yoshda Arslon bobga berdim salom,
Haq Mustafo omonatin qiling in’om.
O‘Shal vaqtda ming bir zikrin qildim, tamom Nafsim o‘lub lomakong‘a oshdim mano, – deya o‘zining olgan ilmi asosida martabasi ulug‘langanligiga ishora qiladi [28, 45].
Rivoyatlarga ko‘ra, Rasuli Akram Muhammad alayhissalom 63 yoshda vafoti oldidan ashoblarini chaqirib: «Qay biringiz omonatimni (islom dini ta’limotini) kelgusi izdoshlarimizga etkazgaysiz?» – deb so‘raganlar. Shunda Arslonbob bu ishni o‘z zimmasiga olgan. Rivoyatga ko‘ra, o‘sha paytda sayyoh-darvesh Arslonbob 300 yoshga kirib, dunyodagi 33 xil din bilan tanishib, Shular orasidan islom dinini tanlagan ekan. Payg‘ambar shundan so‘ng omonatini Arslonbobga topshirib, ko‘ngillari tinchib, Olloh huzuriga yo‘l olgan ekan. Oradan 500 yil o‘tganida hazrati Arslonbob cho‘lda ketayotib, 7 yoshli Ahmad Yassaviyni uchratgan. Go‘dak Ahmad avliyo Arslonbobni tanib: «Ustoz, mening omonatimni bering!» – deb so‘ragan ekan.
Ushbu rivoyatda keng kmchma ma’no mavjud bmlib, birinchidan, Ahmadning yoshligidan bilimdonligi, donishmandligi, ikkinchidan, hazrati Arslonbobni boshqa birov emas, go‘dak Xoja Ahmad Yassaviyni uchratgani va uni tanib, e’tiqod va iymon ruhini kelgusi yosh avlodlarga etkazishdek olamshumul vazifani o‘z zimmasiga olgani bejiz emas, albatta. Bunday sharaf ko‘ngli pok va Xudo yo‘lida beg‘araz jasoratlar ko‘rsatuvchi valiy (hamma narsani biluvchi, aqlli) odamlarga nasib etgan.
Aqliy tarbiya borasida fikr yuritar ekanmiz, shuni albatta nazarda tutishimiz joizki, Ya’ni inson ko‘nglini poklab olishi uchun, avvalo, o‘zidagi son-sanoqsiz illatlardan xalos bmlishi zarur. U ,birinchi navbatda, ma’rifatsizlikdan qutulishi uchun o‘zi bilan o‘zi kuraShishi, o‘ziga tanqidiy nuqtai nazardan qarab, nafs va g‘araz, kibru havo, ta’magirlik kabi nuqsonlarni engishi, mziga o‘zi qat’iy ta’nayu dashnomlar berishi lozim. Bu borada Xoja Ahmad Yassaviy nodon, ilmsiz, ma’rifatsiz kishilarga qarata shunday deydi:
Zolimlarni Shikva qilma, zolim o‘zing,
Xuyung riyo, ta’sir qilmas xalqqa so‘zing.
Dunyo molin to‘la berdim, to‘ymas ko‘zing
Harislarni sijjin ichra soldim mano.
Bu satrlar bilan Yassaviy nodon zolimlar, dunyo va nafs uchun intiluvchi aqlsiz, farosatsiz kishilarni tanqid qilishdan oldin aql-zakovat bilan fikr yuritib, ko‘z dunyo moliga to‘ymasligini, bunday kishilarning hech qanday so‘zi xalqqa ta’sir qilmasligini ko‘rsatib, har bir kishida havas qiluvchi sifat – iymon, e’tiqod va bilim bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.
Xulosa qilib aytganda Yassaviy hikmatlari aososida kollej talabalariga ta’lim-tarbiya berishning alohida shakllari o’z ichiga quyidagilarni oladi: Yassaviy hayoti va iodiga oid adabiyotlarni, badiiy asarlarni, alloma yaratgan hikmatlarni o’qish – o’rganish; tasavvuf allomalarining hayoti va faoliyati bilan tanishish, “Buyuk tasavvuf allomalari komil inson haqida”, “Yassaviy- buyuk mutaassiv”, «So`fiylar kamtarlik haqida», «Poklik iymondandir» kabi mavzularda suhbatlar o’tkazish, Yassaviy pedagogik qarashlariga oid mustaqil ishlar, referatlar tayyorlash, tasavvuf allomalari hayoti va ijodiga oid teleko’rsatuvlar, filmlarni tomosha qilish, tarixiy muzeylarga sayohat, tarixchi, faylasuf va pedagog olimlar bilan davra suhbatlari tashkil etish.
Foydalanilgan adabiyotlar: