Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
22/02/2019
Chop etish
Abdulla Qodiriy-yorqin shaxs va betakror ijod sohibi

Jizzax davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida buyuk adib, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligiga  bag‘ishlab “Abdulla Qodiriy: yorqin shaxs va betakror ijod sohibi” mavzusida 2019 yil 21 fevral kuni tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Institut yoshlar bilan ishlash prorektori F.Ahmedov, O‘zbekiston “Yozuvchilar uyushmasi” viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi S.Karimov, yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F. Qo‘shnazarov,  institut xotin-qizlar b/t raisasi Z. Abduvalieva, institut yoshlar ittifoqi b/t yetakchisi B.Adilov, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.Tadbirda o‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri f.f.n., dos. U.Qosimovga so‘zga chiqdi.

Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi haqida gapirar ekan, birgina “O‘tkan kunlar” asarida ko‘rsatib berilgan voqealar va jarayonlar o‘zligimizni anglashda, vatanparvarlik va elparvarlik tushunchalarini anglashda katta ahamiyatga ega ekanligini eslatib o‘tdi.


Ulashish:
1 266
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...