Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/09/2022
Chop etish
“Abdulla Qahhor ijodining jahon adabiyotidagi o‘rni” mavzusida ilmiy-adabiy uchrashuv tashkil qilindi

Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida atoqli adib Abdulla Qahhor tavalludining 115 yilligi va Abdulla Qahhor uy muzeyi tashkil topganligining 35 yilligi munosabati bilan “Abdulla Qahhor ijodining jahon adabiyotidagi o‘rni” mavzusida ilmiy-adabiy uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvga O‘zbekkino kinorejissori Marat Asatullayev, O‘zFA O‘TA folklori instituti katta ilmiy xodimi, f.f.d. Marhabo Qo‘chqorova, Moliya instituti dotsenti Nuriddin Ochilov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonovalar ishtirok etishdi.

Ijodkorning hayot yo‘llari va ijodiga bag‘ishlangan tadbir talaba yoshlar uchun mazmunli o‘tdi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Adib hayoti va ijodi bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy voqealar, kechinmalar ishtirokchilarni befarq qoldirmadi.Tadbir so‘ngida  “Adolatparvar adib” nomli adib hayotiga bag‘ishlangan hujjatli film premyerasi namoyish etildi. Uchrashuv  film haqida taassurotlar va mulohazalar bilan yakunlandi.


Ulashish:
962
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mustaqillik kubogi” musobaqalari davom etmoqda
25-avgust kuni musobaqa doirasida bir qator jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.
“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...