Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/02/2023
Chop etish
Toshkentda “Higher Education for Employability” mavzusida festival tashkil etildi.

23-24 Fevral kunlari Toshkent shahrida Buyuk Britaniya Change Academy Advance HE tashkiloti, Britaniya Kengashi bilan kamhorlikda  Toshkent Irrigatsiya instituti Milliy tadqiqotlar universitetida yurtimizda faoliyat yurituvchi oliy ta’lim muassasalaridagi muammolar va ularning boshqaruvi, moliyaviy hamda akademik mustaqilligi “Higher Education for Employability” mavzusidagi Change Academy Festivali hamda Round-table muhokamasi bolib òtdi. Ushbu festivalda yurtimizdagi 20 dan ortiq OTMlar o`z loyihalari bilan ishtirok etishdi. Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professoor-o`qituvchilari   A.Jabborova va N.Bo`riyevalar “Change Academy JSPU Team” vakillari sifatida “Developing Graduates` Pedagogical Practice-based Skills” mavzusidagi loyihalari bilan ishtirok etishdi.

           Festival doirasida “Policy Dialogue event – Governance Culture” mavzusida davra suhbati ham bo`lib o`tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o’rinbosari Komiljon Karimov, Britaniya Kengashi direktori Denise Waddingham, Advance HE direktori Alison Johns, Change Academy Project Coordinator Jo Chaffer, Toshkent Irrigatsiya milliy-tadqiqot universiteti rektori Baxodir Mirzayev, TEAM universiteti asoschisi Hikmat Abduraxmanov va boshqa ko’plab xususiy universitetlar rektorlari, vakillari qatnashdi. Tadbir davomida O’zbekistonda faoliyat yurituvchi xususiy sektordagi oliy ta’lim muassasalari boshqaruvi hamda ularda xorij tajribasidan keng foydalanish, xususan, Britaniya Kengashi faoliyati va hissasi alohida ta’kidlandi. Milliy universitetlar faoliyatini xorij universitetlari faoliyatiga transformatsiya qilish (to’g’ri keladigan jihatlarini albatta), qo’shma ta’lim, chet ellik talabalarni milliy universitetlarga jalb qilish va shu kabi masalalar muhokama qilindi. Asosiy urg’ular xorijiy tillarni puxta o’rganish, talabalarni xorijiy universitetlarga stajirovkaga, Summer schools – Yozgi maktablarga yuborish, universitetlar faoliyatini to’la holda raqamlashtirish, sun’iy intellekt, aqlli kutubxona kabi loyihalarning yòlga qoyilishi, yurtimiz universitetlari bitiruvchilari diplomlarini dunyo miqyosida tan olinadigan darajaga yetkazish, dunyoning top 300 taligiga kirgan universitetlar bilan hamkorlik qilish, hamda ularning tajribasini o’zimizda yo’lga qoyish va ta’lim sifatini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

 


Ulashish:
759
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Iqtidorli talabalar – kelajak bunyodkorlari» shiori ostida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro anjuman doirasida xorijlik ekspertlar hamda iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Georgia universiteti huzuridagi GATESOL vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv ikki tomonlama akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etildi.