Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/09/2022
Chop etish
Ta’zim sizga, aziz ustozlar!

JDPU da 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni nishonlandi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan “Ta’zim sizga, aziz ustozlar” bayram tadbiri ko‘zlari baxtdan porlab turgan, o‘zida  donolik  va mudom yoshlikni, bunyodkorlik va buyuk kuch-quvvatni, mehribonlik va qat’iylikni mujassam etgan professor-o‘qituvchilar bilan yanada fayzli o‘tdi desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Ustoz aziz, uning bahosi yo‘q!

Turli yo‘nalishlarda o‘z iqtidori, mahorati va bilim salohiyati bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimizning muvaffaqiyatlari zamirida mashaqqatli shu bilan birgalikda sevimli, bebaho kasb sohiblari aziz ustozlarning zahmatli mehnatlari mujassam. Bayram kechasi shogirdlar qalbiga ilm nurini  singdirish yo‘lida beminnat xizmat qilayotgan  chinakam fidoyi insonlar hayotidan hikoya qiluvchi sahnaviy ko‘rinishlar bilan boshlandi
Mamlakatimizda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni deb e’lon qilinganligi mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan ming-minglab o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylar mehnatining yuksak e’tirofi, ularga bildirilgan hurmat va e’tibor namunasidir. Yangilanayotgan O‘zbekiston islohotlarining muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi, avvalo, ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji bilan erishamiz, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tantanali tadbirni ochib bergan universitet rektori Sh.Sharipov o‘z tabrigida Jamiyatimizda bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, oliygohlarning professor-o‘qituvchilari va ilmiy-ijodiy ziyolilarni bugun biz intilayotgan Uchinchi Renessansning to‘rt tayanch ustuni deb e’tirof etdi. Shu jihatdan bugun o‘qituvchilarning hurmat-e’tiborini oshirish, qadri, sha’ni va g‘ururini tiklash, ularning mashaqqatli va sharafli mehnatini har taraflama rag‘batlantirish bo‘yicha boshlangan ishlar izchil davom etayotganini ta’kidladi.

 

Taniqli sa’natkorlarning musiqiy chiqishlari davraga o‘zgacha fayz kiritdi. Sho‘x yallalar raqslarga ulandi. Ko‘ngillar yayradi, dillar zavqga to‘ldi… xullas bayram bayramdek bo‘ldi…

                                                                                                               Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati

 

 


Ulashish:
1 166
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.