Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

TASVIRIY SAN’ATDA GRIZAYLDA  ISHLASH METODI.

Toxirjon Oltmishev- JDPI katta o’qituvchisi         oltmishevtohir@gmail.com Annotasiya: O’quv jarayonini bosqichlarga ajratish  bilan tus nisbatlarini o’rganish muammolarning yechimini topish mumkin: rangtasvir mashg’ulotlaridagi birinchi bosqich – bu kartinadagi tuslar nisbatini aniqlash va ishlov berish, ya’ni berilgan vazifani “grizayl” texnikasida bajarish xisoblanadi. Shuning uchun o’quv jarayonida talabalarga grizayl texnikasida ishlashni o’rgatish maqsadida bu  mashg’ulotlar o’quv dasturlariga kiritilib, bu vazifalarni bajarish talabalar uchun shart qilib belgilab qo’yilgan. Grizayl (Grisaille) – lotincha “griz” ya’ni kulrang deb tarjima qilinib, oq va qora ranglar oralig’idagi kulrang tuslarning keng tizimidan foydalaniladi. Kalit so’zlar: Tasviriy san’at, rangtasvir, perspektiva, grizayl, portret, natyurmort,  manzara.            Annotation: The study of color ratios can be solved by dividing the learning process into stages. Therefore, in order to teach students to work with grizzly techniques in the learning process, these lessons are included in the curriculum, and the performance of these tasks is a condition for students. Grisaille is the Latin word for «gray» and uses a wide range of shades of gray between white and black. Keywords: Fine art, painting, perspective, grizzly, portrait, still life, landscape. Аннотация: Исследование цветовых соотношений можно решить, разделив процесс обучения на этапы. Поэтому для обучения студентов работе с приемами гризайль в процессе обучения эти уроки включаются в учебную программу, а выполнение этих заданий является условием для студентов. Grisaille — это латинское слово, означающее «серый» и использующее широкий диапазон оттенков серого между белым и черным. Ключевые слова: Изобразительное искусство, живопись, перспектива, гризайль, портрет, натюрморт, пейзаж. O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida,”…talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, jumladan talaba-yoshlarni madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, ularning kompyuter va internettexnologiyalaridan foydalanish savodxonligini oshirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, talaba-qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish ”[1]-masalalari dolzarb masala sifatida qo’yilgan. Qadim zamonlardan odamlar davlatchilik paydo bo’lgandan boshlab moddiy va ma’naviy boylikka ega bo’lishga xarakat qilib kelishadi.Buning uchun bir-birlari bilan urushadilar davlatlariga bosqin uyushtiradilar va shu asnoda begonalar mol-mulkiga ega chiqadilar.Mana shunday mulklar orasida tasviriy san’at asarlari ham mavjud bo’lib ular tarixga va go’zallikka guvohdirlar.Dunyoni go’zallik qutqaradi degan jumla bor bu go’zallik meni o’ylashimcha rangtasvir asarlari ortida yashiringandek va unga yo’l esa qalamtasvirdan keyingi bosqichda turuvchi “Grizayl” orqali boriladi.Grizayl rangtasvirga  kiradigan eshik xisoblanadi. Tusni aniqlashda yo’l qo’yilgan xato noto’g’ri rang berishga olib keladi, shuning uchun tusni to’g’ri idrok qilish rassom uchun juda muxim. Shundan xam ko’rinib turibdiki rang va tus o’zaro bir-biriga bog’liq tushunchalardir. Bo’lg’usi rassomlar uchun yana shuni bilib qo’yish foydaliki, yorug’ kunda mashq qilgan ko’z rangning 180 tusini, to’qligining 10 pog’onasini farqlay oladi. Tafakkuri kamol topgan inson ko’zi rang tuslardan taxminan 360 tasini farqlay oladi. Ranglar axromatik va xromatik ranglarga bo’linadi. Axromatik (oq va qora) ranglar faqat o’zaro tus nisbatlari bilan bir biridan  farqlanadi. Xromatik ranglar deganda barcha rangli bo’yoqlar tushuniladi. Bu  ranglarning yorqinligi axromatik rang bo’lgan kulrangdan boshqachaligi bilan farqlanadi. Agar bir xromatik rangga kulrang qo’shilsa, u xira tortib, och-to’qligi o’zgaradi. Ranglar iliqnyoki sovuq ranglar bo’lishi mumkin. Shuningdek natyurmort ishlash jarayonida yana qarama-qarshi ranglarga xam duch kelamiz. Xar qanday axromatik rang to’k ranglar orasida ocharib ko’rinsa, och ranglar orasida yesa to’qlashib ko’rinadi. Bu tus kontrastlari deyiladi. Yonidagi rang ta’sirida rang tusi o’zgarishi rang kontrasti deyiladi. Xromatik rangning yorqinligi axromatik rang bo’lgan kulrangdan boshqachaligi bilan farqlanadi.  Yorqinlik xromatik va axromatik ranglarga tegishli sifatdir. Uni oqishlik bilan adashtirmaslik kerak (narsalar, buyumlarning rang sifatlari). Odatda musavvirlar yorqin bo’yoqlar nisbatini tuslar nisbati deb atashadi. Asarda aks yetgan yorqinlik bilan rang tuslarini, yorug – soya bilan ranglar tizimini adashtirmaslik kerak. Tasvir yorqin tuslarda chizilgan deganda avvalo yorqin bo’yoqlar nisbati ko’zda tutiladi. Axromatik ranglar: ya’ni oq, kulrang va qora ranglar faqat yorqinlik bilan  tavsiflanadi. Yorqinlik bo’yicha farqlar ba’zi ranglarning ochroq, ba’zilarining yesa to’qroqligidadir. Buyum shakli sirtidagi ranglarning xar xil nozik turlanishi, tus o’zgarishlari natijasida ularning xajmini kuzatamiz, bizdan qanday darajadagi uzoqlikda joylashganligini xis qilamiz, shu bilan masofa, perspektiva xaqida tushunchaga ega bo’lamiz. Buyumlardagi tuslarni ko’rish va ajratish ranglarni aniqlashga qaraganda ancha qiyinroq- tuslarni yaxshi ajratishga o’rgangan rassom xilma – xil ranglar, ularning och to’qlik darajada turlanishini ko’ra olish, xis qilishda qiynalmaydi. Shubxasiz, realistik rangtasvirda tus xal qiluvchi muxim axamiyatga ega. Tuslarni o’rganish uchun boshlovchi rassom avvalo bir xil ranglar (grizayl)da ranglavxalar bajarishni mashq qilishi kerak. Ranglavxa (fransuzcha etude – o’rganish; mexnat, naturadan bajarilgan ma’nosida) – bu rassom o’zining kasbiy ko’nikmalarini takomillashtiradigan, tasvirni jozibali, xaqqoniy tasvirlash mashqi xisoblanadi. Bu mashqlar yosh rassomlarning rangda  ishlashdan oldingi   tayyorgarlik bosqichi bo’lib, rangtasvir texnikasini  yegallashda juda katta foyda beradi. O’quv jarayonini bochqichlarga ajratish  bilan tus nisbatlarini o’rganish muammolarning yechimini topish mumkin: rangtasvir mashg’ulotlaridagi birinchi bosqich – bu kartinadagi tuslar nisbatini aniqlash va ishlov berish, ya’ni berilgan vazifani “grizayl” texnikasida bajarish xisoblanadi. Shuning uchun o’quv jarayonida talabalarga grizayl texnikasida ishlashni o’rgatish maqsadida bu  mashg’ulotlar o’quv dasturlariga kiritilib, bu vazifalarni bajarish talabalar uchun shart qilib belgilab qo’yilgan.       Grizayl (Grisaille) – lotincha “griz” ya’ni kulrang deb tarjima qilinib, oq va qora ranglar oralig’idagi kulrang tuslarning keng tizimidan foydalaniladi. Grizayl barelef va goreleflarni eslatadigan, moybo’yoqda, akvarel, tushni oq ranglar bilan qo’shib yoki umuman qo’shmasdan bir xil rangda mo’yqalamda bajarilgan kartinalarga aytiladi. Bu xildagi ishlar oppoq xaykallar ko’rinishini eslatadi, lekin shu bilan birgalikda tushayotgan yorug’lik, atrofidagi buyumlar ta’sirida xar xil ranglar tovlanishlarini xisobga olgan xolda rassom palitrasida oq, qora ranglardan tashqari ko’k, jigarrang, qizil, sariq ranglar gammasi xam bo’lishi kerakligi tavsiya Etiladi[2]. Grizayl – Bu texnika bitta bo’yoq bilan qalamtasvir ishlash demakdir. Aynan mana shu uslub qalamtasvir bilan rangtasvirni birlashtiradi. Odam boshi tasvirini ishlashda umumiy qoidalar bilan birgalikda o’tkir, ingichka qalam va keng, yapaloq mo’yqalam shaklni turlicha ifodalashi mumkinligini kuzatamiz. Portret qalamda ishlanganda shaklni chiziqlar yordamida qurib, maqsadga yerishiladi.Mo’yqalamda yesa yirik shakl ifodasidan mayda detal ishlanmasiga o’tiladi. Bo’rtiqlik ifodasini yaxshi sezmaydigan tajribasiz rassom uchun mo’yqalamda tasvir ishlash odatiy, yuzaki shtrix berishdan foydalidir. Mo’yqalamda ishlashning afzallik tomonlaridan biri – lessirovka usulidir. Moybo’yoqda ishlangan qalamtasvir odatda shu usul bilan o’z yakuniga yetkaziladi. Lessirovkada qurigan bo’yoq ustidan shaffof yoki yarim shaffof qatlam berib keskin ishlangan detallar yumshatilib, aniq olinmagan yorug’-soya munosabatini to’g’rilash mumkin.  Grizayl uchun to’q va iliqroq rang tanlangani ma’qul (masalan: umbra, mars, vandik). Boshqa bo’yoqlar, aytaylik qora, ko’k, oq bo’yoq aralashmasida sovuq, o’lik tusni beradi. Bu esa inson chehrasining iliqligiga mos kelmaydi.  Moybo’yoqda portret rangtasvirini ishlashdan oldin tus yechimini hal etadigan bir nechta mashqlar bajarish foydalidir. Bu mashg’ulotni maqsadi – odam boshining shakl ifodasini yorug’-soya munosabatlarda o’rganishdir. Shaklni mo’yqalam bilan surtmalarda topilishi qalamdagidan farq qiladi. Qalamtasvirda shakl konstruksiya asosida o’rganilib, rang xarakteristikasi shartli ravishda olinadi. Shakl ba’zan bir chiziqda, fonsiz ham ifodalanaveradi.  Mo’yqalamda shakl fon bilan birgalikda, muhitdan ajralmagan holda tasvirlanadi. Grizaylda ishlash uchun odatda 2 ta Bo’yoq olinadi: tabiiy umbra va oq «Tabiiy umbra» o’rniga umbraning boshqa turlari yoki «mars jigarrang» bo’yog’ini ham ishlatish mumkin. Grizayl xaqida yuqoridagi fikrlarni o’qib o’rganib chiqib o’z fikrlarimni bildirish istagi paydo bo’ldi. Grizaylda ishlashning maqsadi; Hammamizga ma’lumki yosh rassomlar rasm ishlashni o’rganishni yeng avvalo grafitli oddiy qora qalamda ishlashni boshlaydilar,qora qalamnining yumshoq, qattiq va o’rtacha yumshoq turlari mavjud; Qalamlar griffelning qattiqligi bilan odatda ko’rsatilgan qalam va harflar bilan belgilanadiM. (yoki B. – ingliz tilidan. Qorong’ulik) – yumshoq va T (yoki H – ingliz tilidan. Qattiqlik) – qattiq. Standart (stirimli yumshoq) qalam kombinasiyalardan tashqari Tm va Hb xatni bildiradiF (ingliz tilidan. To’g’ri nuqta). Yumshoqlik darajasi qalamlar xatni belgilaydiM. (yumshoq) yoki 2mZm oldin katta harf M katta yumshoqlikni bildiradi qalam. Qattiq qalamlar xatni belgilaydiT (qattiq)  2 T  ko’proq , Zt ko’proq 2 T, va hokazo. Yevropa AQS’H va Rossiyadan farqli o’laroq, qattiqlikni ko’rsatish uchun raqamli miqyosda ishlatiladi. 1-jadval                                       Qattiqlik jadvali 1-jadval
Risola AQSH Boshqa Rossiya
#1 B. M.
#2 Hb. Tm
#2 1/2 F.
#3 H. T.
#4 2s. 2t.
Eng qattiq, o’rta ,yumshoq 2-jadval
*****
9H. 8s. 7s. 6H. 5s. 4s. 3h. 2s. H. F. Hb. B. 2b. 3b. 4b. 5b. 6b. 7b. 8b. 9b.
Odatda boshlanadi qalam o’rta yumshoqlik –Tm yoki M – va keyin yumshoq sonlarga o’ting B dan 12b gacha. Qalamlar qattiq-yumshoq turlarga bari-bir bir xil och va to’q kulrang iz qoldiradi[3]. (2- jadval). So’zimiz isboti sifatida quyida qalamtasvirda ishlangan ijodiy ishlarimdan namunalar keltirdim(1-2-3 rasmlar).Ko’rib turganingizdek bir xil tusdagi och va to’q kulrangdan iborat. Bu fikrlardan shunday xulosaga kelishimiz lozimki qalamtasvirda natyurmort ,portret  yoki  manzara ishlash jarayonida ko’zimiz faqat kulrang ,qoramtir  tuslarni ko’radi va shu ranglarga ko’nikma xosil qiladi xolos. 1-rasm.                              2-rasm.                         3-rasm. Qalamtasvirda ishlash bilan bir qatorda rang tasvirda ishlashni ham o’rganish talab etiladi, buning uchun biz rangtasvirda ishlashdan avval Grizaylda boshlaymiz. Grizayl (Grisaille) – lotincha “griz” ya’ni kulrang deb tarjima qilinsa nega yuqoridagi o’quv qo’llanmalarda kulrangdan boshqa ranglarda ham ishlashni grizayl deb atashganligi biroz noqulay.Agar kengroq o’ylab ko’rilsa aynan kulrangni tanlanishi bu bejizga emas, chunki qalamtasvirda ishlash jarayonida talaba yoki o’quvchi faqat grafit qalamda ish olib boradi va ular qog’oz satxida kulrang va qoramtir tusni ko’radi xolos.Grizayl qalamtasvir bilan rangtasvir o’rtasidagi ko’prik xisoblanib,qalamtasvirning tugashi va rangtasvirning boshlanishi xisoblanadi(4-5-6-rasmlar)bunga aniq misol bo’la oladi[4].   4-rasm. Qalamtasvir                5-rasm. Grizayl                        6-rasm. Rangtasvir Xulosa shuki amaliy mashg’ulotlarda mavzu berilib grizaylda  ishlash ko’rsatib o’tilgan bo’lsa  natyurmort,manzara yoki portret  bo’lishidan qatiy nazar faqat axromatik rangda ishlash tavsiya etiladi. Guvohi bo’lganmiz xromatik ranglarda ishlashga xam ruxsat berilganligiga,ko’k,jigarrang,qizil va boshqa ranglar, grizayl so’zining ma’nosi kulrang bo’lsa xromatik ranglarda ishlash mutloqo noto’g’ri deb xisoblayman.Hammamizga ma’lumki axromatik rang deganda oq bilan qora rang orasidagi barcha tuslanishlar tushuniladi.Grizaylda ishlash o’quvchi yoki talabaga akvarel bo’yog’ida ishlashning ilk  ko’nikmalarini shakillanishiga yordam beradi va mo’yqalam va akvarel bo’yog’i bilan tanishtiradi. Kelajakda ranlar orqali asrlarga tatigulik tasviriy san’at asarlarining paydo bo’lishiga tamal toshini qo’yadi. Adabiyotlar ro’yxati
  1. 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 08.10.2019 yildagi PF-5847-son.
2.Rangtasvir (grizaylda rangtasvir ishlash) Muallif:Sultanov X. Toshkent-2014.
  1. Internet manbasi. https://gigafox.ru/uz/rody/grafit-vidy-grafitovyh-karandashei-kakie-byvayut-karandashi-dlya-risovaniya/.
  2. 4. T.Qo’ziyev; A.Egamov “Rangtasvir” (5-9 sinflar uchun) Toshkent-2008.
5.R.Rajabov, X.Sultanov. Tasviriy san’at fanini o’qitish metodikasi. (o’quv qo’llanma) Toshkent- 2008.
  1. S.F. Abdirasilov, B. Azimova Rangtasvir. T. “Musiqa” nashriyoti -2011.
  2. 7. Raskin, Dj. Leksii ob iskusstve / Dj. Raskin; per. s angl. P. Kogana; pod red. Ye. Kononenko. — M., 2006.
  Oltmishev Toxirjon Turgunovich. Tel: 91 591 4 [1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-son [2] Rangtasvir (grizaylda rangtasvir ishlash) Muallif:Sultanov X. Toshkent-2014. (3-4-betlar).   [3] Internet manbasi.  https://gigafox.ru/uz/rody/grafit-vidy-grafitovyh-karandashei-kakie-byvayut-karandashi-dlya-risovaniya/.(1-2– betlar). [4] T.Qo’ziyev; A.Egamov “Ranggasvir” (5-9 sinflar uchun) Toshkent-2008.(4-5-6-betlar).