Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/05/2022
Chop etish
«Ilhom» mukofoti 2022-yilgi sovrindorlari tantanali taqdirlandi!

«Ilhom» mukofotining 2-o‘rin sohibasi bilan tanishing

Muxtorova Xafiza Ixtiyor qizi, Jizzax davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi.

Kuni kecha Adiblar xiyobonida “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida “Ilhom” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.


Tanlov shartlarida qo‘yilgan talablardan kelib chiqib, hakamlar hay’ati tomonidan berilgan baholar asosida eng yuqori natija olgan ishtirokchilar qatorida Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi Hafiza Muxtorova 2 o‘rinni qo‘lga kiritib 30 million pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shunnigdek tanlovda 1-o‘rin – O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti kursanti Muxammadxonov Shuxratjonga nasib etdi va u «Spark» avtomobili sohibi bo‘ldi. 3-o‘rinni esa Qoraqalpoq davlat universiteti doktoranti Ayimbetova Zamira qo‘lga kiritdi va 15 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
G‘oliblar qatorida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kirtigan talabamiz Hafiza Muxtorovani institut jamoasi nomidan tabriklaymiz. Talaba-yoshlarga esa o’qish va ish faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!


Ulashish:
4 060
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.