Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Ta’limda tizimli yondashuv

Mustafaqulova Dildora Ismatullaevna JDPU Tabiiy  fanlar fanlar fakulteti Biologiya  va uni o‘qitish metodikasi o‘qituvchisi Annotatsiya: Tizimli tafakkur narsalar emas, ularning aloqadorligini, bir zumlik holatlarni emas, balqi o‘zgarsh qonuniyatlarini aniqlashga mo‘ljallangan. Tizimli tafakkur murakkab holatlar strukturalarini farqlashda asqatadi. Demak, tizimli tafakkur amaliy faoliyatning turli jabhalarida tizimli yondashuvni qo‘llash qobiliyatini aks ettiradi Kalit so‘zlar: Tizimli tahlil, tizimli-faoliyatli yondashuv, tafakkur,shakllantirish,rivojlantirish, maqsad, mazmun, shart-sharoit, shakl,metod Abstract: Systemic thinking is designed to identify not things, their relationships, not momentary states, but patterns of change. Systems thinking involves distinguishing the structures of complex situations. Therefore, systematic thinking reflects the ability to apply a systematic approach to various aspects of practical activity Key words: Systematic analysis, system-active approach, thinking, formation, development, goal, content, conditions, form, method     Annotatsiya: Sistemnoe mыshlenie prizvano vыyavlyat ne veщi, ix otnosheniya, ne siyuminutnыe sostoyaniya, a zakonomernosti izmeneniya. Sistemnoe mыshlenie predpolagaet razlichenie struktur slojnыx situatsiy. Poetomu sistemnoe mыshlenie otrajaet sposobnost primenyat sistemnыy podxod k razlichnыm aspektam prakticheskoy deyatelnosti. Klyuchevыe slova: Sistemnыy analiz, sistemno-deyatelnostnыy podxod, mыshlenie, formirovanie, razvitie, sel, soderjanie, usloviya, forma, metod Taxlil qilish va uni boshqarish usullari negizida maqsadli yondashuv yotadi va unda tizimling barcha komponentlari o‘zaro bog‘liqligi ma’lum maqsad va vazifalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular ma’lum faoliyat jarayonida  o‘z yechimini topadi. Shuning uchun ta’limdagi tizimli yondashuvni tizimli-faoliyatli yondashuv deb ham yuritishadi va uning faoliyat kategriyalari va asosiy konponentlarini inobatga oladi. So‘nggi paytlarda tizimli yondashuv dunyoni anglashda, ob’ektiv borlik sur’atini yaratishda, aniq fanlar, shu jumladan pedagogikani o‘rganishda uning umumilmiy prinsiplarining mohiyati kengayib bormoqda. Bugungi kunda tizimli-faoliyatli yondashuv ta’lim sohasini ham qamrab olmoqda. Ta’lim tizimi oldimizga yangi vazifalarni qo‘ymoqda,  bizdan tafakkurimizni o‘zgatririshni taqozo qilmoqda. Yangi standartni amalga tadbiq qilishda har bir o‘qituvchi o‘z predmet doirasidan chiqmog‘i va birinchi galda o‘quvchi shaxsi rivojlanishini o‘ylashi kerak, o‘quvchida universal ko‘nikmalarni shakllantirishi kerak, chunki o‘quvchi bularsiz ta’limning navbatdagi bosqichlarida ham, kasbiy faoliyatida ham muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Tizimli yondashuv g‘oyalaridan ijtimoiy va psixologik hodisalarni tahlil qilishda, tarbiya jarayonini tashkil qilishda hamda shaxsni shakllantirish va rivojlantirish jarayondlarida foydalanish masalalari P.P. Blonskiy, L.S. Vыgotskiy, M.M. Rubinshteyn, V.P. Ananev, L.I. Bojovich, V.V. Davыdov, A.N. Leontev, A.V. Petrovskiy va b. ilmiy izlanishlarida keng yoritilgan. Zamonaviy pedagogika fani pedagogik jarayonlarni tashkil qilishda tizimli yondashuvning nazariy muammolarini ko‘rib chiqishda quyidagi olimlarning V.I. Andreev, Yu.K. Babanskiy, V.P. Bespalko, Yu. Gordin, V.V. Guzeev, M.A. Danilov, V.I. Zvyaginskiy, M.I. Maxmutov, B.T. Lixachev, L.I. Miщenko, V.V. Kraevskiy, N.A. Plotnikov, M.N. Skatkin, V.A. Slastenin, G.N. Filonov, N.D.Xmel va boshqalarning tadqiqotlariga asoslanadi. Zamonaviy pedagogik reallikda pedagogik jarayonlarni boshqarishga pedagogik tizim sifatida qaraladi. Olimlarning fikriga ko‘ra, pedagogik tizim yaxlit tizim sifatida o‘zida maqsad, mazmun, shart-sharoit, shakl va metodlar majmuini mujassamlashtirgan. Shuning uchun ham pedagogik tizim deganda o‘zida ko‘p miqdordagi o‘zaro aloqador tuzilmaviy komponentlar tushuniladi va ular shaxsni rivojlantrish maqsadida yaxlit pedagogik jarayonda mujassamlangan. Pedagogik tizim deb, tadqiqotchi olim V.I. Zagvyazinskiy quyidagicha tushunadi – ta’lim va tarbiya tizimlarining nazariy ishlab chiqilishi va malaiyotda qo‘llanilishi, bir ijtimoiy va pedagogik maqsadlarda mujassalmanishi, predmet mazmunining nazariy va pedagogik konsepsiyasi, ta’lim va tarbiyaning prnsip va vositalari Taniqli olim B.T. Lixachevning fikriga ko‘ra, yaxlitlik (bir butunlik) – bu pedagogik tizimling muhim xususiyati, sifati bo‘lib, u pedagogik faoliyatning ichki va tashqi aloqalarini amalga oshiradi. Tadqiqotchi N.D. Xmel pedagogik jarayonning yaxlitligini uning xususiyati sifatida ta’riflaydi:
  1. a) “pedagoglar-o‘quvchilar” tizimi yaxlitligi – bu pedagogik jarayonning ichidagi turli tizimlarning o‘zaro harakati maqsad va natijalarining birligi;
  2. b) pedagogik v ijtimoiy-pedagogik jarayonlar birligi va uning komponentlari;
  3. v) ob’ektning barcha komponentlari funksiyalarining bitta tizimi, uning ichki bir butunligi va yaxlitlik belgisi;
  4. g) faollik va muloqot birligi jarayon ishtirokchilarining, barcha sub’ektlarning birgalikdagi va alohila hamda kooperativ faoliyatining zaruriyati;
  5. d) pedagogik jarayon o‘zini yaxlit tarzda namoyon etishi mumkin, agarda ijtimoiy tashkiliy faoliyat sub’ektlarning birgalikdagi faoliyati sifatida namoyon bo‘lsa.
Tizimli yondashuv nuqtai nazaridan tizimga kiruvchi ob’ektlar boshqa ob’ekt va hodisalar bilan birgalikda ko‘rilishi kerak. Hech bir tirik mavjudot, hech bir jamoa, hech bir sun’iy ob’ekt atrof-muhit bilan aloqasisiz mavjud bo‘la olmaydi. Lekin barcha aloqalarni amalda hisobga olishning iloji yo‘q, nazariy jihatdan ma’nosiz. Qo‘yilgan masala yechimiga katta ta’sir qiluvchi barqaror aloqalarni aniqlashning o‘zi yetarli. Mana shunday konkret maqsadni aniqlash uchun tizimli yondashuv tushunchasidan foydalanamiz. Pedagogikada tizimli yondashuvdan, jumladan pedagogik jarayon to‘g‘risidagi turli nuqtai nazarlarni o‘rganishda foydalanish olimlarga pedagogik jarayon yaxlidligini ko‘rsatuvchi asosiy belgilarni aniqlash imkonini berdi: biologik va ijtimoiy, individual va jamoaviy birgalikdagi harakat; pedagog va tarbiyalanuvchining birgalikdagi harakatining ichki tomonlar; turli-tuman, maqsadga intiluvchan hayotiy faoliyatni tashkillashtirish – bolalar jamoasining faolligi, tashabbusi, bolalar ijodini rivojlantiruvchi shart-sharoitning yaratilishi; yaxlit shaxs faqat yaxlit pedagogik jarayonda shakllanadi; o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faoliyati pedagogik jarayon yaxlitligini ta’minlovchi muhim sharoit; shaxsni tarbiyalash, o‘qitish va rivojlantirishsh birligi yaxlit pedagogik jarayonning muhim qonuniyati (Yu.K. Babanskiy, M.A. Danilov). pedagogik jarayonning mazmuniy va protsessual tomonlari birligi; yaxlitlik, uning komponentlarining ichki birligi sifatida; o‘vuv jarayonida, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda, oilada kattalar va bollarning birgalikdagi faoliyati (O.S. Gazman, B.Z. Vulfov, M.M. Potashnik, V.A.Karakovskiy, N.E. Щurkovava b.); yaxlit pedagogik jarayon asosi – bu bolalar hayotining turli shallarda rivojlanishidir (Sh.Amonashvili, B.T. Lixachev, N.D. Xmel, G.N. Filonov va b.). Demak, tizimli yondashuv pedagogik izlanishlarning metodologik asoslardan biri sifatida yaxlit pedagogik jarayonni tizim sifatida talqin qilish imkonini beradi. Tizimli tadqiq qilishda tahlil qilinayotgan ob’ektning ko‘pgina elementlari sifatida, ushbu elementlarning birgalikdagi xususiyatlari sifatida qaraladi. Tizimli yondashuv har qanday ob’ektni anglash va tushunishda yetakchi umumilmiy yondashuv sanaladi; bu metodologiya yo‘nalishi ijtimoiy-ilmiy bilish va ijtimoiy amaliyotda, uning asosida ob’ektlarni tizim sifatida o‘rganish yotadi. Ushbu yondashuvni pedagogikada qo‘llash ilmiy bilimlarning variativ komponentlarini aniqlash imkonini beradi va u pedagogik tizim sifatida quyidagicha tavsiflanadi: yaxlitlik, aloqadorlik, tuzilishi va tashkillashuvi, tizim darajasi va ierarxiyasi, boshqaruv, tizim maqsadi va maqsadga muvofiqligi, tizimling o‘z-o‘zini tashkil qilishi, uning mavjudligi va rivojlanishi.  V.G. Afanasevning fikriga ko‘ra, zamonaviy olamda nazariy va amaliy muammolarni yechimida tizimli yondashuvning zarurligi “hayotning o‘zidan, ta’lim jarayonning yuqori darajadagi integratsiyasidan kelib chiqadi”, bunda “hamma narsa bir-biri bilan bog‘liq”, bir muammoning yechimi boshqa ko‘pgina muammolar yechimiga bog‘liq, “muammolar tizimli va kompleks xarakter”ga ega. Tizimli tafakkurga ta’rif berishdan oldin “tafakkur” atamasini ko‘rib chiqamiz. Kichik Akademik slovarda tafakkuru shunday tariflanadi: insonning fikr yuritish, mulohaza qilish, xulosa chiqarish qobiliyati; ob’ektiv borliqni ong orqali aks ettirishning asosiy bosqichi. Falsafiy lug‘atda “tizimli yondashuv” atamasi faol ishlatilsada, ko‘zga tashlanmaydi. “Tizim”, “tfakkur” tushunchalariga alohida ta’rif berilgan, jumladan, tafakkur – ob’ektiv olmamni tushunchlar, hukm yuritish, nazariyalarda faol ifodalash jarayoni bo‘lib, u real borliqni umumlashgan holda anglash, yoki bu masalalar yechimiga qaratilgan; yuqori darajada tashkillangan materiya – miya mahsulidir. Tafakkur, S.L.Rubinshteyn fikriga ko‘ra, ob’ektiv borliqni umumlashgan holda bevosita aloqalarni ochish orqali anglash tushuniladi. Tadqiqotchi G.K. Selevko ta’biricha, tafakkur – bu inson tomonidan atrof olam ob’ektlari va hodisalarini hamda udarning aloqalarini anglash, hayotiy muhim masalalarni yechish, noma’lum narsalarni izlash, kelajakni ko‘ra bilish jarayoni hisoblanadi. Pedagogik ensiklopedik lug‘atda tafakkur tashqi olamning bevosita ifodalovchisi sifatida talqin qilinib, u real borliq to‘g‘risidagi xis-hayajon ta’sirida insonga uning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalariga tayangan holda axborotlarni tahlil qiladi, o‘z xulqining reja va dasturlarini tuzadi. O‘zining Azbukasida Donelloy X. Medouz  tafakkurni quyidagicha  ta’riflaydi: Tizimli tafakkur – atrof olamni o‘rganish va anglashning yangi usuli bo‘lib, unda «hamma narsa hamma narsa bilan aloqador», unda o‘zaroaloqadorlik bir tomonlama xarakterga ega emas, u qayta aloqalar siklini tashkil qilmaydi, unda tizim uni tashkil qiluvchi qisimlar mohiyatidan ham kattaroq ma’noga ega. Tizimli tafakkur sohasi mutaxassislarini tizimli fikr yurituvchilar, deb ataydilar. Tizimli tafakkur Marketing terminlari izohli lug‘atida quyidagicha izohlanadi:
  1. Tizimli tafakkur, bir qatordagilardan farqli o‘laroq, turli qisimlar yig‘indisi emas, balki yaxlit bir butunlik sifatida qaraladi.
  2. Tizimli tafakkur narsalarni aniqlashmas, balki ularning aloqadorligini, uning daqiqalardagi holatini emas, balki qonuniyatlardagi o‘zgarishlarni aniqlashga qaratilgan.
  3. Tizimli tafakkur murakkab holatlani tashkil qiluvchi strukturalarni farqlashda zarur bo‘ladi.
  4. Tizimli tafakkur mohiyati shundaki, u bir tomonlama sabab-oqibat aloqalarini emas, balki o‘zaro bir-biridan tobeligini hamda narsalarning statik holatini emas, jarayonlar o‘zgarishini ko‘rishdan iborat. Tizimli tahlil tabiatning har qanday tizimini va uning murakkabligini o‘rganadi.
Tizimli tafakkur V.V. Utemov talqinida – tafakkur tizimli yondashuvning hamma tomonlarini hisobga oladi – hartomonlamalik, o‘zaroaloqadorlik, yaxlitlik, ko‘paspektlilik hamda u bo‘linmas, sinergetik tafakkurda farqli ravishda, ushbu tizimga ta’sir qiluvchi barcha mohiyatli narsalarni inobatga oladi . Tizimli tafakkurning muqobilini (alternativasini) predmet (narsalar) tafakkuri sanaladi. Predmet tafakkuri ob’ektlarni alohida ko‘radi, unda barcha muhim qismlari hamda ular orasidagi ichki va tashqi aloqalar hisobga olinmaydi. Tizimli tafakkur – bu tafakkur turi bo‘lib, narsa va hodisalarni yaxlit anglash, ular orasidagi aloqalarni ham inobatga olish tushuniladi. Har qanday ob’ekt, predmet, hodiyasa, jarayon, ilmiy nazariya, badiiy obraz va b. ma’lum bir tizimli tashkil qiladi. Har bir tizimling elementlari tartibga keltirilgan va shunday o‘zaro bog‘langanki, tizim bir yo‘nalishda ishlaydi. Tizimlilik – bu alohida elementning xususiyati va bu unga tizimling barcha belgilarini o‘zida mujassamlashga imkon beradi. Tizimli tafakkur tadqiqotchi I.A. Sыchev bo‘yicha, tafakkur – bu jarayon hisoblanadi va sub’ekt fikrlash faoliyatini tizim sifatida qabul qiladi hamda mos ravishda undagi tizimli xususiyatlar, munosabatlar, qonuniyatlarni ajratib ko‘rsatadi. Pedagogik va psixologik adabiyotlarda ko‘p hollarda tizimli tafakkurni «tanqidiy tafakkur», «analitik tafakkur», «ijodiy tafakkur», «refleksiya» kabi tushunchalar bilan bog‘lab ko‘rsatadilar. I.O. Zagashev, S.I. Zair-Beklarning  ta’kidlashicha, tanqidiy tafakkur bu «refleksiv, baholovich tafakkur» bo‘lib, unda bilim oxirgi o‘rinda bo‘lmay, balqi tayanch nuqta, asoslangan va mantiqiy tafakkurdir va ular shaxsiy tajriba va tekshirilgan faktlarga tayanadi. Tanqidiy tafakkur – bu «aqliy faoliyatning muhim turi sanaladi va u insonga taklif qilingan nuqtai nazarlar, yoki xulq-atvor modeli bo‘yicha to‘g‘ri hukm chiqarish imkonini beradi. Shu to‘g‘risida V.N. Bryushinkin ta’kidlaydi: «… tanqidiy tafakkur – bu aqliy harkatlar ketma-ketligi bo‘lib, unda fikrlar, yoki fikirlar tizimining qo‘llanilayotgan faktlar, me’yorlar, qadriyatlarga mosligini tekshirishga yo‘llangan. Analitik tafakkur – bu turli holatlarni kichik qismlarga bo‘lib o‘rganish, yoki holatning sababini qadamba-qadam ko‘rib chiqishga qaratilgan» Analitik tafakkur o‘zida muammo yoki holatning (situatsiya) tizimli tashkil etilishini qamrab oladi; turli xususiyat va aspektlarning tizimli o‘xshashligini aniqlash; ustuvorliklarini ko‘rib chiqish; vaqtinchalik ketma-ketliklarni aniqlash; sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash kabilar.  Ijodiy tafakkur – tafakkur turlaridan biri bo‘lib, faoliyatida yangi mahsulot yoki yangiliklarni sub’ektiv ravishda anglash tushuniladi. Bu yangiliklar motivatsiyani, maqsadni, baholashni, mohiyatni taqozo qiladi. Ijodiy tafakkur reproduktiv fikrlashdan farq qiladi. Refleksiya – bu o‘z-o‘zini tahlil qilish, fikr yuritish, vaziyatni baholash, o‘z faoliyati yo‘nalishi va shart-sharoitlari bo‘yicha fikr yuritish hisoblanadi. «Tizimli tafakkur, bir qator, bir qatordagilardan farqli ravishda, turli-tuman qismlar o‘rnida bir butun, yaxlitni ko‘rishga mo‘ljallangan.   Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi PQ-4805-son “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 2.Avazov Sh. Ekologicheskoe vospitanie  starsheklassnikov selskoy shkolы v protsesse  kraevedcheskoy deyatelnosti: Avtoref. diss….kand.ped.nauk.-Tashkent, 1993. -19 s. 3.Averyanov A. N. Sistemnoe poznanie mira: metodologicheskie problemы / A. N. Averyanov. – M. : Politizdat, 1985. – 263 s. 4.Azizxodjaeva N.N. Pedagogicheskie texnologii v podgotovke uchitelya. –Tashkent, 2003. -237 s. 5.Aksel Ye.V. Osobennosti texnologii mentalnыx kart i yee primeneniya v uchebnom protsesse (na primere uchebnoy dissiplinы biologii)  https://www.suvc.ru › files › doc › aksel_e.v.pdf
  1. . Mustafaqulova D. I., Usanov U.N., “TALABALARDA TIZIMLI TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH”, “Journal of Natural Science” №5/3 2021 y. http://natscience.jspi.uz.