Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Talabalar raqobatga tayyor bo‘lishi kerak

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori  Sh. Sharipov talaba yoshlar bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda  Maktabgacha ta’lim fakulteti talaba yoshlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirni universitet rektori Sh. Sharipov ochib berdi. U o‘z so‘zida bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilayotgani. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini tayyorlash borasidagi yutuq va kamchiliklar haqida to‘xtaldi. Shu o‘rnida talaba yoshlar bilan muloqotga kirishishdan oldin ularning kitob o‘qishga ishtiyoqni oshirish va o‘z ustida ishlashlari uchun bugun barcha imkoniyat yetarli ekanligini ta’kidladi. Talaba avvalo o‘zini, fikrlashini, yondoshuvini o‘zgartirmas ekan u hech narsaga erishaolmasligini ta’kidladi.

Eng noto‘g‘ri savol berilmagan savol Talabalar bilan muloqot ana shu so‘zlar bilan boshlandi. Universitet rektori talaba yoshlarni faol bo‘ishga chaqirib, muloqotda  chegara qo‘ymaslikni, savollar berilishi, takliflar eshitilishi va buning ortidan yuzaga kelayotgan muammolar yechilishi lozimligini aytdi. Samimiy, ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida talabalar ko‘proq 4+2 amaliyot tartibi, to‘garaklar faoliyati, dars xonalarining yetishmasligi sportzal, satidonlarda mashg‘ulot o‘tkazishga imkoniyatlar kengaytirilishi xususida murojaat qilishdi.

“ Kuni kecha Prezident raisligida raqamlashtirish bo‘yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda davlat rahbari “-Raqamlashtirishdan maqsad-muddaomiz nima o‘zi? Odamlarni rozi qilish, inson qadrini joyiga qo‘yish, adolatni ta’minlash, – deya ta’kidladilar. Shuningdek davlat rahbari yoshlarni axborot texnologiyalariga o‘qitish, ishlashiga sharoit va mahsuloti uchun bozor yaratish zarurligini ham aytdilar. Men ham ushbu so‘zlardan ruhlanib bugungi uchrashuvda o‘z takliflarimni bildirdim. Taklifimdan biri, Maktabgacha ta’lim fakultetida talaba-yoshlarga shu sohada o‘quv kurslarini tashkil etish va bu borada yangi, zamonaviy texnoolgiyalar bilan ta’minlab berishlarini so‘radim. Natija esa men kutilmagan tarzda o‘zgarib ketdi. Taklifim inobatga olinishi bilan bir qatorda meni rasman universitetning raqamlashtirish texnologiyalar bo‘limiga ishga taklif qilishdi. Bu men uchun kutilmagan va omadli taklif bo‘ldi”-deydi  3-kurs talabasi Navro‘zbek Ochilov

Shuningdek uchrashuv davomida talaba yoshlardan smart universitetni tashkil etish, maktabgacha ta’lim fakultetidaga ba’zi yo‘nalashilarida magistratura tahsilini yo‘lga qo‘yish borasida takliflar ham tushdi.

“Smart universiteni tashkil etish biz uchun juda ko‘p yengilliklar olib keladi. Men universitet rektoriga shu taklifni berganimda, ular ham meni  qo‘llab quvvatlashlarini va bu taklif bugungi kunda tegishli ma’sullar tomonidan o‘rganilayotgani tez kunlarda buni ijobiy natijasini ko‘rishimiz mumkinligini ta’kidladilar. Haqiqatdan ham smart universitetlar, oilali xotin-qizlarimizni qo‘llab quvvatlashda, 4+2 amaliyotini o‘tashda ham bizga ancha yengilliklar beradi”-deydi 4 kurs talabsi Shahrizoda Mahkamboeva

Butun umr davomida ta’lim olishga talaba ham o‘qituvchilar ham tayyor bo‘lishi kerak.

Unversitet rektori talabalarga taklif va savolar uchun o‘z minnatdorchiligi bildirar ekan, dunyoda rivojlangan mamlakatlardagi maktabgacha ta’lim tizimi, xususan Belorussiya davlatidagi tizim haqida misollar keltirdi.

“Davlatmiz rahbari kutgan natijani berish uchun talaba ham o‘qituvchi umri davomida ta’lim olishi kerak. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas” deydi universitet rektori Sh.Sharipov . Maktabgacha ta’lim tizimida yangi va yangi yo‘nalishlarni ochish masalalarini ko‘rayapmiz. Niyatimiz endigina bog‘cha ostonasiga qadam qo‘ygan bolakay tarbiyachisidan nimanidir olishga intilsin.” Bugungi uchrashuv ana shunday so‘zlar bilan yakun topdi.