Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

So‘z abiturientlarga: JDPU da ijodiy imtihonar qizg‘in davom etmoqda.

Bugun ijodiy imtihonlarning to‘rtinchi kuni. Jizzax davlat pedagogika universiteti hovlisida abiturient uka-singillarimiz imtihon oldi hayajonni yengish uchun ota-onalari, ustoz, do‘stlari bilan navbat kutib turishibdi. Biz musiqiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon topshirish uchun kelgan abiturientlar davrasidamiz. Imtihon oldi hayajonlar, bu hissiyotni xoh stress, xoh qayg‘u, xoh hayajon deng, albatta har bir abiturientda uchraydi. Dutor chertib turgan abiturient qizimizning ismi Gulhayo u Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shaxridan kelgan. -Kattaqo‘g‘rg‘on shaxrida 2-sonli Bolalar musiqa maktabida ishlayman. Uch yil ketma-ket Samarqanddagi konservatoriyaning kunduzgi bo‘limiga hujjat topshirdim. Omadim chopmadi. Turmushga chiqqanman, farzandim bor ammo oliy ma’lumotli bo‘lish oruzsidan voz kechganim yo‘q. Bu yil JDPU ning sirtqi bo‘limiga hujjjat topshirdim.  Ko‘rib turganingizdek imtihon oldi hayajonni yengish uchun mashq qilayapman. Imtihonlar shaffof va adolatli o‘tayotganiga ishonaman,–deydi Gulhayo. -Ismim Muhammad Smaraqand viloyatidanman. Maktabda musiqadan dars beraman. Oliygohning sirtqi bo‘limiga musiqa yo‘naliish bo‘yicha hujjat topshirdim. Juda hayajondaman. O‘zimga ishonaman, -deydi Muhammad. Xabaringiz bor imtihonlar joriy yilning 30 iyuldan boshlangan. Imtihonlar kunning ikki qismida – soat 8:00 va 18:00 da o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Rosti abiturientlarning ko‘zlaridagi o‘zlariga bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini his qildik. Ularni kuzatib kelgan ota-onalarning ham hayajoni farzandlarinikidan kam emas.   –  Har bir ota-ona o‘z farzandi yaxshi joyda bilim olishi, o‘z kasbining yetuk mutaxassis-pedagoglaridan saboq olishini istaydi. Shu sababdan ham biz qizim Marjonaning hujjatini JDPU ning Musiqiy madaniyat fakultetiga topshirdik. O‘zim musiqa o‘qtuvchisiman. Imtihon jarayonlari boshlandi. Qizim imtihonga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi, ishonamanki, natijasi biz kutganday bo‘ladi. Imtihon bo‘lib o‘tadigan joylarda abiturientlar va ota-onalar uchun barcha qulaylik yaratilgan. Qizim Marjona  qatori imtihon topshirish uchun kelgan barcha yoshlarimizga omad tilayman,-– deydi Samarqand viloyatidan kelgan Inobiddin aka. Abiturientlar orasida dutor,  rubob, doira, gitara chertib o‘tirganlar yoniga boramiz. Biz ulardan sevimli kuylarni chalb berishlarini so‘radik. Biroz hayajon va havas bilan bizga chiroyli kuylarni taqdim etayotgan yigit qizlarimizning orzulari bir olam. Ular shunchaki bu yerga kelgani yo‘q. Ishoning ularning orasida  fikr doirasi, musiqiy ilmi juda keng yigit qizlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulardan kelgusida yaxshi sa’nat vakillari, musiqashunoslar chiqishiga umid qilamiz. Kun davomida ijodiy imtihonlarni kuzatib ko‘nglimiz ancha taskin topdi. Imtihon tashkil etilgan madaniyat saroyidan chiqar ekanmiz yaxshi niyat va  umid bilan imtihonga kirayotgan qorako‘zlarga muvaffaqiyatlar tiladik. Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati.