- N. Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T. Nizomiy nomidagi TDPU. 2006 y.
- Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISODMOLIYA, 2009, 240 b.
- Akramova X, Aralova I. Maktabgacha ta’lim ypshidagi bolalarni nutq nuqsonlarini korreksiyalashda tasviriy faoliyatdan foydalanish metodlari. ,,Xalq ta’limi ‘’O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligining Ilmiy-metodik jurnali 2021
- Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi. “Nasaf”2000 y.-80 b.
- Talipova J.O., G’ofurov A.T. Biologiya ta’limi texnologiyalari: O’rta maxsus va kasbhunar ta’limi muassasalari biologiya o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma. – T.: O’qituvchi, 2002.
- Tolipov, M.Usmanbayeva. pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. “Fan”. 2005.
- O‘. Tolipov. Oliy pedagogik ta‘lim tizimida umummehnat va kasbiy kO‘nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari. T. “Fan”.-167 b. 2004y.
- G‘afforova, A.Qurbonov, E.Godfri. Ta‘limning ilg‘or texnologiyalari. Qarshi “Nasaf”. 2003y.-112 b.
- B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. T.,2001
- Choriev Yangi pedagogik texnologiyalar. Ma‘ruzalar matni, Qarshi
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING MAZMUNI VA MOHIYATI
JDPU maxsus pedagogika kafedrasi o`qituvchisi Aralova Iroda meliqo`zi qizi
JDPU Pedagogika –psixologiya fakulteti Maxsus pedagogika (logopediy)yo`nalishi 2bosqich magestri Safarov Mirjalol
Annotatsiya : Pedagogik texnologiya, «jamiyat-ta’lim» tizimi, o‘quv materialni to‘la o‘zlashtirish, ilmiylik tamoyili, loyihalanish tamoyili, tizimlilik tamoyili, maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili, faoliyat yondashuvi tamoyili, boshqaruvchanlik tamoyili, qayta takrorlanish tamoyili, samaradorlik tamoyili, pedagogik texnologiyaning slok-sxemasi, pedagogik-texnologik xarita, maqbullashtirilgan o‘quv jarayon.
Abstract: Pedagogical technology, «community-education» system, full mastery of educational material, principle of scientificity, principle of design, principle of systematicity, principle of goal orientation, principle of activity approach, principle of manageability, principle of repetition , the principle of efficiency, the flowchart of pedagogical technology, the pedagogical-technological map, the optimized educational process.
Аннотация: Педагогическая технология, система «сообщество-обучение», полное овладение учебным материалом, принцип научности, принцип конструктивности, принцип системности, принцип целенаправленности, принцип деятельностного подхода, принцип управляемости, принцип повторения, принцип эффективности, блок-схема педагогической технологии, педагогико-технологическая карта, оптимизированный образовательный процесс.
Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 – ming yillikda davlatimiz ta‘lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
Ma‘lumotlilik asosida yotuvchi bosh g‘oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, qanoatli, o‘zgalar fikrini xurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini ko‘zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qay darajada ta‘limni texnologiyalashtirish bilan bog‘liq. Dastlab “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan – “texos” (techne) – san‘at, hunar va “logos” (logos) – fan so‘zlaridan tashkil topib “hunar fani” ma‘nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat ob‘ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta‘sir etishh natijasida mahsulot yaratishh borasidagi (ishchi-mashina)ning faoliyatidir. Anna shu ta‘rifni tadqiqot mavzusiga ko‘chirish mumkin, ya‘ni: Pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta‘sir ko‘rsatish va aks ta‘sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishining kafolatlaydigan jarayondir. Pedagogik texnologiya o‘qitish jarayonining o‘zaro bog‘liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etishh shartlarini aniqlashtirish, mavjud imkoniyatlarni hisobga logan holda belgilangan maqsadga erishishni ta‘minlaydi. Yoxud Pedagogik texnologiya o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta‘limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig‘indisidir. Texnologiya o‘zining egiluvchanligi, natijalarning turg‘unligi, smaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi.
Yuqorida keltirilga ta‘riflardan ko‘rinib turibdiki, Pedagogik texnologiya belgilangan boslang‘ich maqsad va mazmun asosida o‘quv jarayonini loyihalash sifatida talqin
etilayapti. Bu bir jihatdan to‘g‘ri, lekin teranroq fikr yuritilsa uning bir yoqlamaliligi ko‘zga taslanadi yoki bunday yondashuvlarda o‘quvchi shaxsi inkor etilayapti. Bu kamchiliklarni birinchi bo‘lib akademik V.P.Bespalko payqadi va o‘zining yirik asarida “Pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirishh jarayonining loyihasidir” deb
ta‘rifladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirisga imkoniyatlar yetarli. Nazariya va amaliyot birligining ta‘minlanishi PTning asl mohiyatini aniqlashga yo‘l ochadi. Fikrimizcha, yangi Pedagogik texnologiya fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta‘lim amaliyotini maqbullastirishga yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Pedagogik texnologiya o‘qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishishni kafolatlaydi. Bunga, faqat o‘quv jarayoni boshqariladigan taqdirdagina erishish mumkin. Boshqariluvchilik tamoyilining ahamiyati shu bilan belgilanadi. Boshqarish – jarayonni rejalashtirilgan maromda amalga oshirish, o‘qitish maqsadlariga erishish dasturini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. Mazkur tamoyil o‘qitishning joriy natijalarini ko‘p bosqichli diagnostik (tashxisiy) tekshiruvlar o‘tkazish imkoniyatini, – ko‘zda tutadi butun o‘qitish davrida o‘qitish jarayonini boshqarish asosan didaktik testlardan foydalanib amalga oshiriladi. O‘qitish jarayonida didaktik testlardan foydalanish, teskari aloqani ta’minlaydi. Teskari aloqa natijalarining tahlili, ko‘zlangan natijaga erishish uchun vositalar va uslublarni o‘zgartirish orqali o‘qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi. Boshqarilish tamoyili, o‘qitish jarayonini va shu bilan birga uning natijalariga muntazam ravishda tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi.
Sifatli loyihalangan o‘quv jarayonining o‘qitish jarayonini sifatli boshqarish, rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatidir.
Pedagogik texnologiya mohiyat jihatdan bosqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, cunki ular ham bosqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga ega, ma‘lum “material” bilan ish ko‘radi. Biroq Pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishhi bilan ishlab chiqarish, biologik, Hatto axborotli texnologiyalardan ajralib turadi.
Uning o‘ziga xos tomonlari – tarbiya komponentlarini mujassamlastirganidir.
Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an‘anaviy o‘quv jarayoniga, uning samaradorligini oshirishga ta‘sir ko‘rshatisning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Afsuki, bu jarayon hozirgi ta‘lim tizimida juda qiyin kechayapti, haqiqiy kompyuterli Pedagogik texnologiya o‘zining ilmiy ishlanmasini kutayapti.
Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni loyihalash va hayotga tatbiq etishh muammosi mamlakatimizda ham rivojlangan davlatlar qatori yangi korxona – “Pedagogik texnologiya
Davlat Markazi”ni tuzisni taqozo etadi. Agar sjunday Markaz tashkil etilsa, birinchi navbatda “portlash effekti” sari yo‘lni qisqartirihsga hissa qo‘shgan bo‘lardi. Uchinchi ming yillikda ta‘lim taraqqiyotining haqqoniy dvigateli sifatida o‘qituvchi faoliyatini yangilasga, ta‘lim-tarbiya jarayonini maqbul (optimal) qurisga, talaba yosjlarda hurfikrlilik, bilimga cjanqoqlik, Vatanga sodiqlik, insonparvarlik tuyg‘ularini sjakllantirisga ijobiy ta‘sir ko‘rsatar edi.
Yangi o‘zbek davlatchiligining tamal toshi qo‘yilayapti: ijtimoiy, iqtisodiy, ma‘naviy, mavkuraviy sohalarda tub islohotlar amalga osirilmoqda. Ta‘lim-tarbiya sohasining isloh qilinishi pedagogika fanini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endilikda kisilik jamiyati tomonidan uzoq yillar davomida yaratilgan tarbiya tajribalarini o‘rganish va tadqiq qilish islari keng qo‘yildi.
Bugun mamalakatimiz istiqloli sarofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan
davlatlarda to‘plangan tajribalar asosida tahlil qilish va takomillastirish imkoniyatlari mavjud. Pedagogika fani va amaliyotida qo‘llanilayotgan «pedagogik texnologiya” atamasi inglizcha “an edecatianal tecnrology” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan tarjimasi “ta‘lim texnologiyasi” degan ma‘noni bildiradi Pedagogika fanida pedagogik texnologiya tushunchasini ta‘riflashda hali yagona bir fikrga kelinganicha yo‘q.
Pedagogikada qayta takrorlanadigan pedagogik jarayon (tsiklni) yaratishh oson ish emas. Bunga o‘quv-tarbiya vazifalarining turli-tumanligi, ta‘lim mazmuni va o‘quv materiallarining har xilligi, talabalarning bilim o‘zlashtirish qobiliyatlarini xotira xususityalari bir xil emasligi kabi qator faktorlar sabab bo‘ladi. Shunga qaramay rivojlangan mamlakatlarda olimlar pedagogik texnologiya usulini shlab chiqdilar, ular yaratgan pedagogik texnologiya usuli qayta takrorlanadigan pedagogik tsikl bo‘lib, ta‘lim olishda rejalashtirilgan natijalarni kafolatlaydi.
Pedagogik texnologiya uchun pedagogik amaliyot jarayonlarini belgilash va tasvirlash; o‘quvchi yoki talaba kelgusi faoliyatida duch keladigan vazifalarni oldindan aniqlash; o‘qitishning har bir bosqichida ta‘limning mazmuni /o‘quv rejasi, o‘quv elementlari, ularning mantiqiy tuzilmasi, o‘quv dasturlari, darsliklarini/ belgilash; o‘quv yuklamasi bolaning kuchiga moslik darajasini va talabaning o‘zlashtirish tezligini aniqlash; ta‘lim –tarbiyaning shakllari va vositalari /o‘quv qo‘llanmalari, ta‘lim tarbiyaning texnik vositalari/ni tayyorlashh; o‘quv jarayonining motiv komponentini ro‘yobga chiqarish maqsadida predmetning mazmuniga kiritish uchun qo‘shimcha ravishda vaziyatli matnlar, testlar tayyorlashh; shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma‘naviy fazilatlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan mashqlar tizimini ishlab chiqi; ta‘limning natijasi va o‘zlashtirish darajasi, sifatini baholash mezonlariga mos ravishda talabaning bilim va malakalarni egallash sifatini ob‘ektiv baholash uchun test
/nazorat/ vazifalarini tayyorlashh; darsda va darsdan tashqari
o‘quvchiga beriladigan vazifalarni rejalashtirish, mustaqil mashg‘ulotlarning tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqish kabilar ham pedagogik texnologiyaning vazifalari hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning fan sifatidagi vazifasi ta‘lim-tarbiya amaliyotida eng samarali va tejamli o‘quv jarayonlarini shaxsni kasb egasi sifatida shakllantiruvchi pedagogik, psixologik qonuniyatlarni aniqlash, shuningdek falsafa, sotsiologiya,fiziologiya, matematika, kibernetika, informatika va boshqa fanlarning qonuniyatlaridan foydalanishh yo‘llarini aniqlashdan iborat.
Bugun esa Pedagogik texnologiya mavzusi bo‘yicha mamlakatimizda nazariy va amaliy konferentsiyalarni uyushtirish, vaqtli matbuotlarda maqolalarning tez-tez ko‘zga tashlanib turishi ijtimoiy voqelikka aylanib borayotganligi quvonclidir. 1997 yil may oyida Samarqand Davlat universittetida o‘tkazilgan “Oliy ta‘limning hozirgi dolzabr muammolari” Oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy-metodik konferentsiyaning yalpi yig‘ilishida “Pedagogik texnologiya: kontseptual tahlil” mavzusida ma‘ruza qilindi. Ma‘ruzada ta‘limni texnologiyalastirish jarayoni ijtimoiy byuurtma mavjudligi e‘tirof etildi, Pedagogik texnologiya ta‘rifi, mohiyati va tarixi hamda zamonaviy loyihasi metodologik yondashuvlar asosida tahlil qilindi.
Pedagogik texnologiya muammolariga oid olimlarning fikrlari vaqtli nashrlarda, “Ma‘rifat”, “Ucitel Uzbekistana” kabi ro‘znomalarda muntazam ravishda yoritilib boradi. Demak, bu mavzu nazariyasi va amaliyoti ko‘p ming sonli auditoriyaga kirib borayapti, o‘qituvchilar kunlik faoliyatlarida ulardan foydalanayotganligi ma‘lum.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.