12 may kuni kuni ijtimoiy tarmoqdagi https://t.me/TalabaUz telegram kanalida Jizzax dlavlat pedagogik instituti talabalarni 17-maydan o‘qishga chaqirmoqda mavzusidagi murojaatga Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyatining
MUNOSABATI
https://t.me/TalabaUz telegram kanalida “ Jizzax davlat pedagogika instituti talabalarni 17 maydan o‘qishga chaqirmoqda” mazmunidagi xabar berildi. Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati mazkur murojaatga shu kunning o‘zida e’tibor qaratib, quyidagi munosabatni bildiradi.
A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutining 11.05.2021 yil o‘tkazilgan Umumiy yig‘ilish qaroriga ko‘ra Jizzax davlat pedagogika institutida barcha kurs (1,2,3,4 kurslar) talabalari uchun 2021 yil 17 may kunidan boshlab an’anaviy ta’lim shaklida o‘qish boshlanadi. Barcha talabalar institutga PSR (koronavirus test natijasi) test natijalari bilan qabul qilinadi.
COVID -19 kasalligi bilan kasallanganlar yoki davolanayotgan talabalar esa o‘qishlarini masofaviy (onlayn) tarzda davom ettirishadi.
Pedagogik amaliyotni o‘tayotgan talabalar o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarida amaliyotni belgilangan muddatda yakunlab, PSR (koronavirus test natijasi) test natijalari bilan an’anaviy o‘qish shakliga qaytishadi. https://t.me/TalabaUz telegram kanalida muallif OTM ma’sullari hamda vazir A.Toshqulovning “talabalarni sarson qilmang”degan iboralarni keltirib o‘tish bilan birgalikda “katta ehtimol bilan kasallik chiqqan talabalarni yashirishlariga, talabalarni yana sarson bo‘lishiga” noo‘rin ishora qilgan. PSR (koronavirus test natijalari)test natijalari bilan kelish topshirig‘i esa aynan talabalar o‘rtasida kasallik tarqalmasligi, oldini olish va ularning xavfsizligi uchun berilgan edi. Eslatib o‘tamiz hududlaridagi Sanitariya-epidemiologik ososoyishtalik markazlarida Covid-19 koronavirus infeksiyasiga test topshirish (laborator tahlil olish markazlarida ) bepul .
Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati
Uncategorized
- Barcha
- Ekofaol talabalar
- Karera markazi
- Kelajakka qadam
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- Mahalla va universitet
- Ustozlar suhbatin qo‘msar bu ko‘ngil
Uncategorized
|
12/05/2021
Chop etish
MUNOSABAT.
Boshqa rubrikalarda mashhur
Navbatdagi uchrashuv Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining 1-bosqich talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Unda bo‘lim xodimlari tomonidan Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi 1-bosqich talabalarga korrupsiyaning mazmun-mohiyati, uning asosiy ko‘rinishlari va salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik talablariga rioya...
Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati,...
So'nggi yangiliklar
07/09/2026
