Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/02/2021
Chop etish
“Milliy tiklanishdan – Milliy yuksalish sari” g‘oyasi ostida Jizzax viloyatining ijodkor yoshlari hamda shoirlari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 23-24 fevral kunlari Jizzax viloyatiga tashrif buyurgan ishchi guruh a’zolari dastavval shaharmarkazida qad rostlagan Sh.Rashidov va Xamid Olimjon haykallari poyiga gulchambar qo‘yib hurmat bajo keltirishdi.

Shundan so‘ng,  Jizzax davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida “Milliy tiklanishdan – Milliy yuksalish sari” g‘oyasi ostida Jizzax viloyatining ijodkor yoshlari hamda shoirlari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari D.Kenjaev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari M.Hodjimatov, Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti R.Tursunov, “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasi direktori Sh.To‘raev, Xalqaro islom akademiyasi bo‘lim boshlig‘i M.Qaxxorova, Toshkent davlat pedagogika unversiteti professori B.Eshquvvatov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari N.Xolbo‘taev, Toshkent davlat yuridik unversiteti professori E.Qodirov, Mahalla va oilani instituti ilmiy xodimi X.Norqulovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

 

 

Uchrashuvda Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari hamda Zulfiya va Xamid Olimjon nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan  taniqli shoir va shioralarning she’rlarini o‘qish bilan bir qatorda  sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi.

 

Tadbir so‘ngida, Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Shavkat Sharipov hamda institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Sarvar Nazarqosimov,  ishtirokchi o‘quvchi yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari D.Kenjaev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari M.Hodjimatov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari N. Xolbo‘taevlar badiiy kitoblar sovg‘a qilishdi.

 


Ulashish:
811
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.