Jizzax davlat pedagogika instituti Ma’naviyat-targ‘ibot markazi majlislar zalida 2017 yil 14 mart kuni “Mening o‘nta sevimli kitobim” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov, institut kasaba-uyushma qo‘mitasi raisi D.Ochilov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘lim boshlig‘i F.Qo‘shnazarov, filologiya fanlari nomzodi,
dotsent U.Qosimov, o‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Yu.Karimova, filologiya fanlari doktori, professor M.Xolbekov, filologiya fanlari doktori professor U.Jumanazarov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent B.Soatov, falsafa fanlari nomzodi, dotsent J.Norbekov, mehnat ta’limi va umumiy texnika kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Tog‘aev, “Jizzax xaqiqati”, -“Djizakskaya pravda” gazetasi bo‘lim muharriri J.Mamatqulov, Jizzax politexnika instituti ma’naviy-ma’rifiy bo‘lim boshlig‘i B.Rashidova, O‘zbek tili o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Salimova, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar. Tanlovda fakultetlararo g‘olib bo‘lgan talabalardan 7 nafari ishtirok etdilar.
Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov ochib berdi va tanlov komissiyasi bilan tanishtirib o‘tdi. Tanlov komissiyasi quyidagi shartlarga beriladigan javoblarning mukammallik darajasi asosida tanlovning 1,2,3-darajali g‘olibi va nomenantlarini aniqladi. Tanlov natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinni o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3 bosqich talabasi F.Nizomova , ikkinchi o‘rinni Chet tillar fakulteti 4 bosqich talabasi Sh.Abloqulova, uchinchi o‘rinni Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limi 3 bochqich talabasi Sh.Qurbonovalar egalladilar. Tadbir davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov tanlov g‘oliblari institut Navro‘z bayramida mukofotlar bilan taqdirlanishini aytib o‘tdi va tadbirga yakun yasadi.
Yangiliklar
- Barcha
- Ekofaol talabalar
- Karera markazi
- Kelajakka qadam
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- Mahalla va universitet
- Ustozlar suhbatin qo‘msar bu ko‘ngil
Yangiliklar
|
15/03/2017
Chop etish
“Mening o‘nta sevimli kitobim” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
Boshqa rubrikalarda mashhur
Jizzax davlat pedagogika universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida, ijara asosida hamda 4-sonli talabalar turar joyiga joylashgan talaba-yoshlar uchun Qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining hayoti, faoliyati va ilmiy-ma’rifiy merosiga...
Bugun, 2-sentyabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sharof Rashidov tumani “Qulpisar” mfy hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan...
So'nggi yangiliklar
26/08/2026
