Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

MAQOL VA MATALLARNING LEKSIK HAMDA GRAMMATIK XUSUSIYTLARINI  INGLIZ  VA  O’ZBEK TILLARDA QIYOSIY O’RGANISHNING AHAMIYATI.

  Abdullayev.A.R. JDPI o’qituvchisi.Dushaboyeva Dilafruz. JDPI                                                                                                          Tarix  fa`kulteti 2-kurs talabasi. Hozirgi  paytda  maqol va matallar tarjimasi xususan, ingliz va o’zbek maqol va matallarining leksik va grammatik xususiyatlarini o’rganishda, tahlil qilishda quyidagilarga alohida e’tibor beriladi. Maqol va matallar xalqning tarixiy og’zaki va yozma ijodi mahsuli hisoblanib, xalqning ko’p asrlik tajribalari, turmushdagi turli voqea hodisalarga munosabatining  ifodasidir.                                                                                              Maqol so’zining ko’rki, nutqning o’tkir quroli, xalqning donishmandligidir. Har bir xalqning tarixi, tafakkuri va ruhiy holatlari maqol, matallarda  o’z  ifodasini topadi . Har bir maqolda shu maqolni yaratgan xalqning  timsoli, xalqning miliy madaniy merosi namoyon buladi. Maqol matallarda vatanni sevish, mehnat qilib yashash  g’oyalari va boshka quplab insoniy fazilatlar ilgari suriladi.                          Tarjimada esa maqollar va matallarni  to’g’ri  tushinish va badiiy o’girish jarayoni alohida urin egallaydi. Bu yerda tarjimondan  utkir  ziyraklik va katta mahorat  talab qilinadi. Chunki  aynan maqol va matallarning tarjimasini chiroyli yoritib bera olmaslik  badiy  asar  ma’zmuniga  putur  yetkazish mumkin. To’g’ri, har bir  maqol  va  matal  ham shaqil,  ham ma’no, ham funksiyanal jihatidan o’ziga xos xususiyatga ega. Lekin  bo’lardagi  umumiylik  masalasi  ham  ahamiyatlidir.   Shuni  aytib  o’tish kerakki,  ko’plab maqollarning  xar  xil  tillardagi shakillarda  ham shakil , ham ma’no  jihatidan yoki umumiy  bajarayotgan funksiyalaridan uxshashlik topsa bo’ladi, o’zbek tilidagi ayrim maqollar ingliz maqollariga funksiyanal jihatdan mos keladi yoki buning aksi. Shu bilan birga, ma’lum bir tildan ikkinchi bir tilga berilgan ugirilishlarda maqollarning aynan o’xshashini topish qeyin bo’ladi.  Shunda izohlarga yoki ikkinchi bir adikvat variantiga murojat kilinadi. O’zbek tilidagi  maqollarning  ingliz tilida yoki ingliz tilidagi maqollarning  o’zbek  tilidagi  muqobil  variantini  toppish  ancha  mushkul, bu  borada  maqollarga  urni  kelganda  izoh  berib  o’tish tarjimaga putir  yetkazmaydi  balki  uni  to’ldiradi  va  boyitadi.         Maqollarning  yana  bir  tarafi  borki,  bular  deyarli  ko’plab  hollarda  umumiy  ma’zmun  mohiyati  saklangan  holda  o’xshashliklarga  ega  bo’ladi. Maqollar  aslida  maqol  bilan  tarjima  kilinsa,  badiy matn bo’yoqdorligi  oshadi. Chunki  maqol uchun  asos  bulgan so’z  tarjima  qilingan  chog’ida ham fikr umumiyligida  chalg’ishlar  yuzaga keladi.  Maqol  obe’ktini  hamisha  saqlash  ko’p  hollarda  g’alazliklarga  olib  kelsada, uni  milliy  an’anaviy  birikmalar  bilan  almashtirishda  ham asardagi  ma’lum  komponentlarni  buzub  yuborish  ehtimoliga  olib  keladi. To’g’ri  milliy  sayqal berish  ba’zida  samara  beradi, asar  jozibasini  oshirishga  imkon yaratadi, matn  buyoqdorligi  darajasini  kengaytiradi.  Badiy  matn  tarjimasida  sayqal  va  buyoqdorlik  shart va  zaruriydir.  Bizning  asosisy  masalamiz  bo’lgan  ingliz  tili  va  o’zbek  tili  nihoyatda  boy  frazeologik  hazinaga  ega bulib,  ulardagi  iboralar, maqol  va  matallar  ushbu  tillarning  bezagi, chiroyi va  badiiyligi  hisoblanadi. Ularning  ko’pchiligida  o’zlariga  ta’lukli bulgan  xalqlarning  milliy  madaniyati, odob-axloki, dunyo qarashi, his-tuyg’ulari, orzu-umidlari,  o’z-vataniga muhabbati, adolatparvarligi  va  shu  kabi  juda  ko’p  oliy  janob hislatlar  mujassamdir.  Leksik  birlik singari maqol  va  matallar ham ko’p  ma’noli  va  ko’p  vazifali  ekanliklari  tufayli, ma’zmun  jihatdan mos  ikki til  birliklari  tarjimada  har  doim ham  bir-birlarini  almashtiravermaydi.  Muayyan  matinni  holatda  bir-birlarini  almashtira  oladigan  frazeologik  ekvivalentlar  yoki  muqobil  variantlar  uzga  bir  matniy  holatda  ma’no  belgilari  yoki  uslubiy vazifalari  jihatidan  bir-birlaridan  fark  qilib  qolishi  mumkin.           Frazeologizimlarning   ma’nosi  kontekst  ichida  ochiladi. Muayyan  iboraning  ma’nosini  ochish  uchun  uni  kontekst ichida  olib  karash  kerak.  Tug’ri  ikki  yoki  bir  nechta  tilda,  ham  shaklan,  ham  ma’zmunan, ham  ma’noviy  tarafdan  aynan  muvofiq  keladigan  mutlok  ekvivalentlar  topiladi. Masalan; First  think then speak  maqolini  o’zbek  tilida berish  avval  o’yla keyin so’yla maqolini ingliz tilida berish hech qanday  keyinchilik  tug’dirmaydi, chunki bu  maqol  har ikkala tilda aynan bir hil  ma’noga ega,  hamda  grammatik tizimi ham ancha yaqin.  Lekin rus tilida uning yaqin ekvivalenti bilan tarjima kilish kerak bo’ladi  bu maqol  Молвиш-не воротиш yoki Сначала подумай, а потом и нам скажи qabilarda berilsa ma’qul bo’ladi. Biroq, bunday  ekvivalentlar soni kam. Aksariyat xollarda tarjimon har bir maqol va matalga, aslida tasvirlanayotgan voqiyalar ma’zmuni, milliy muhit va uslub  xususiyatiga  ko’ra, o’z tilidan muqobil yoki monand birikmalar topib quyadi yoki ularni so’zma – so’z tarjima kiladi. Shunga ko’ra ayni birhil o’girish mumkin. Bir- birlariga ma’no  va  stilistik  vazifasi  jihatlaridan  mos  bo’lib , leksik tarkib  jihatidan  bittadan  komponentlari  o’xshamaydi,  so’z  tartibi  va soni  jihatlaridan bir -birlaridan fark kiladigan  ekvivalentlar:                                    There are spots even in (on) the Sun.-  Oyda  ham  dog’  bor. Lies  have  short  legs. -Yolg’onning  umri  kalta. Pitchers  have  ears –  Devorning  ham  qulogi’  bor. So’zlaguvchi  nodon  bo’lsa ,  eshituvchi  dono  bo’lsin  maqolining  aynan  nusxasi  inglizchada  yo’q  bo’lgani  holda  bu  maqolni  uning  yaqinroq  ekvivalenti  bilan  berish  mumkin.  Lekin  uni  If  speaker  is  foolish  listener  should  be  wise  deb  tarjima  kilinsa  uning  o’zbekcha  koloriti  saqlanib  koladi  va  bu  xammaga  tushunarli  bo’ladi. Xuddi  shu  so’zlarni  Qassob  moy  qayg’usida  ,echki –jon  qayg’usida  maqoliga  ham qo’llab  uni  The  butcher  grieves  for  bacon, and  the  goat-for  its  life  qabulida  berilsa  ma’qul  bo’ladi. Bu  xil  ekvivalentlarni  bir  tildan  ikkinchi  tilga  tarjima  qilish  tarjimondan  nixoyatda  extiyot  bo’lishini  talab  qiladi. Chunonchi, inglizlar  singari  hech  qachon, o’zbeklar  singari  “oyda  ham  dog’  bor  demaganlaridek, o’zbeklar  ham  inglizlar  singari  “quyoshda  ham  dog’lar  bor” demaydi. Bir-birlariga  ma’no  va  stalistik  vazifa  jihatlaridan  mos  bo’lib,  so’z  tartibida   kamdan – kam  mos  bo’lsa  ,  sonda  kamdan – kam  farq  qiladilar, leksik  tarkib  jihatidan  farq  qiladigan  muqobil  variantlar. Ularning  ko’pchiligi   shaklan  milliy, mazmunan  baynalminaldir. Ular  shakli    bilan   o’zlarining  muayyan  milliy  tilga   mansubliklarini   tasdiqlasalar   mazmuni  bilan  jahon  madaniyati  va  sivilizasiyasi mahsuli  ekanliklarini   namoyon  qiladilar.                                                                         Ayron  osh  bo’lmas , nodon  bosh  bo’lmas   maqolini  esa  ingliz  tiliga  tarjima  qilish  ancha  mushkul  bo’lib  ,  uni  Ayran  cannot  be  a  meal, a  fool  cannot  be  a  leader  sifatida   tarjima  qilinsa  o’zbeklar  ovqatlari  ,  urf-odatlari  va  o’zbek  tili  xususiyatlarini  bilmagan  ingliz  yoki  shu  tilda  gapiruvchi  boshqa  kishi  ushbu  maqolning  birinchi  qismini  tushunmasligi  qolish  uchun  ayron  nima  uchun  osh  bo’lmasligini  tushuntirish  kerak  bo’ladi . Ikkinchi  yo’l  bu  ma’qulroq  uslub –bu  maqolning  inglizcha  ekvivalentini  topishga  harakat  qilish kerak.         Qizi  borning  nozi  bor  maqolini  ingliz  tiliga  Who  has  a  daughter   that  has  a  whim  qabilarda  berilsa  Markaziy  Osiyo   xalqlari  ,  xususan  o’zbek  urf –  odatlaridan   bexabar  ingliz  o’quvchisi  uni  butunlay  tushunmasligi  mumkin  .Ingliz  tiliga  uni  Parents  of  the  bride  may  be  capricios  ( they  can  expose  their  own  terms )  deb  ag’darishdan  boshqa  chora  yo’q. Boshqa  yo’li  ; bu  maqol  mazmunini  beruvchi  boshqa  maqol  topish   lozim  deb  hisoblayman. All  bread  is  not  baked  in  one  oven.      Besh  barmoq  barobar  emas.                    No  pleasure  without   pain.                         Gul  tikonsiz  bo’lmas.                           Biror  kamyob, qimmat  baho  ,  orzu  qilib  yetib  bo’lmaydigan    narsani  inglizlar  “Pigeon  milk”  ( kabutarning   suti  ) , ruslar  “Ptiche  moloko”  desalar  ,  o’zbeklar   “Ankoni   urugi”   ( afsonaviy  qush  tuxumi ) deydilar.       Tarjima  jarayonida   bunday  tafovutli   xolatlarga  ilmiy- ijodiy  yondashish   ifoda  vositasi  yaratishning   birdan-bir  garovi  sanaladi . Maqollarni  tarjimada  to’g’ri  qo’llash , ular  orqali  matn  badiiy  qiymatini  oshirish  tarjimonga  ham ,  o’quvchiga  ham  zavq-shavq  baxsh  etadi. Adabiyotlar ruyhati   [1]Азимов С. Й.В.Гётенинг шарққа эҳтироми. Жаҳон адабиёти дурдоналари. № 42 .2010

[2]Ў. Ҳошимов, И. Ёқубов Инглиз тили ўргатиш методикаси.,Т.2003., 19 бет)

Жамол  Жалолов.  Чет тил ўқитиш методикаси. Т.,1996, 340,356 бетлар)

[3] Xamzayev, A. (2020). The background of teaching grammar through games. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(88). извлечено от https://science.iedu.

uz/index.php/archive_jspi/article/view/7092

[4] Xamzayev, A. (2020). Different Permanent Associations That Express Public Life In English And The Problems Of Translating Them Into Uzbek Language. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(90). извлечено от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/6989                                                          [5] Власенко О. Н. Толерантность как важная составляющая социокультурной компетенции студентов // Теоретические и прикладные аспекты лингвообразования. Кемерово, 2017. С. 14–17.

[6] Гаврилова О. В. Ролевая игра в обучении иностранным языкам // English, 2008.№ 1. С. 7–8.