Pardayev Sherzod Mamasharipovich
Jizzax davlat pedagogika universiteti katta o’qituvchisi.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Informatika fanidan dars mashg‘ulotlari va darsdan tashqari mashg‘ulotlarida elektron ta’lim vositalaridan foydalanish, ularning avzalliklari va talabalar bilimini va malakasini oshirishidagi o‘rni va bu jarayondagi muammolar, ularnibartaraf etish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Kalit so’zlar: Informatika, texnologiya, tarmoq, Virtual reallik, kengaytirilgan reallik, aralash reallik, kompyuter, klaster, Interfaol, diagramma, displey.
Darslar, darsdan tashqari mashg‘ulotlar va ixtiyoriy darslarini tashkil etish shakllari va uslublari mazmunidagi izchillik informatikani o‘qitish maqsadlari, o‘quvchilarni har to‘monlama rivojlantirish va tarbiyalash orqali belgilanishi kerak. Yuqorida bayon etilgan informatika bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlar maqsad va vazifalarini e’tiborga olib, darsdan tashqari mashg‘ulotlarlarning mohiyatini aniqlash va tashkil etishga xarakterli bo‘lgan uslubiy va maxsus printsiplarini ko‘rib chiqamiz. Informatikani o‘qitish va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning asosiy printsiplaridan biri bu ijodiy vazifalarni yechish, loyihalashtirish, konstruktrlash va modellashtirish uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishdan iborat. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘qituvchilar tomonidan informatikaga qiziqqan o‘quvchilar bilan o‘tkaziladi. Bu ishni o‘qituvchi rejalashtiradi va kerakligicha aniqlashtiradi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar shakllariga: to‘garaklar, disputlar, konkurslar, kechalar, lektsiyalar, devoriy gazetalarkiradi.
Pedagogikada ta’lim darajalari talabalarning o‘quv materiallarini ruhiy jihatdan qay yo‘sinda o‘zlashtirishlarini aniqlashga yordam berib, ular: axborotni bilish, yod olish va so‘zlab berish; reproduktiv fikrlash; produktiv fikrlash; izlanuvchi-ijodiy fikrlash imkoniyatlariniberadi.
Axborotni bilish, yod olish va so‘zlab berishda talabaning eslab qolish va tahlil qilish qobiliyati bilan bog‘liq bo’lgan bilimlari tekshiriladi. Reproduktiv o‘zlashtirish darajasi talabadan avval o‘zlashtirgan bilimlari asosida mustaqil ish bajarish talab etiladi. Produktiv darajadagi o‘zlashtirish talabadan o‘zlashtirgan bilimlari negizida nostandart masalalarni yechishda mustaqil fikr yuritishni talab etadi. Bu faoliyat tayyor qoida yoki tasvir asosida emas, balki talaba tomonidan tuzilgan algoritm bilan bog’liq. Izlanuvchi-ijodiy darajadagi o‘zlashtirish talabadan ijodga intiluvchi, o‘ziga xos noan’anaviy yondashuvga doir fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishni talab etadi. Pedagogikada talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan qator o‘qitish metodlari ma’lum, ular qatoriga muammoli o‘qitish, kontekst o‘qitish, ish faoliyatini ifodalovchi o‘yinlar, rollar bajarish va boshqalarni kiritish mumkin.
Zamonaviy kompyuter texnikasi erishgan yutuqlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, an’anaviy va noan’anaviy texnologiyalar yordamida ta’limda erishilgan barcha yutuqlarni o‘zida aks ettirgan, uni yangi texnika, texnologiya yutuqlari bilan to‘ldirgan vosita bilan ta’minlash bugungi kunda juda ham dolzarb masaladir.
Bugungi kunda ta`lim texnologiyalarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:
-
-
-
An`anaviy
-
Noan`anaviy
-
-
An`anaviy ta`lim texnologiyasi – muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta`lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘qitishning an`anaviy shakli, metodi va ta`lim vositalarining majmuidan foydalanib ta`lim-tarbiya maqsadiga erishishdir.
Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi – muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta`lim jarayoni markazida talaba shaxsi bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy shakli, faol o‘qitish metodlari va zamonaviy didaktik vositalarning majmuini ta`lim-tarbiya ishidan ko‘zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishish -gayo‘naltirishdir.
Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi an`anaviy ta`lim texnologiyasidan farq qilib, talabalarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e`tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy harakterga ega bo‘ladi. Dars tuzilmasi o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi o‘z navbatida uchga bo‘linadi:
-
Hamkorlikdao‘rganish
-
Modellashtirish
-
Tadqiqot (Loyiha)
Hamkorlikda o‘rganish – talabalarning bilimini o‘zlashtirish, singdirish, mustahkamlash bo‘yicha re’roduktiv faoliyatini ta`minlovchi, mahorat va malakani ketma-ketlik bo‘yicha talabaning bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o‘qitish va bilim olishdir. U talabalarning mustaqil guruhlardaishlashi evaziga ta`lim olishini ko‘zda tutadigan metodlardan iborat. Bularga kitob bilan ishlash, o‘quv suhbati, davra suhbati, aqliy xujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara kabi metodlarni kiritish mumkin.
Modellashtirish – real hayotda va jamiyatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini auditoriyada yaratish va ularda talabalarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta`lim olishini ko‘zda tutadi. Uning asosiy maqsadi talabalarning faqat tinglashi emas, balki bilimlarni o‘zlashtirishda bevosita ishtirokini ta`minlash orqali ta`lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bularga ishbo‘ o‘yinlar va rolli o‘yinlar kabi metodlarni kiritish mumkin.
Quyida ta`lim texnologiyalari bo‘yicha metodlar tizimiga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Tadqiqot – talabalar tomonidan muammoni tushunish va echish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar yig`indisidan iboratdir. Tadqiqotning maqsadi dars jarayonida talabalarda savol qo‘yish va ularga javob izlashida qiziqishini uyg`otishga qaratilgandir. Unda o‘qitish talabalarni amaliy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta`minlaydi. Bularga muammoli vaziyat, loyihalash metodi, mustaqil izlanish, yo‘naltiruvchi matn kabi metodlarkiradi.
Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari.
«Informatika» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy ta`lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo‘shadigan o‘ziga hos xissasi bilan aniqlanadi.
-
O‘quvchilarda informatika xaqidagi bilimnishakllantirish va ular tafakkurini rivojlantirish.
-
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o‘quv ‘redmetlarini o‘qitish jarayonida ishtiroketadi.
-
Milliy mafkura ruhidatarbiyalash.
o‘quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta`lim olishni davom ettirishga tayyorlash.
Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda amalga oshirilishi lozim. o‘quvchilar informatika asoslarini mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarashni yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish bilangina, o‘quvchilarning informatikani fan sifatida uning o‘ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin. Bundan tashqari, informatikani o‘qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to‘g’ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to‘g’ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o‘quvchilar har bir masalani echishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko‘rsata oladilar. SHuningdek, amaliy ish o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va uni yangi faktlar bilan boyitishadi, hamda informatikadan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to‘liq va mustahkam bo‘lishini ta`minlaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim DTS o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya, ta`lim dasturlari, umumdemokratik printsiplarda tashkiliy – boshqaruv funktsiyalarni rivojlantirish, o‘quvchilarga shaxs sifatida qarash, o‘quv-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ijtimoiylashtirish, ijtimoy muassa sifatida maktab huquqlarini kengaytirishni joriy qilishni nazarda tutib umumta`lim maktablarining asosiy yo‘nalishlarini aniqlaydi.
Maktabgacha tarbiya, umumo‘rta ta`lim, o‘rta maµsus, kasb-hunar ta`limi va undan keyingi ta`lim bosqichlarini o‘z ichiga olgan va informatika va dasturiy ta`minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga mo‘ljallangan «Informatika» fani pedagogikamiz uchun yangi bo‘lgan nizom va qarashlar sistemasiga asoslangan:
-
kadrning butun «hayotiy tsikli» hisobga olinishikerak;
-
informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dunyoning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ta`lim mazmunidagi o‘zgarishlarni aks ettirishikerak;
-
informatika va dasturiy ta`minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga dasturlashni o‘rgatish zaruriyatidan voz kechishlozim;
-
informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish didaktik s’iral tamoyili asosida qurilishikerak;
-
ishlab chiqilayotgan o‘quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblik muddatini uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urg’u berish asosidagina amalga oshirish mumkin;
-
shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashga yo‘naltirilganlik;
– o‘qish vaqti resurslarini o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, o‘quv ijodiy faoliyatini tashkil etish foydasiga qayta taqsimlash.
Innovatsion pedagogik jarayonning muhim unsurlari shaxsning o‘z-o‘zini boshqarishi va o‘zini-o‘zi safarbar qilishi hisoblanadi. Uning eng muhim yo‘nalishlaridan biri talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish bo‘lib, u talabalarning o‘kuv ishlarini faollashtirish va kasbiy ixtisoslashi -vuning faollashuviga olibkeladi.
Innovatsion faoliyatga, aksiologik yondashuv insonni o‘zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlarni anglatadi.
O‘qituvchi va talabaning maqsadi bo‘yicha natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatilgan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va ‘lakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘lar, bular o‘qituvchi va talabaga bog`liq.
Ta’lim berishning mazkur vositasi mustaqil ta’lim olishga, ta’lim oluvchilarning bilim faoliyatini shakllantiruvchi asosiy element hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim oluvchi ta’lim olishda o‘zlashtirish jarayonini mustaqil boshqaradi, o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish esa o‘z navbatida sun’iy intellektga ega bo‘lgan ta’lim olish manbasi orqali amalga oshiriladi. Elektron dasliklarning qaysi fan yoki sohaga yo‘naltirilganligidan qat’iy nazar, asosiy yo‘nalish boshlang‘ich ma’lumotlarni, oraliq natijalarni vizuallashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalish joriy va yakuniy natijalarni ko‘rish imkoniyatini berish bilan birga uni tahlil etishga sharoit yaratadi. Kundalik turmushda foydalanilayotgan hisoblash texnikalari parkining doimiy ravishda kengayib borishi elektron darsliklar va «mustaqil o‘qish» texnologiyalarini yaratish va joriy etish sohalarining istiqboliga muayyan sharoityaratmoqda.
Elektron darslik an’anaviy darslikdan ko‘ra «bir muncha yuqori intellektga» ega bo‘lishi zarur, chunki kompyuter o‘qituvchi faoliyatining bir nechta qirralari (zarur holda va kerakli joyda maslahat berish, egallangan bilimlarni musahkamlashga yordam berish va h.k.) ni imitatsiya qilish imkoniyatiga ega. Shu
bilan birga u o‘rganilayotgan fan bo‘yicha zarur (qo‘shimcha ma’lumotlar) o‘quv materiallarini to‘laligicha qamrab olgan bo‘lishi zarur. Faqatgina fan bo‘yicha to‘la o‘quv ma’lumotlarigina elektron darslikning muvaffaqiyatini ta’minlashi mumkin. Elektron darslikdagi «intellektual qirra»ning mavjudligi esa uning oddiy darslik oldidagi kamchiligi (faqatgina kompyuterda foydalanilishi) o‘rnini bosishi bilan bir paytda unga qo‘shimcha imkoniyatlar (zarur ma’lumotlarni tezkor suratda izlash, ixchamlilik, va h.k.) yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun // Xalq ta’limi. 1997. №5. S.4-16.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni. “Xalq so‘zi”. 11 fevral, 2004 y.
3. “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi-117-son qarori.
4. Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi // Xalq ta’limi. 1998. №1. S.5-41.
5. “Интернаука” Научный журнал Часть 2. г Масква 2019 г ст 63-66
6. «100 лет мот: Содействие сщциалной справидливости, продвижение достойного труда» XXXII международные Плехановские чтения Масква 2019 г. 1-2 февраль ст 106-108
7. “Хозирги замон аниқ ва техник фанлар муаммолари ва уларнинг ечимлари” мавзусидаги Республика илмий-амалий конференцияси. Нукус давлат педагогика институти 2018 йил 156-158 бет
8. In Science “Жамият ва инновациялар” журнал 1 қисм 20 ноябр 2020 йил