Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TASVIRIY FAOLIYAT MASHG`ULOTLARINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI

ТЕХНОЛОГИИ ОРГАНИЗАЦИИ ЗАНЯТИЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬЮ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ TECHNOLOGIES FOR ORGANIZING VISUAL ACTIVITIES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS Toshtemirova Dilnura Soxib qizi JDPI Maktabgacha ta`lim metodikasi kafedrasi  o`qituvchisi Таштемирова Дильнура Сахиб Кизи Преподаватель кафедры методики дошкольного образования JDPI Tashtemirova Dilnura Sahib Kizi Teacher of the Department of Methods of Preschool Education JDPI   Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ijodkorligini rivojlantirishda tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini tashkil etish texnologiyalari bayon etilgan. Kalit so’zlar: Ijodkorlik, tasviriy faoliyat,  san’at markazi, ta’limiy rasm Аннотация: В статье описана технология организации изобразительной деятельности  в развитии детского творчества  в дошкольном образованиию Ключевые слова:  креативность, визуальная активность,  арт – центр  образовательная картинка. Annotation: This article describes the technology of organizing visual activities in the development  of  children’s  creativity in preschool education . Key words: Creativity, visual activitiy, art center,educational picture. Prezidentimiz  Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzalarida “ Maktabgacha ta’lim sohasida ana shunday ulkan islohotlarni hayotga joriy etish biz uchun ham qarz, ham farzdir. Qanchalik qiyin bo’lmasin, bu tarixiy vazifani amalga oshirishimiz shart va uni barchamiz birgalikda albatta bajaramiz”49. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini rejalashtirish va hisobga olish zarur. Тasviriy faoliyat – bu bolalarni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi faoliyatdir. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish bu estetik sezgining bo‘laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi – rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq sezish bilan bog‘liqdir Maktabgacha ta’lim tashkilotida tasviriy faoliyat bo’yicha ishlarni rejalashtirishda asosiy tamoyili, bu tasviriy faoliyatni ta’lim-tarbiyaviy ishning eng muhim bo’limlaridan biri sifatida qarash hisoblanadi. Tasviriy faoliyat bo’yicha ishni ma’lum bir vaqtga rejalashtirishda, shu davrda faoliyatning boshqa turlari bo’yicha amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni ham nazarda tutmoq lozim. Tasviriy faoliyat bo’yicha mashg’ulotlarni rejalashtirishda, albatta tasviriy faoliyat mashg’ulotlari o’rtasida o’zaro bog’liqlikni ham hisobga olmoq zarurdir. Tasviriy faoliyatning har bir turi o’ziga xos vazifalarni hal etadi, ammo qanday bo’lsa-da, ularni bir yo’nalish, maqsad bo’yicha (tevarak-atrof, hayotning xilma-xil, o’ziga xos ko’rinishlardagi tasviri) birlashadilar. Tasviriy faoliyat bo’yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi, albatta har bir turdagi mashg’ulotlar soniga qat’iy rioya qilishi lozim. Tasviriy faoliyat bo’yicha mashg’ulotlarni rejalashtirish, yuqoridagilardan tashqari, mashg’ulot qanday materiallar bilan o’tkazilsa, maqsadga muvofiq bo’lishini ham tarbiyachi nazarda tutmog’i lozim. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlari – bu rasm chizish, loy, applikatsiya, qurishyasash mashg’ulotlaridir. Bu mashg’ulotlar maktabgacha ta’lim muassasasining barcha guruhlarida aniq bir vaqtda, kun tartibi asosida uyushtiriladi. Hamma mashg’ulotlar uch qismga bo’linadi: – mashg’ulotning boshlanishi–topshiriqni tushuntirish; – mashg’ulotning borishi–topshiriqni bolalar tomonidan bajarilishi; – mashg’ulotning yakuni–bolalar bilan bajarilgan topshiriqni tahlil qilish. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rasm faoliyatini san’at markazlarida rejalashtiriladi.  San’at markazi:Ta’limiy rasm chizish.  Rasm:Kamalak  va yomg’ir. Maqsad:   Turli tasviriy  vositalar   orqali   tabiat haqidagi  tasavvurlarini mustaqil va ijodiy tasvirlashga o’rgatishda davom etish.   Kamalakni tasvirlashga nisbatan qiziqish uyg’otish Mashg’ulotga tayyorgarlik: Kamalakning tasviri bilan tanishtirish Kamalak to’g’risida topishmoq aytish.  Kerakli jihoz va materiallar: Katta hajmdagi oq va havo rangdagi qog’oz  (jamoaviy albom tuzilsa bir xil hajmdagi qog’oz), akvarel bo’yog’i, turli hajmdagi mo’yqalam, suv , mato va qog’oz salfetkalar, mo’yqalam uchun turgichlar. Faoliyatning borishi:
  1. Tarbiyachi bolalarga  quvonch nima ekanligi to’g’risida  fikr yuritishni va  so’zlashishni taklif etadi.     2. Tarbiyachi  « kamalak» so’zini  tahlil  etilishini so’raydi ( quyosh yoyi yoki  quvonch yoyi,  quvonchli yoy).  Tarbiyachi   kim haqiqiy kamalakni ko’rganligini va bu quvonchli voqea to’g’risida gapirib berishni so’raydi.
  2. So’ngra tarbiyachi bolalarning kamalak haqidagi , u atmosfera hodisasi   sifatida,    yilning iliq kunlarida  osmonda ko’rish mumkinligini, mayda , iliq yomg’ir bir yoqda, bir yoqda  quyoshning nurlari sochganida, quyosh  orasidan yomg’ir tomchilari   yoqqanida  kamalak  hosil qilishi haqidagi tasavvurlarini aniqlaydi.
  3. Tarbiyachi bolalardan kamalakning rangini  bilishlarini so’raydi, va hamma vaqt ham  bu ranglar  aniq bir tartibda joylashishini.
  4. Bolalarning intilishlaridan so’ng kamalak ranglarini joylashish tartibini eslatadi: qizil,   to’qsariq, sariq,  yashil, havo rang,  ko’k, binafsha rang.   6. So’ngra tarbiyachi molbertda yoyning boshqa yoy ustiga joylashtirishni ko’rsatadi.
Prezident Sh.Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasidan.  07.12.2017 yil Qo’shimcha: Endi bolalar mo’yqalam,  akvarelni ranglar bilan tajriba o’tkazadi , qizil rangni sariq rang bilan va sariq rangni ko’k rang bilan aralashtiradi.  E’tiborga molik jihati:  Mashg’ulotdan so’ng bolalarga  «Kamalak» haqidagi al’bomni jihozlash topshiriladi. Tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi dasturi doirasida berilayotgan  mavzular  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlari  tarbiyachilari  kasbiy qayta  tayyorlash  kurslari  o’quv  rejasi  asosida  shakllantirilgan  bo’lib, tinglovchilarda  tarbiyalanuvchilarni  tasviriy  faoliyatga  o’rgatish metodikasiga  oid  kasb  mahoratini,  o’quv-uslubiy  faoliyatini  yuksaltirish bilan bog’liq kompetentsiyalarini rivojlantiradi.  Quyidagi tavsiyalarni beramiz:
  1. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda mozaika usulini qo’llashda materiallarning        xilma-xilligi(Tabiiy, tashlandiq,qogo’z)foydalanilsa:
  2. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda mozaika usulidan guruh ishlari metodikasidan foydalanilsa:
  3. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda mozaika usulidan mayda matorikalarni shakllantirish mashlaridan foydalanilsa:
  4. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda mozaika usulidan “ Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalalr rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari “  asosida  asosida     ishlash: aytib o’tiladi.
   Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
  1. Mirziyoyev Sh.M. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag’batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida. 05.04.2018 y. PQ-3651.
  2. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.T.: “Nihol” nashriyoti, 2013, 2016.
  3. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari. Toshkent 2018 yil ( Maktabgacha ta’lim vazirligi)