Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/09/2022
Chop etish
Lev Tolstoy tavalludiga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi.

Buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoy 1928 yil 9 sentabrda tug‘ilgan.  Jizzax davlat pedagogika universiteti  Rus tili va adabiyoti fakulteti “Rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Jizzax viloyati axborot resurslari markazi bilan hamkorlikda buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoyning tavallud kuni va ijodiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazishdi.

Tadbirda  “Kazaklar”, “Kreytser sonatasi”, “Iban Ilichning o‘limi”, “Anna Karenina”, “Urush va tinchlik”, “Tirik murda” kabi nasriy asarlari, “Zulmat hokimiyati”, “Ma’rifat mevalari” kabi p’esalari bilan olamshumul shuhrat qozongan, asarlari dunyo tillariga eng ko‘p tarjima qilingan va eng ko‘p nashr etilgan adib hayoti va ijodi haqida talabalarga chuqur va batafsil ma’lumotlar berishdi.

Ta’kidlash joiz Lev Tolstoy Rossiyadagi qadimiy dvoryanlar sulolasidan, bo‘lib Peterburg FA muxbir a’zosi, faxriy akademik u 1844-47 yillarda Qozon universitetining arab-turk va huquqshunoslik fakultetlarida ham o‘qigan. Tolstoy 1855 yilda Peterburgga borib, N.A.Nekrasovning “Sovremennik” (“Zamondosh”) jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I.S.Turgenev, I.A.Goncharov, N.G.Chernishevskiy va b.) bilan hamkorlik qilgan.

Bolalik kezlarida rus va arab xalq ertaklari, A.S.Pushkin she’rlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati ta’sirida she’rlar yozgan. Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin olgan “Urush va tinchlik”(1863-69) epopeyasi Lev Tolstoyning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Uning 70-yillar ijodida “Anna Karenina” romani alohida mavqega ega.  Tadbir davomida talabalar yozuvchining asarlaridan parchalar o‘qish bilan bir qatorda uning hayotiga oid qiziqarli voqealarni ham sahnaviy ko‘rinishlar orqali namoyish etishdi.


Ulashish:
926
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.