Rasmiy tashriflar
Rasmiy tashriflar
|
15/05/2019
Chop etish
  «Kitob bu -bilimlar ummoni» haftaligi davom etmoqda

2019 yil 14 may kuni Jizzax davlat pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbasi bo‘yicha Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazi tomonidan o‘tkazilayotgan «Kitob bu -bilimlar ummoni» haftaligi doirasidagi ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu ijodiy uchrashuvda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasidan Nurali Qobil, Tursun Ali, Obiddin Mahmudov, Mehribon Abdurahmonova, O‘ktamxon Xoldorovalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Gavhar Zokirova, Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Hafiza Qudratovalar ishtirok etishdi. Ushbu ijodiy uchrashuvda ijodkorlarning kitob, uning insonga baxsh etadigan kuchi haqida fikrlari tinglandi, shuningdek, ijodkorlar o‘zlarining chiqishlarini namoyon etishdi. «Farzandnoma» pand-nasihat yo‘lida yozilgan kitobning taqdimoti hamda shu asosida psixologik trening o‘tkazildi. Mazkur ijodiy uchrashuvdan ishtirokchi professor -o‘qituvchilar va talabalar katta ma’naviy ozuqa olishdi.


Ulashish:
1 460
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.