Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/09/2021
Chop etish
Jizzaxdagi oliy o‘quv yurtida talabalar bilan tanishuv marosimlari davom etmoqda.

Navbatdagi Birinchi kurs maktabi o‘tgan “Orientation week” uchrashuvida institutning Fizika va texnologik ta’lim fakulteti talabalari ishtirok etishdi.

Inson hayotidagi eng quvonchli kunlari albatta talabalik hayoti bilan bog‘liq.

Talabalik yillari… sarguzashtga to‘la o‘sha kunlarni yodga olganimizda ko‘nglimizda chuqur entikish va sog‘inchni his qilamiz. Bugun Jizzax Davlat  Pedagogika Oliygohida ko‘zlarida olam –olam quvonch , yangilikkka tashnalik ila oliygoh darvozasidan dadil qadamlar bilan kirib kelayotgan  bir guruh talaba yigit qizlarni ko‘rib, siz-u biz his qilgan o‘sha masrur onlar yodimizga keladi.

Institut “Madaniyat saroyida” bo‘lib o‘tgan “Orientation week” ( Birinchi  kurs maktabi) tadbirida ana shunday bilimga chanqoq,  ko‘nglida ezgu maqsadlar bilan ilm olishga intilayotgan  Fizika va texnologik ta’lim  fakultetiga qabul qilingan birinchi kurs talabalari taklif etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan institut rektori Sh.S.Sharipov  talaba yigit qizlarni talabalik unvoni bilan tabriklash bilan bir qatorda institut faoliyati, ta’lim muassasasida olib borilayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Haqiqiy talaba albatta yuqori natijalarga erishib iqtidori va turli g‘oyalarini namoyish etishni istaydi. Buning uchun institutda barcha sharoitlar mujassam. Tadbirda so‘zga chiqqa Fizika va texnologik ta’lim fakulteti dekani H.Sodiqov  baxtli talaba yoshlarni ustozlar jamoasi bilan tanishtirib o‘tdi. Shuningdek fakultet tarixi uning buguni haqida qisqacha ma’ulumot berdi. Talabalarni institut faoliyati bilan yaqindan tanishtirish tadbiri yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan bir qatorda taklif va mulohazalarini ham bildirishdi.

 

 


Ulashish:
1 187
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.