Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/09/2022
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti Hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi

Dastlab, Universitet rektori Sh.Sharipov va  yetakchi talabalar o‘rtasida ochiq muloq bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot davomida universitet rektori yetakchi talabalarni faol bo‘lishga , jamiyatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.

Shundan so‘ng oliygohning yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi  prorektori S. Nazarqosimov va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati raisi M. Ravmonberdiyevlarning  ma’ruzalari tinglandi. Hay’at a’zolari, kotibiyat va sanoq komissiyasi saylab olindi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida bo’lib o’tgan Hisobot-saylov yig’ilishida Boshlang’ich tashkilot tomonidan o’tgan o’quv yilida  amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglangdi tanqidiy tahliliy xulosa chiqarildi.

Oliy ta’lim muassasasining yoshlar yetakchisi sifatida delegatlar tomonidan 90% ovoz bilan  Adilova Farzona Alisher qizi saylandi.

 

Talabalar tomonidan bildirilgan savol va takliflarga Yoshlar yetakchisi  tomonidan javob berilib, ma’lumot uchun qabul qilindi. Yangi o’quv yili uchun mo’ljallangan ish rejasi va Jizzax shahar Konferensiyasida ishtirok etadigan delegatlarni saylash masalalari ham bir ovozdan ma’qullandi.

 


Ulashish:
1 212
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Dynamical Days Jizzakh 2026»:mahorat darslari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi doirasida dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizikaning zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy...
Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...