Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Jizzax davlat pedagogika institutida “Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusidagi amaliy uchrashuv bo`lib o`tdi

Amaliy uchrashuvni Jizzax davlat pedagogika instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov kirish so‘zi bilan ochib berdi. F.Axmedov o‘z so‘zini boshlar ekan, avvalo tinchlik va totuvlik, vatanimiz obodligi to‘g‘risida gapirdi. 1Bugun dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, insonlarning, ayniqsa yoshlarning internet salohiyati qay darajada ekanligi, undan qanday maqsadlarda foydalanayotganligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Internetning yaxshi bir kashfiyotligini va bu kashfiyotdan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish zarurligini ta’kidladi. Bugungi kunni bu kashfiyotsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Lekin biz faqat internetdangina ma’lumot olib qolmasdan, ma’naviy boyligimiz bo‘lgan kitoblarni ham o‘qib-o‘rganib, mutolaa qilib bilim saviyamizni oshirishimiz zarur. Biz institutda har bir talaba bir yil davomida o‘nta kitob o‘qishi lozimligini vazifa qilib qo‘ydik. Bu kitoblarning ichida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari ham albatta bo‘lishi lozim. Bugun har birimiz internetdagi zararli ma’lumotlarga qarshi o‘zimizda immunitet hosil qilishimiz va unga qarshi kurashishimiz darkor. Biz o‘z Vatanimizning fidoiylari, yurtimizni sevishni, uni ko‘z qorachig‘idek asrashni muqaddas bilib, har qarich yeri, tuprog‘ini avaylab saqlash, tinchligi barqarorligi uchun kurashishni qalb amrimiz, yuragimiz da’vati deb bilamiz deya ta’kidladi.

2

Shundan so‘ng Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi JQ va TQKB xodimi N.O‘roqovga so‘z berildi. N.O‘roqov: Bugun axborot xurujlari kuchaygan bir davrda internet deb atalmish tizimdan oqilona foydalanishimiz lozim. Agarda biz bu tizimdan to‘g‘ri maqsadda, oqilona foydalanmasak u bizni o‘z domiga tortib ketishi hech gap emas. Hozirgi vaqtda internet tarmog‘ida diniy oqimlarning 7000 dan ziyod saydlari mavjudligi va bu saydlarning 5000 dan ortig‘i  asosan o‘z domiga yoshlarni tortayotganligi achinarli holdir. Diniy ekstremizm va fundamentalizm, aqidaparastlik va missionerlikning kelib chiqishi, manbalari, hozirda ba’zi davlatlarda avj olib borayotganligi, asosan bu illatlarga yoshlarning jalb qilinayotganligini aniq misollar asosida aytib o‘tdi. Turli davlatlarda turli xil xunrezliklar bo‘lmoqda. Har bir yosh yigit-qizlarimiz vatanparvarlik ruhida har tomonlama mustaqil fikrlay oladigan yuksak ma’naviyatli barkamol avlod etib tarbiyalanishi, xalq va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini, shuningdek axborot xurujlariga qarshi immunitetni yanada oshirish, dunyo va mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini, yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish, Vatanni ko‘z qorachig‘iday asrash, uni himoya qilish, tinch va osoyishta hayotimizni ta’minlash har birimizning insoniy burchimiz ekanligini bilishimiz lozim. Bizning asosiy maqsadimiz mana shu aziz yurt, tuproq, musaffo osmon bizniki deb yurtimizni himoya qilishimiz zarur deya o‘z so‘zini yakunladi.

3

 Jizzax shahar  Ichki ishlar bo‘limi terrorizmga qarshi kurashish bo‘linma boshlig‘i M.Xolmatov: O‘zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totouv yashagan o‘lka bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani, Vatan taraqqiyoti yo‘lida yelkadosh bo‘lib mehnat qilgani tarixiy manbaalarda ko‘p qayd etilgan.

Hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining soni 31 mln.dan oshgan bo‘lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Fuqarolarning 94 % dan ziyodi islom diniga e’tiqod qiladi. 3,5 % ga yaqin fuqarolar provaslav diniga mansub bo‘lib, qolganlarini boshqa konfessiya vakillarini tashkil etadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yurutmoqda. Ushbu diniy tashkilotlarning emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham yurtimizda hukm surayotgani ham diniy bag‘rikenglikning amaliy ifodasidir. Hech shubhasiz, yurtimizda turli sohalarda erishilayotgan barcha ulkan yutuqlarimizning zamirida jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik hisoblanadi. Hammamizning maqsadimiz shuki yoshlarimiz baxtli, dono, aqlli bo‘lsin. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng har bir soha uchun imkoniyatlar eshigi keng ochildi. Biz yoshlar bu imkoniyatlardan to‘g‘ri maqsadda foydalana bilishimiz lozim. Mo‘may pul topaman deb nima sababdan Amerika, Rossiya, Suriya, Iroq, Eron kabi davlatlarga ketmoqdamiz. Bularning barchasi o‘z imkoniyatlarimizdan oqilona foydalana olmayotganligimizdan. Biz o‘z Vatanimizning fidoiylari, yurtimizni sevishimizni, uni ko‘z qorachig‘idek asrashni muqaddas bilib, har qarich yeri, tuprog‘ini avaylab saqlash, tinchligi va barqarorligi uchun kurashishni qalb amrimiz, yuragimiz da’vati deb bilamiz. Bugun taraqqiyparvar davlatlar va xalqlar insoniyatni turli xavf-xatarlardan asrash, uning baxtli turmush kechirishini ko‘zlayotgan bir paytda, buzg‘unchi, riyokor kuchlar odamzodni turli nayranglar bilan chalg‘itib,  g‘arazli niyatlarini amalga oshirishga intilayapti. Bunday voqealarga loqayd qarashimiz mumkin emas.