Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

JISMONIY TARBIYA VA TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Sh. M. Norqulov  JDPU  katta o’qituvchi Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab ta’lim tizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi sifatida e’tirof etilgan. «Bugungi kunda oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rеjalarimizning samarasi taqdiri eng avvalo, zamon talablariga javob bеradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas boq`liq»  Bugun hayotimizning hal etuvchi muhim masalalari qatorida ta’lim-tarbiya mazmunini tubdan o`zgartirish, uni zamon talabi darajasiga ko`tarish asosiy o`rinni egallaydi. Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation”- yangilik kiritish, ixtiro) ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim. Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar. Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan. Innovatsiyalar turli ko‘rinishga ega. Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy ko‘rinishlari sanaladi: – yangi g‘oyalar; – tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq  maqsadlar; – noan’anaviy yondashuvlar; – odatiy bo‘lmagan tashabbuslar; – ilg‘or ish uslublari; Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u  novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordiyu, faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi. Ilmiy adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovatsiya” (yangilik kiritish) tushunchalarining bir – biridan farqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Misol uchun, V.I. Zagvyazinskiyning e’tirof etishicha, “yangi”, “yangilik” tushunchasi nafaqat muayyan g‘oyani, balki hali amaliyotda foydalanilmagan yondashuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi. Ammo bunday jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlardan iborat bo‘lib, o‘zgarib turuvchi sharoit va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etish g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi. Mohiyatiga ko‘ra novatsiya va innovatsiya o‘rtasida muayyan farqlar mavjud. Ular quyidagilardir;
Innovatsiya Novatsin
1  T’alimda, yaxlit va davomli bo‘ladi; Amaldagi nazariya doirasida qo‘llaniladi;
2 Ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimnni loyihalaydi;  Ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi;
3 Sub’ektlariing faoliyati to‘la yangilanadi;  Metodlar yangilanadn;
4 Yangn texnologiyalar yaratiladi:  Natija avvalgi tizimni takomillashtiradi
5 Faoliyatda yangi sifat natijatariga erishiladi;  
6 Amaliyotnnng o‘zi ham yangilanadi  
  Ta’lim amaliyotida pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi ta’lim tizimi modernizatsiyasining tarkibiy elementi hisoblanadi Zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qo‘lga kiritishga imkon beradi, o‘qitish sifatini, samaradorligini oshiradi. Pedagogik innovatsiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib kirilishini tavsiflaydi. Pedagogik innovatsiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim tizimi va jarayoni rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a undovchi, bunyodkorlikka rag‘batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lib, ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu sababli har bir o‘qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to‘la tushungan holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur. Bugungi kunida ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq barcha sa’yharakatlarni amalga oshirishda xamda ularni izchillik bilan yo‘lga qo‘yib  ta’lim tizimiga joriy etishda soxa mutaxasislari tomonidan juda ko‘plab ishlar qilinib qilingan ishlarining natijasi ta’lim muosasalarida o‘z samarasini berib ta’lim sifatini oshirib kelmoqda.  Bilim beruvchi, tarbiyalovchi, ziyo tarqatuvchi,  ustoz va murabbiylar, bilim oluvchi, tarbiyalanuvchi, o‘quvchilar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga innovatsion metodlarni qo‘llagan xolda darslarni tashkil etib o‘qvchilarni darsga bo‘lgan qiziqishlarini tobora yuksaltirib kelmoqda va bunday ishlarning natijasida o‘quvchilarning jismoniy fazilatlari, jismoniy tayyorgarligi, jismoniy rivojlanishlari va ularda millat parvarlik, vatan parvarlik, insonparvarlik xamda milliy iftixor tuyg‘ularini shakillantirmoqda. O‘qitish jarayonini tashkil etishning asosiy shakli jismoniy tarbiya darsi xisoblanadi. Hozirgi paytda darsning xilma-xil noan’anaviy shakllari joriy etilmoqda. Bunday darslar o‘quvchining ijodiy qobiliyatini o‘stirish, aqliy salohiyatini kuchaytirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va har bir yangilikni tez va to‘la qabul qila olish ko‘nikma va malakalarining shakllanishiga xizmat qiladi. Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarda ilmiy izlanishga qiziqishni uyg‘otadi, ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar amaliy faoliyatda tatbiq etiladi, o‘zlashtirish sifati oshadi. Buning uchun o‘qituvchi mahoratli bo‘lishi va mavzularning mazmuniga qarab darsni to‘g‘ri rejalashtirishi, mashg‘ulot davomida barcha o‘quvchilarni faol va ongli ishlashlariga erishmog‘i lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
  1. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni (Yangi taxriri). -T.: 2015 yil 4-sentabr.
  2. O‘zbekiston Respubilikasining “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonuni–T09.2020
  3. Axmedov F.Q., Atamurodov Sh.O‘ va boshqalar., Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent -2013 yil. 111 b.
                                                     Internet
  1. http ://google/uz/
  2. http//ZiyoNET.uz/
  3. http//pedagog.uz