Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/04/2021
Chop etish
Huquqshunos to‘garagi a’zolari adliya saylida ishtirok etishdi.

Bugun Jizzax o‘rda ekologik bog‘ida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan adliya saylida tarix fakulteti huquqshunos to‘garagi a’zolariga viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar, viloyat bojxona boshqarmasi, viloyat favqullodda vaziyatlar boshqarmasi,  viloyat bandlik  boshqarmasi, viloyat nuroniylar jamg‘armasi va bir qancha idora va tashkilotlarning faoliyat va maqsadiga oid qabul qilingan normativ huquqiy xujjatlar, amalga oshirilgan ishlar, o‘zgarish va yangiliklar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.  Ma’lumki so‘nggi yillarda aholining huquqiy ongi va tafakkurini yuksaltirish borasida adliya idoralari tomonidan salmoqli ishlar, aholiga zarur huquqiy tushuntirishlar olib borilmoqda. Bugun tashkil etilgan adliya sayli shunchaki ko‘rgazma uchun emas, balki aholimiz, ayniqsa yoshlarimizning huquqiy ongi va tafakkkurini yuksaltirish,  ularning faol fuqarolik pozitsiyalarini namoyon qilish bilan birga, jonajon O‘zbekistonimiz ozod va obod va farovon kelajagi oldida mas’ullik hissi va daxldorligini oshirish borasidagi  yirik loyiha desam mubolag‘a bo‘lmaydi deydi viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sayidjon Rahimov. Bugungi kunda  murakkab dunyoda avj olib borayotgan turli kuchlar o‘rtasida to‘qnashuv va qarama qarshiliklar, tabiat gultojisi bo‘lgan inson zotiga bo‘layotgan  ijtimoiy tarmoqlar orqali bo‘layotgan axborot va siyosiy  tahdid va tajovuzlar, davlat va jamiyat taraqiyotiga to‘sqinlik va g‘ov bo‘layotgan korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terrorizm balosi xavf xatarlari  kuchayib borayotgan bir vaqtda aholimiz ayniqsa yoshlar sergak va ogoh bo‘lib yashash davrimizning talabidir. Chunki bugun yoshlarning ongi va qalbini egallash orqaligina chetdan kelga kuchlar o‘z maqsadlariga erishishlar hech kimga sir emas. Maqsadimiz  yoshlarni hayotda o‘zligini anglatish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini erta olish, xorijga ketish va ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarimizga nafaqat qonuniy qonuniy yo‘llar orqali tushuntirish, balki ularning xorijda o‘z konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalana olishiga erishishni ta’minlash deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi Nurali Qurbonov.

To‘garak a’zolari viloyat bandlik boshqarmasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasidaga vakant o‘rinlar bilan tanishtirilib, ularga bu borada mutassaadi tashkilot vakillari tomonidan mehnat qonunchiligiga oid bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. To‘garak a’zolari kelgusida viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda kelgusida tegishli reja va chora tadbirlarni belgilab olishdi.


Ulashish:
614
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda test sinovlari boshlandi: Olimpiya va Paraolimpiya markazi abituriyentlar va ota-onalar bilan gavjum.
Joriy yilning 14-iyul kuni Jizzax Olimpiya va Paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hududida abituriyentlar uchun test sinovlari boshlandi. Erta tongdan boshlab markaz hududi sinovga kelgan...
JDPU «Volontyorlar klubi» — “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida G‘allaorolda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Volontyorlar klubi”ning faol yoshlari «Dolzarb 90 kun» tashabbusi asosida navbatdagi safarini amalga oshirishdi. Bu galgi manzil — G‘allaorol tumanidagi 19-maktab...
INFINYT3D PRIVATE LIMITED kompaniyasi vakili JDPUda mehmon bo‘ldi.
Jizzax davlat pedagogika universitetiga Hindistonning INFINYT3D PRIVATE LIMITED kompaniyasi vakili janob Ryan C. Vaz rasmiy tashrif buyurdi. Ushbu tashrif JDPU bilan imzolangan ikki tomonlama hamkorlik...