Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/09/2022
Chop etish
Huquqshunos minbari:

Aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish Qonun bilan belgilandi

“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonun (O’RQ–790-son, 17.08.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi

Qonunga ko’ra, favqulodda vaziyatlar ro’y berish manbaiga qarab quyidagilarga bo’linadi:

  • tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar;
  • texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Fuqarolarga favqulodda vaziyatlar zonalarida ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar beriladi.

Prognoz qilingan yoki ro’y bergan favqulodda vaziyatning ko’lami va holatiga qarab muayyan hududda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining quyidagi rejimlari o’rnatiladi:

  • kundalik rejim – muayyan hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar ro’y berishi xavfi mavjud bo’lmaganda;
  • yuqori tayyorgarlik rejimi – favqulodda vaziyatlar ro’y berishi xavfi mavjud bo’lganda;
  • favqulodda vaziyat rejimi – favqulodda vaziyatlar ro’y berganda va favqulodda vaziyatlar davrida.

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid axborotni yashirish, o’z vaqtida taqdim etmaslik yoki bila turib yolg’on axborot taqdim etish taqiqlanadi.

Davlat tomonidan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish holati, aholining xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ko’rilayotgan choralar, prognoz qilinayotgan yoki ro’y bergan favqulodda vaziyatlar, ulardan muhofazalanish usullari to’g’risida OAV orqali aholi o’z vaqtida va ishonchli xabardor qilinishi shart.

Favqulodda vaziyatlarni e’lon qilish:

  • mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda – hokimlarning tegishli qarorlari;
  • respublika miqyosidagi va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda – Hukumat qarori bilan amalga oshiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o’tgach kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun mamlakatda favqulodda holat e’lon qilish alohida “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solingan.

 


Ulashish:
751
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ta’limda sun’iy intellekt va raqamlashtirishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman
Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika, psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti tomonidan “Ta’limda sun’iy intellekt va raqamlashtirish: zamonaviy pedagogik muammolar va yechimlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman...
Ustozga ehtirom-avlodlarga ibrat…
Jizzax davlat pedagogika universiteti Magistratura bo‘limida «Ustozga ehtirom» shiori ostida «Yangi O‘zbekiston — yoshlar nigohida» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Ustozlarning boy hayotiy va kasbiy tajribasini...
🇺🇿🇺🇸 JDPUda AQSH elchixonasi vakili va Fulbright ETA dasturi ishtirokchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida AQSH elchixonasi vakili Regina Yulaeva hamda Fulbright ETA dasturi doirasida universitetga jalb etilgan ingliz tili o‘qituvchisi yordamchisi McClay Joseph Sommers bilan...